2-o’quvchi: Nechun qulluq qilmay Andijonga men —
Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.
Agar do‘stim bo‘lsa, bitta u do‘stim —
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o‘t tushsin, etmasam yodlar —
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men! —
deb yozadi keyinchalik shoir.
0‘rta maktab ta’limini olgach, Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi. Uning dastlabki she’rlaridan namunalar 1976- yilda «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligi sahifalarida chop etilgandi.
Bu paytlar o‘zbek she’riyati o‘zining yangi yuksalish pog‘onasiga ko‘tarilgan, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko‘plab iste’dodlar o‘rtasida o‘ziga xos ijodiy nuisobnqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga dadil kirib borish, o‘ziga mos o‘rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqa olgan, adabiy jamoatchilik nazarini o‘z tomoniga qarata olgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf bo‘ldi.
Yosh ijodkor 1978—1980-yillarda respublika «Kitobsevarlar» jamiyatida, 1980— 1986-yillar oralig‘ida poytaxtning «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986— 1992-yillarda esa G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qiladi. Mana shu nash-riyotda ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o‘rin tutdi. Zero, bu paytda mazkur dargohga zamonasining zabardast ijodkorlaridan biri Erkin Vohidov rahbarlik qilar, barcha bo‘limlarda hukm surgan ijod ruhi yosh shoirning kamol topishiga ham jiddiy turtki bergandi.
Muhammad Yusuf she’riyatning turli yo‘nalishlarida esda qolarli asarlar yaratayotgan qalamkash do‘stlari, ustozlari orasida o‘zini shoir sifatida isbot qilishga astoydil harakat qildi:
Shoir shunday ko‘pki, ularga yer tor,
3-o’quvchi: Hammasi mashhur va hammasi nomdor,
Ulug‘vor, ularga yetmoq ko‘p dushvor.
Ammo ular oyga bosib yuzini
Turganda osmonin bag‘riga ilk bor
Biz olib borgaymiz tuproq isini,
Gulday dimog‘iga tutamiz, qizim,
Biz hali hammadan o‘tamiz, qizim!..
Muhammad Yusuf 1992— 1995-yillarda «0‘zbekiston ovozi» gazetasida, 0‘zbekiston Milliy axborot agentligi (0‘zA)da xizmat qildi. 1997-yildan e’tiboran shoir 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Garchi, uning she’rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo‘lsa-da, birinchi she’riy to‘plami nisbatan kech — 1985- yildagina e’lon qilingandi. Shundan keyin shoirning «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Yolg‘onchi yor», «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman» singari o‘nlab she’riy majmualari o‘quvchi qo‘liga yetib bordi. U yirik poetik janrlarga ham murojaat etib, «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» singari dostonlar yaratdi.
Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘zining samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi' Shoirning «Vatanim», «Xalq bo‘I, elim», «Dunyo», «Inshoolloh», «0‘zbekmomo», «Iqror»,«Tilak» singari o‘nlab she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan asarlar bo‘lib qoidi
Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda «0‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |