bozorining ishtirokchilari hisoblanadilar. Mamlakatimiz iqtisodiy amaliyotida
ham foiz stavkalar talab va taklif asosida shakllanadi va u kredit yoki qimmatli
qog‘ozlarning turi, muddati, qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy ahvoli,
bozordagi mavqei va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Mazkur kursda iqtisodiyotdagi aktsiya, obligatsiyalar bozorining o‘rni, foiz
stavkasining mazmuni, qanday qilib foiz stavkalarning shakllanishi, ular
xarakatining sodir bo‘lishi va nima sababdan turli xil qarz majburiyatlari bo‘yicha
foiz stavkalar o‘zgarishi o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |