3-Pikolinning oksidlanish reaksiyasi:
II.5 β-pikolinning ishlatilish sohalari Sanoatda ishlatilishi - Piridin hosilalari (shu jumladan 3-metilpiridin) atrof muhitni ifloslantiruvchi moddalardir, odatda qazilma yoqilg'ilarni qayta ishlash bilan bog'liq, masalan, slanets yoki ko'mir. Ular, shuningdek, xom neft to'kiladigan eruvchan fraktsiyalarida mavjud. Ular eski yog'ochni qayta ishlash joylarida ham aniqlangan. 3-metil piridinning suvda yuqori darajada eruvchanligi aralashmaning suv manbalarini ifloslanishini oshiradi. 3-metil piridin biologik parchalanadi, garchi u 2-metil- yoki 4-metil-piridinga qaraganda sekinroq parchalanib, suv namunalarida osonroq uchib ketadi.
Tibbiyotda qo’llanilishi - Beta-pikolindan tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo’lgan nikotin kislata olinadi:
XULOSA - Geterosiklik birikmalar tuzilishi va xossalari jihatidan karbosiklik birikmalardan farq qiladi. Geterosiklik birikmalar barqarorligi, ba’zilari o‘zlarining xossalari jihatidan benzolga yaqin turadi, ya’ni aromatik xarakterga ega bo‘ladilar. Organik kimyo organik moddalarning asosiy manbalari — toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan xalq xo‘jaligi uchun yoqilg‘i, bo‘yoq, portlovchi modda, dori-darmon, sun’iy ipak, o‘g‘it va boshqa kerakli mahsulotlar yetkazib beradi. Paxta tolasini qayta ishlash, sun’iy idak, kapron, neylon va lavsan kabilarning olinishi organik kimyoning to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasidir.
XULOSA - Organik kimyo fanining taraqqiyoti, texnikaning va umuman ishlab chiqarishning rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi.
- Ushbu kurs ishida geterosiklik birikmalarning eng muhim vakili bo’lmish 3-metil piridin haqida batafsil to’xtalib o’tildi. Bu moddaning kimyoviy va fizik xossalari, oksidlanishi, qaytarilishi, qaynash va suyuqlanish temperaturalari haqida atroflicha ma’lumot to’plandi. B-pikolinning sanoatda va asosan tibbiyotda qo’llanilishi haqida va undan qanday maqsadlarda foydalanishi ko’rsatib o’tildi.
- Organik kimyo odam hayotida va amaliy faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Shu yerda organik moddalar ishlab chiqaradigan yoki organik xomashyoni qayta ishlaydigan sanoatning eng muhim tarmoqlarini ta’kidlab olamiz: kauchuk, smolalar, rezina,
- plastmassalar, tolalar ishlab chiqarish, neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat, farmatsevtika, lok-bo‘yoq sanoatlari va b. Sintetik yuqori molekular moddalar — polimerlar ishlab chiqarish bizning asrimizda nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |