“ Muhammad Yusuf Vatan kuychisi”



Download 0,89 Mb.
bet3/4
Sana31.05.2022
Hajmi0,89 Mb.
#622333
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad-Yusuf-tadbir-ssenariysi

4-o’quvchi: Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o'rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.
Afsuski, Muhammad Yusufning umri qisqa boldi. U 2001- yilning 31-iyulida QoraqaIpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog‘ida, yuzlab muxlislari qarshisida she’r o‘qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham bor-yo‘g‘i 47 yil umr ko£rdi.
Biroq bu umr bir dilbar shoiming tug‘ilishi, kamol topishi, o‘zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi...
5- o’quvchi: 0l, deya bir Egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib tnoviy diyor bo‘ynini quchsa ruhlarim,
Ko‘k mening ko‘ksim bolur, yulduzlari — anduhlarim,
Gul o‘pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur...
6- o’quvchi O, ota makonim Onajon o'Ikam,
O'zbekiston, jonim to'shay soyangga,
Senday mehribon yo'q,Seningdek ko'rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go'sha suv bo'lsa, bir go‘sha qirlar,


Qancha yurtni ko'rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog'laring izimdan ergashib yurar.

Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:
Parijning eng go'zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Ne gapga ko'nayin,Na til bilayin,


Ko'zdan uyqu qochdi, dildan halovat.
Uch kunda sog'insam nima qilayin?..
Chala qolar bo'ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug'im o’zing,


Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo'zing
Arab ohusidan azizroq menga

Sen bilan o'tgan har kun bayram-bazm,


Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi;

7- o’quvchi: QALDIRG'OCH


G'ussang mening g'ussamdir,
Ayvonimda yashaysan.
Qarab tursam, sen ham bir
Dardli qushga o'xshaysan.
Ko'nglingda ne savoling,
Nega aytmay yig'laysan?..
So'ra, so'ra, qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och.
So'yla qushim nolangni,
Uyingda don-dun yo'qmi?
Uying to'la bolangni
Rizqin terib tin yo'qmi?
Yo senda ham til yo'qmi,
Yo senga ham kun yo'qmi?..
So'ra, so'ra, qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och.
Bu dunyoda bir odam
Tushunmasmu dil ohing?
Mo'minliging sening ham
Bo'ldimi yo gunohing?
Ojiz qushim, sening ham
Ochilsin bir dudog'ing...
So'ra, so'ra, qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och.

8- o’quvchi : “NAMANGAN “ she’ri


9- o`quvchi: “Lolaqizg`aldoq” she’ri


Boshlovchi: Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Buramatol” qo’shig’iga 7-sinf o’quvchisi To’ychiyeva Gulmira ijrosida raqsni tomosha qiling.


Sahnaga barcha ishtirokchilar chiqib kelishadi. “ Yoshlar madhiyasi”ni ijro etishadi.

Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni,


Oq yuvib, oq taragansan o’zing bizni.
Beshigimiz uzra mudom ona bo’lib,
Kunimizga yaragansan o’zing bizni.
Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!
Adoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!

Qalqoningmiz, qasd qilsa, kim gar joningga,


Alpomishlar ruhi yor har o’g’loningga.
Gulday o’pib, asragaymiz ostonangni,
Yovlar yaqin kelolmagay qo’rg’oningga.

Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !


Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!
Adoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!

Tuzing totib, unutganlar xor bo’ladi,


Ko’zlariga ikki dunyo tor bo’ladi.
Tinch kuningni ko’rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft tuprog’ingga zor bo’ladi.

Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !


Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!
Adoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston !
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish