ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga
imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar
bo‗lishi zarur. SHu masala bo‗yicha ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan
fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi
shartlariga ko‗proq e‘tibor berilganini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Kredit munosabati
bo‗lishi uchun:
birinchidan, kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz
oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil sub‘ekt bo‗lishi kerak. Mustaqil sub‘ekt
sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o‗zaro aloqalardan kelib chiquvchi
majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni
bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub‘ekt sifatida
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos
tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor,
ob‘ektiv jarayonlar, o‗zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‗liq.
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‗larini qarzga berish bo‗yicha,
qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‗larni olish bo‗yicha qiziqish tug‗ilgan
taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning
vujudga
kelishi
kredit
munosabatlari
ishtirokchilari
manfaatlarining yo‗nalishiga bog‗liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit
shartnomasi tuzilishini ta‘minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari
manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos
tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga,
kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‗lishining asosiy sababi
bo‗lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy
asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‗xshash boshqa aniq sharoitlar
bo‗lishi zarur. Faqatgina ana shu ta‘sir etuvchi omillar bo‗lgan taqdirdagina
kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa
fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni
amalga oshirish uchun zarur, deb ta‘kidlanadi. Agar bu fikr to‗g‗ri deb qaraydigan
bo‗lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‗ladi, chunki u qarz
berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy
aylanishiga asoslangan ob‘ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit
operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‗liq
bo‗lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki,
kreditning ob‘ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning
doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug‗ilganda quyidagi manbalardagi bo‗sh mablag‗lardan
kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya
sifatidagi pul mablag‗lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining
birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‗sh pul mablag‗lari;
tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‗lash vaqtlari
orasida vaqtincha bo‗sh turib qolgan pul mablag‗lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‗iladigan va
kapitallashtirish uchun mo‗ljallangan qo‗shimcha mablag‗lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg‗armalari va boshqa bo‗sh pul mablag‗lari.
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har
birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato
hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‗zi kredit berilishi uchun u yoki bu
darajada etarli bo‗lmasligi mumkin.
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy
aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‗iladi. SHunga asosan kredit takror
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash zarurligidan kelib chiqadi,
degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‗shimcha
resurslarga muhtojlik o‗zo‗zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini
ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar
ham mavjud bo‗lishi kerak.
Iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim yo‗nalishlaridan biri kredit
munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va
qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo‗jalik hisobida ish yuritishida
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash, korxonaning asosiy va
aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to‗xtab qolishiga yo‗l qo‗ymaslik,
korxonalarning moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanganlik darajasining
maromiyligini saqlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan
tovar uchun to‗lov summasini olish ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablar tufayli
kechiktirgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.
Ammo kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning
maqsadli ishlatilishi shartsharoitlari bilan ham belgilanadi.
Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish
ta‘minlaydi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida
uzluksiz davom ettirib, bir zum bo‗lsada, to‗xtab qolishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta‘minlovchi
dastaklardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Bizga ma‘lumki, pul mablag‗lariga ko‗p hollarda kreditlarni, korxonalarning
hisobvarag‗dagi mablag‗larini va naqd pullarni, aylanma mablag‗larini va
moliyaviy resurslarni kiritadilar.
Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o‗xshagani bilan, ularning ichki
xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‗xshamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |