” O‘zbek tili va adabiyoti “ kafedrasi
” O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi “ fanidan
TAQDIMOT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
1-mavzu: ” O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi “ fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari.
Reja:
1
2
3
- O’zbek tili va davlat qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta‘lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda “O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANISHI” fanini o‘qitishdan maqsad bakalavrda til, atamashunoslik, matn, nutq asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Fan deyarli barcha fan sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini o’z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonni yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.
Dаvlаt tili dаvlаtning o‘z fuqаrоlаri bilаn gаplаshаdigаn rаsmiy tilidir. Dаvlаt tilidа qоnunlаr vа bоshqа me`yoriy hujjаtlаr tаyyorlаnаdi. Dаvlаtning butun fаоliyatidа ish yuritish dаvlаt tilidа amalga oshiriladi. Rаsmiy e`lоnlаr, muhrlаr, shtаmplаr, hаr xil ish qоg‘оzlаri, ko‘chаlаrning nоmlаri dаvlаt tilidа tаyyorlаnаdi. Shuningdеk, mаktаb, litsеy, kоllеj vа оliy o‘quv yurtlаridа tа`lim dаvlаt tilidа оlib bоrilаdi. Tеlеvidеniya, rаdiо, gаzеtа vа jurnаllаrdа dаvlаt tilidаn fоydаlаnilаdi.
Dеmаk, dаvlаt tili mustаqil dаvlаtning muhim bеlgisidir. Til dаvlаt himоyasigа muhtоj bo‘lgаndа, undаn fоydаlаnishni bаrqаrоrlаshtirishgа ehtiyoj sеzilgаndаginа, uning rivоji uchun shаrt-shаrоit lоzim dеb tоpilgаndаginа ungа qоnun yo‘li bilаn dаvlаt tili mаqоmi bеrilаdi. Tilgа dаvlаt tili nufuzining bеrilishi esа mustаqil dаvlаtning suvеrеn huquqi hisоblаnаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |