8.8.Kreditning shakllari
Tijorat banklari faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari qo‗llaniladi:
1. Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shakli.
Ushbu shakl O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida keng
qo‗llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kredit berish to‗g‗risidagi qaror
qabul qilingandan keyin ssuda hisobraqami ochiladi va kredit bir marotabalik
to‗lov shaklida mol etkazib beruvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchiga tashlab beriladi.
Kreditning maqsadlilik prinsipi mavjud bo‗lganligi sababli, kredit
summasini kredit oluvchining joriy hisobraqamiga tashlab berishga ruxsat
etilmaydi.
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shaklining
asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:
– kreditdan foydalanish samaradorligi ta‘minlanmasligi mumkin, ya‘ni mol
etkazib beruvchi tomonidan tovar o‗z vaqtida etkazilmay qolishi mumkin, mijoz
esa, kredit uchun foiz to‗layveradi;
– berilgan kreditdan foydalanilishi ustidan nazorat qilishning iloji yo‗q.
CHunkit. Kredit summasi to‗liq mol etkazib beruvchining joriy hisobraqamiga
tashlab berildi.
2. Mijozni kredit liniyasi ochish yo‗li bilan kreditlash shakli.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va ushbu
limitdan foydalanish davri belgilanadi. SHuningdek, kreditning foiz stavkasi va
mijozdan undiriladigan bir marotabalik komission to‗lov stavkasi belgilanadi.
Mijozdan qo‗shimcha ravishda undiriladigan komission to‗lov kredit liniyasi
ochish yo‗li bilan kreditlashda tijorat banki uchun likvidlilik riskining mavjudligi
bilan belgilanadi. Chunki, mijoz talab qilgan har qanday vaqtda bank kreditni
chiqarib berishi shart.
Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud:
A) qayta tiklanadigan kredit liniyasi;
B) qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi;
V) bitimning ma‘lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi.
Qayta tiklanadigan kredit liniyasi jalb qilingan resurslarga doimiy ehtiyoji
bo‗lgan mijozlarga ochiladi. Xalqaro bank amaliyotida qayta tiklanadigan kredit
liniyalari ishonchli mijozlar uchun 5-7 yilga ochiladi. SHu davr mobaynida mijoz
istalgan vaqtda bankning kreditidan foydalanilishi mumkin. Biroq, tijorat banki
kredit shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish huquqini saqlab
qoladi.
Qayta tiklanmaydigan kredit liniyalarida mijoz o‗ziga ajratilgan limitni to‗liq
ishlatib bo‗lishi yoki limitdan foydalanish muddati tugashi bilan kredit liniyasidan
foydalanish huquqidan mahrum bo‗ladi.
Tijorat banki va mijoz o‗rtasida tuzilgan bitimning ma‘lum shartlariga
asoslangan kredit liniyasi, odatda, ma‘lum davrda etkazib beriladigan tovarlar
haqini to‗lash hamda ma‘lum davrda amalga oshiriladigan xarajatlarni
moliyalashtirishda qo‗llaniladi.
Kredit liniyasining ushbu turida beriladigan kreditlar miqdori aniq olingan
operatsiya doirasida yoki bitimning ma‘lum shartlari bilan cheklangan bo‗ladi.
Kredit liniyasi ochish yo‗li bilan kreditlash shaklining afzallliklari:
* mijoz har safar kredit so‗rab bankka murojaat qilish zaruriyatidan xalos
bo‗ladi;
* ajratilgan kreditlash limitining faqat foydalanilgan qismi uchun foiz
to‗lanadi;
* bank ma‘lum davr mobaynida barqaror foizli daromad oladi;
* tijorat banki kreditlash shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan
nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi. Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz
tomonidan buzilishi yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‗yio‗i
mumkin.
Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‗zlashuvchi mamlakatlarda
(Angliya, Shotlandiya. Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‗lgan ishonchli mijozlarga
beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli pul mablag‗lari
etishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‗i summasiga
beriladi. Tijorat banki va mijoz o‗rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‗ra,
mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi.
Mijozning
joriy
hisobraqamida pul mablag‗larining etishmaslik holati yuzaga kelganda, ya‘ni
debetli qoldiq hosil bo‗lganda, bank ajratilgan limit doirasida overdraft krediti
ajratadi.
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter dasturi
berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‗yicha avtomatik ravishda hisobga
oladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi bilan
avtomatik ravishda qoplanadi.
Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlarning foiz stavkasidan
yuqori bo‗ladi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari ta‘minlanmagan
kreditlar bo‗lib, ularning risk darajasi nisbatan yuqoridir.
Overdraft kreditlarida garov ta‘minotining mavjud emasligi quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
– kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‗lari
etishmasligini oldindan bilish qiyin;
– kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul mablag‗lari
etmay qolishini oldindan bilib bo‗lmaydi.
Angliya bank amaliyotida overdraft kreditlari bo‗yicha kredit riski darajasini
pasaytirish maqsadida mijozlarga har oyining so‗nggi kunida joriy hisobraqamning
debetli qoldig‗ini ta‘minlash sharti qo‗yiladi. Shu tariqa, overdraft krediti bo‗yicha
qarzdorlikni keyingi oyga o‗tishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
O‗zbekiston
Respublikasi
tijorat
banklarida
mijozlarning
joriy
hisobraqamining debetli qoldig‗ini yuzaga kelishiga ruxsat etilmaydi.
Kreditlashning kontokorrent shakli nemis tilida so‗zlashuvchi mamlakatlarda
(Germaniya, Avstriya, Shveysariya) yaxshi rivojlangan.
Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi yopiladi va
uning o‗rniga kontokorrent hisobraqami ochiladi.
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar
kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari yuzasidan
barcha to‗lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi.
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi.
Kontokorrent krediti
kontokorrent hisobraqamining debetli qoldig‗i
summasiga beriladi.
Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqamiga pul mablag‗lari kelib
tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‗loviga layoqatliligi bo‗yicha birinchi toifaga
mansub bo‗lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi shundaki,
kontokorrent risk darajasi yuqori bo‗lgan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kontokorrent krediti yiriklashtirilgan kreditlash ob‘ektiga beriladi.
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‗i uchun mijoz bankka, uning kreditli
qoldig‗i uchun bank mijozga foiz to‗laydi. Bunda mijoz bankka kredit uchun foiz
to‗laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari qoldig‗iga
to‗lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) foiz to‗laydi.
Shunisi ahamiyatliki, kontokorrent krediti qaytarilmaydigan moliyalashga
aylanib qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu shaklida kredit riskini
chuqurlashishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida quyidagi choralar qo‗llaniladi:
* mijozning pul mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‗z kapitali
hisobidan qoplanishi lozim;
* kontokorrent krediti bo‗yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‗tishiga yo‗l
qo‗ymaslik lozim. Buning uchun mijozga har oyning so‗nggi ish kunida
kontkorrent hisobarqamining kreditli qoldig‗ini ta‘minlash sharti qo‗yilishi lozim.
Kontokorrent krediti, odatda, mijozning joriy ishlab chiqarish faoliyati bilan
bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni qoplashga mo‗ljallangan. Ammo amaliyotda
kontokorrent kreditidan uzoq muddatil investitsion loyihalar bilan bog‗liq bo‗lgan
ayrim xarajatlarni qisqa muddatli moliyalashtirishda ham foydalaniladi. Ushbu
maqsadlarga berilgan kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan
so‗ndiriladi.
Kreditlashning faktoring shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari
tijorat banki tomonidan diskont stavkasi bo‗yicha regress huquqi bilan yoki regress
huquqisiz mol etkazib beruvchidan sotib olinadi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‗yicha sotib
olinganda, agar sotib oluvchi to‗lovga noqobil bo‗lib qolsa, tijorat bankida to‗lab
berilgan summani mol etkazib beruvchidan undirish huquqi saqlanib qoladi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqisiz sotib olinganda, agar
sotib oluvchi to‗lovga noqobil bo‗lib qolsa, tijorat bankida to‗lab berilgan
summani mol etkazib beruvchidan undirish huquqi bo‗lmaydi va zarar to‗liq
bankning zimmasiga yuklanadi.
Faktoring shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati
ko‗rsatganligi uchun mijozdan qo‗shimcha komission to‗lov undiriladi.
―Xalqaro faktoring to‗g‗risida‖gi xalqaro konvensiyaga (UNIDRUA) asosan
operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi 4 talabdan
kamida 2 tasi bajarilishi lozim:
1. Qarz majburiyatlarini oldindan to‗lash shaklidagi kreditlashning
mavjudligi.
2. Mol etkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.
3. Mol etkazib beruvchining debitor qarzdorligini inkassatsiya qilish.
4. Mol etkazib beruvchini kredit riskidan sug‗artalashning mavjudligi.
Kreditlashning faktoring shaklining afzalliklari:
* tijorat banki ham foiz ko‗rinishida, ham komisson haq ko‗rinishida
daromad oladi;
* mol etkazib beruvchining pul mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyoji qondiriladi;
* korxonalar o‗rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmi qisqaradi.
Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat veksellari, ya‘ni trattalar
tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‗yicha, mol etkazib beruvchidan
regress huquqisiz sotib olinadi.
Forfeyting mol etkazib beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‗rinishida daromad
keltiradi. Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir. Agar sotib
oluvchi to‗lovga noqobil bo‗lib qolsa, zarar to‗liq tijorat bankining zimmasida
qoladi. Chunki, tijorat bankida mol etkazib beruvchidan to‗lovni undirish huquqi
bo‗lmaydi. Shu sababli, sotib oluvchining to‗lovga qobilligini tahlil qilish va
baholash kreditlashning forfeyting shaklidagi kredit riski darajasini pasaytirishning
asosiy yo‗nalishi hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari mol etkazib beruvchilarning pul mablag‗lariga bo‗lgan
ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
O‗zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfeyting shakli
mavjud emas. Buning asosiy sababi – trattalar muomalasining mavjud emasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |