keladi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‗liq bo‗lib, u pul
mablag‗larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan
operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‗lari
harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‗urta
10
1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish.
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini
ko‘rsatish.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga ayla-ntirish
funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi.
Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mab-lag‘larini bankka ishonib
topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma‘lum foiz
hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi
vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilot-larni, aholini,
davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayo-nini tashkil qilishda bank
moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z
nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq
xo‘ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Bankning nima uchun mavjudligini uning vositachilik va to‘lov funksiyasi
izohlaydi, bank tashkiliy strukturasini qanday tashkil qilishi muhim savollardan
biridir.
Yuqori foydaga intilayotgan banklar xuddi boshqa korxonalar kabi bir xil
maqsadga ega; bu savolga eng yaxshi javob sifatida an‘anaviy modellarni
ko‘rsatish mumkin. Koase o‘zining klassik tahlilida bozor narhlariga bog‘liq
bo‘lishdan ko‘ra ―buyruqbozlik‖ asosida samaraliroq tashkil qilinadigan ba‘zi
jarayonlar sababli iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning usuli sifatida firmalar
bozor bitimlarida muqobil vosita sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunday holatlarda
bozor kuchlariga suyangandan ko‘ra korxona strukturasidan foydalangan ko‘proq
foydaliroqdir. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida vositachilik qiladigan
o‘zining mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini taklif qiladigan an‘anaviy
banklarning mavjudligi Koase teoremasi bilan juda mos keladi.
Ssudalar va depozitlar bankning o‘zida amalga oshirilganligi uchun
bankning asosiy funksiyasi umumiy tashkiliy strukturasi orqali samarali amalga
oshiriladi.
Agar banklar buyruqbozlikka asoslangan bozorda qatnashayotgan bo‘lsa,
bunday struktura ham samarali bo‘ladi. Bu qarashlar firmani nazorat qilish
ahamiyati va uning rag‘batlantirish strukturasining yaratgan Alchain va Demsetz
tomonidan yaratildi va izohlab berildi. Villimson firmaning tashqi bitimlar narxini
qisqartirishdagi noaniqlik holatini ko‘rsatib berdi.
132
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat
bank-larini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi.
Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar
132
Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.5
Do'stlaringiz bilan baham: