O‘ZBEK TILINING TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLI TO‘G‘RISIDA BIR QANCHA QARORLAR QABUL QILINDI:
1. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
2. 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”
(82 qoida) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
3. Milliy munosabatlarni yaxshilash, davr taqozosi bilan 1995-yil
21-dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonun (1989-yil 21-oktabrda tasdiqlangan qonun)ga ba‘zi o‘zgartirishlar kiritildi.
4. “Davlat tili haqida”gi qonun 24 moddadan iborat bo‘lib,
1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozilgan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
4-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir”,- deb ta‘kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonidan kelib chiqib Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |