Yuqoridan ko‗rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va
ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, me‘yoriy hujjatlar
18
va Bazel andozalariga ko‗ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham
e‘tirof etiladi.
Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel andozalariga
asosan ustav kapitalining to‗langan qismi, muddatsiz nekumulyativ imtiyozli
aksiyalar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira
summalari va o‗tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi.
Tijorat banklari ikkinchi darajali (qo‗shimcha) kapitali kreditlardan
ko‗riladigan zararlarni qoplashga mo‗ljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar
miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi,
subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsiyalashgan sho‗‗ba
korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo‗naltirilgan qo‗yilmalarni o‗z ichiga oladi.
O‗zbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning etarliligiga qo‗yilgan
talablar Markaziy bankning 1998 yil 2 noyabrda tasdiqlangan 420–sonli «Tijorat
banklari kapitalining etarliligiga qo‗yiladigan talablar to‗g‗risida Nizomi» asosida
tartibga solinadi.
O‗zbekiston tijorat banklari birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel
andozalaridan farqli o‗laroq, bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng
bo‗lgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya
zaxirasi alohida manba sifatida e‘tirof etiladi. SHuningdek, tijorat banklarining
joriy yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan.
Mazkur paragrafning poyonida ta‘kidlash mumkinki, tijorat banklari passiv
operatsiyalari natijasida aktiv operatsiyalar uchun zarur bo‗lgan resurslarni
shakllantiradi, banklarning passiv operatsiyalari xarajatlarni
keltirib chiqaradi.
uridik va jismoniy shaxslar pul mablag‗larini bank
xisobvarog‗iga, jamg‗armalar qo‗yishga jalb qilish bo‗yicha
passiv operatsiyalar.
Tijorat banklari, boshqa xo‗jalik sub‘ektlari kabi
o‗zining xo‗jalik va tijorat faoliyatini ta‘minlash uchun
ma‘lum miqdorda pul mablag‗lariga, ya‘ni resurslariga ega bo‗lishlari lozim.
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy talablarida bank resurslarini tashkil etish
muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borish uchun birinchi darajali
hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin, ya‘ni iqtisodiyotning bozor modeliga
o‗tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank
tizimini shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‗zgaradi.
Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari ob‘ekti orqali aniqlanadigan bank
faoliyatining ko‗lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan
Y
Do'stlaringiz bilan baham: