” Mavzusidagi “kichik fanlar akademiyasi” dasturi doirasida tayyorlagan ilmiy ishi ilmiy rahbar


Turkiy va forsiy adabiy aloqalari tarixidan



Download 252 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi252 Kb.
#208728
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ilk tarjima -ilk tajriba

2.2 Turkiy va forsiy adabiy aloqalari tarixidan

Ishning ”Tarjima tarixini chuqur o‘rganish, faqat umumiy madaniy yuksalish jarayoni yoki muayyan ilmiy adabiyot tarixini o‘rganish emas, balki o‘sha adabiyotning hozirgi taraqqiyot jarayoni ,xususiyati rivojlanish istiqbolini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega” deb yozadi tarjimashunos olim G‘.Salomov. Bu borada J.Sharipov, N.Komilov, H.Hamidov kabi olimlarning ilmiy ishlarini ko‘rib chiqib aytish mumkinki, tarixda yuzlab mahoratli tarjimonlar va ular tarjima qilgan asarlar bo‘lgan.

Farobiy (873-950) ko‘plab asarlarni lotin tilidan arab tiliga tarjima qilgan.

Ahmad al- Farg‘oniy (797- 865) buyuk olim sifatida jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan va qadimiy grek olimlarining ixtirolarini arab tiliga tarjima qilgan. Uning ko‘plab asarlari zamonaviy tillarga hozirgacha ham tarjima qilinmagan, chunki uning nodir qo‘lyozmalari dunyoning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanadi.XII- XIII asrlarda uning ko‘plab asarlari lotin va Evropaning boshqa tillariga tarjima qilingan. Uning kitoblari Evropa universitetlarida darslik sifatida qo‘llanadi.Bizgacha esa uning faqat sakkizta asari yetib kelgan.

Abu Rayhon Beruniy (973-1049) buyuk entsiklopedik olim, shoir va tarjimon bo‘lgan. Uning tarjima uslublari haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir.Bu fikrlar allomaning falsafiy qarashlari tarjimadagi qiyinchiliklar, badiiy tarjima xususiyatlari haqidagi fikrlariga monand uyg‘unlikda bo‘lib, tarjima amaliyoti muammolarini hal etishda yordam bergan.Beruniy o‘zining ”Hindistin ” asarida Gomerning ”Illiada” , ”Odesseya” asarlaridan parchalar keltiradi. Bu esa uning tarjimonlik faoliyati mahsulidir.Uning boshqa asarlarida grek, rim, hind yozuvchilari asarlarida tarjimalar berilgan.Beruniy ijodida tarjima muhim o‘rinni tutadi.

Beruniy arab, tojik, sug‘d, yahudiy, hind, sanskrit va grek tillarini mukammal bilgan va turli janrdagi asarlarni bemalol tarjima qila olgan , xususan turli fanlarga oid ilmiy asarlarni, badiiy eposlarni , hikoya she’rlar shular jumlasidandir.

Beruniy 160 dan ortiq asarlar tarjima qilga.

Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr) o‘zining mashhur lug‘ati ”Devoni lug‘ati turk” asarida turk qabilalari shevalarida ishlatiladigan lug‘at boyligini to‘plab, uni arab tilidagi tarjimasini bergan.Uning bu lug‘atini arabchadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan S.M.Mutalibov Qoshg‘ariyni o‘z davrining buyuk kishilaridan biri ekanligini e’tirof etadi.

Ushbu lug‘atni tuzish uchun Qoshg‘ariy turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarga sayohat qilib, uni chuqur o‘rgangan.Lug‘at tuzish jarayonida muallif har bir so‘zning xususiyatini har tomonlama o‘rganib, tahlil etib ularni ikki guruh – otlar va fe’llarga ajratgan.

Lug‘at tuzishda so‘zning semantik xususiyatlari uning arab tilidagi tarjimasini topishda muhim o‘rinni egallagan.Hozirgi kunga qadar ushbu lug‘at tarjimashunoslikda muhim o‘rinni egallagan.

Yusuf Xos Xojib o‘zining ”Qudatg‘u bilig” asari bilan nafaqat qadimgi o‘zbek tilini o‘rganishga adabiyot tarixini o‘rganishga , balki tarjima tarixini o‘rganishga ham katta hissa qo‘shgan.

Hindiston eng qadimiy madaniyat beshigi bo‘lgan mamlakatlardan biridir.

Unda miloddan uch ming yil avval yerni sug‘orish taraqqiy etgan , anhorlar qazilgan, to‘qimachilik zargarlik rivojlangan, pishiq g‘ishtdan ikki va uch qavatli binolar solingan va hakozo.Milodning birinchi asridayoq tib, riyoziyot, ilmy nujum, kimyo, hikmat kabi fanlar rivojlangan, turli janrlarda badiiy adabiyot vujudga kelgan. ”Ramayana”, ”Mahabharata”,”Kural”, ”Meghaduta”, ”Raghuvansha”, ”Kumarasambhava”, ”Dashakumacharita”, ”Panchatantra”, ”Hitopadesha”, ”Shakuntala”, ”Malyavika va Agnimintra”, ”Mudrarakshasa” kabi mashhur va ma’lum asarlar shular jumlasidandir. Bular orasida dunyoga eng ko‘p tarqalgani va o‘zining ilg‘or va hikmatli fikrlari bilan ajralib turadigan ”Kalila va Dimna”dir.

III-IV asrlarda yaratilgan bu qadimiy adabiy yodgorlik o‘sha davrning saviyasi va sharoitlari taqozo qilgan ba’zi g‘oyaviy mahdudlik hamda ziddiyatlarga qaramay , uning asosida yotgan ilg‘or fikrlar katta ahamiyatga egadir. ”Kalila va Dimna”dagi hikoyalar hayvonlar tilidan olib borilsa – da, ijtimoiy hayot, odamlar orasidagi munosabat ko‘zda tutiladi.

Tabiatdagi mavjud barcha narsalar, barcha jonlilar orasida inson eng komil va ulug‘ zotdir.Shuning uchun har bir odam shu yuksak nomga munosib bo‘lishi kerak.Mana shu g‘oya asarning o‘zagini tashkil qiladi.

Asarda sotsial voqeilikdagi salbiy hodisalarga qarshi o‘t ochiladi, aql, adolat, odamgarchilik tarannum etiladi. Unda o‘sha davrdagi barcha nuqsonlar” xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisqu- fasod, zulm- vahshat fosh qilinadi.Mana shu qora kuchlarning namoyondalari – zolim shohlar va ularning razilliklari : nopok vazirlar, amaldorlar va ularning qabih ishlari, saroy iftirolari va iflosliklari: qotil va yirtqich tabiatli odamlar va ularning shafqatsizliklari xalqaro tinchlikni buzuvchi va mamlakatlarni xarobaga aylantiruvchi urush – ixtiloflar: har narsani insoniylik va or- nomusni, insof va vijdonni mol – dunyoga sotuvchilar nafsi buzuqligi, ochko‘zligi, xudbinligi tufayli o‘zgalarni ham, o‘zlarini ham falokat girdobiga tashlovchilar; fitnachi qallob, munofiq, muttahamlar va ularning qilmish – qidirmishlari; begunohlar ustiga har qanday aybni yuklab , malomat toshlarini otuvchi, o‘zlari hech narsga arzimaydigan, qo‘lidan hech qanday foydali ish kelmaydigan yoki buni xohlamaydigan, lekin o‘zlarini yuqori qo‘yib, o‘zgalarni kamsitishga , oyoq osti qilishga o‘rganuvchi va shu bilan kun ko‘radigan g‘iybatchi va hasadchilar.

Bu bir – olam.

Aql va insof egalari, odil va dono shoh, uning hikmatli, bilimdon, tadbirchan arkoni davlati; fan, hunar va sana’t ahllari, adolat va raiyat uchun jonini ham ayamaydigan ,qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatadigan , qo‘rqmas bahodirlar, vafodor sadoqatli kishilar.

Bu ikkinchi olam.

O‘z davrining haqiqiy manzarasini aks ettiruvchi bu asardan shunday xulosa chiqadi: ”Xo‘jayin va qarol, shoh va qul bor joyda hamisha o‘lim va jazo bo‘ladi”. Asarda bunday ko‘rimsiz manzarani, bunday fojiali holatni qayd etish bilangina cheklanmasdan, u qoralanadi.

Mana shu bir – birini istisno etadigan olam, ular orasidagi keskin ziddiyat , ularning o‘zaro olishuvi, birinchi olamga nafrat va ikkinchisiga muhabbat: yomonlikni qoralash va yaxshilikni ulug‘lash, shu yominlikka qarshi kurashga undash, uni yo‘qotishga intilish, shu yaxshilikning tantanasini tahsin etishga chorlash asarning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Bu masalalarning barchasi yuksak badiiy go‘zal hikoyatu rivoyatlar, ajoyib umumlashmalar va hayratomuz hikmatli iboralar orqali ochiladi, tasvir etiladi.

”Kalila va Dimna ” asari asrlar mobaynida Osiyo ,Afrika va Evropa qit’alaridagi deyarli barcha madaniy tillarga tarjima etilgan, o‘zbek tiliga uch marta tarjima qilingan.

Shuni qayt qilib o‘tmoq lozimki , bu asarning Sharq tillaridagi tarjimalari ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshamaydi. Har bir tarjimon o‘z dunyoqarashlaridan va davri talablaridan kelib chiqib, asarga o‘zgacha mustaqil yondoshgan va ozmi ko‘pmi o‘garishlar kiritgan.

Asarning tuzulishi juda murakkabdir,g‘oyat chigal va og‘ir, xilma – xil voqealar bir- biri bilan chatishib ketgan.Hikoya ichida yo bir necha hikoyalar berish usulidan ko‘p va keng foydalanilgan.Hikoyatlarning aksariyati, bir tomondan, asarning umumiy yo‘nalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayni vaqtda , bir yaxlit badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi, ikkinchi tomondan esa, ularning deyarli har biri mustaqil, tamomlagan hikoya hisoblanadi.

Asarda keskin va bir – biriga qarama – qarshi kuch va omillarning dahshatli to‘qnashuvi o‘quvchilarda chuqur va kuchli hayajon, katta qiziqish uyg‘otadi. U asar odamni aktiv, izchil sabotli va matonatli bo‘lishga , har qanday murakkab va og‘ir sharoitlarda ham sarosimaga tushmaslikka , aql bilan tadbir ko‘rib g‘alaba qozonishga chaqiradi.Asarni bezaydigan eng muhim fazilatlardan biri unda chiroyli hajviy, kinoyamuz, chuqur hikmatli ibora va o‘gitlarning ko‘pligidir.

Hindiston xalqi bilan sharq xalqlar ,shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari orasida qadim zamonlardan buyon juda yaqin madaniy aloqa bo‘lgan, ular bir- birlaridan o‘rganganlar, bir – birlarining an’analarini ijodiy tarzda o‘zlashtirganlar va davom ettirganlar.Dunyoda yetti mo‘jizalardan biri – hayratomuz ijodkor mehnat va behad yuksak nafosat obidasi hisoblangan , oq marmarlariga ikki million rang – barang gul o‘yib solingan ”Toj - Mahal”ni yaratishda o‘rta osiyolik me’mor va naqqoshlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar.O‘zbek tuprog‘ida tug‘ilib , so‘ngra taqdir taqozosi bilan Hindistonga borib yashab, ijod etgan Xusrav Dehlaviy va Abulqodir Bedil hind xalqining eski an’analaridan ilhomlanib, o‘lmas badiiy asarlar yaratib , dunyo madaniyati xazinasini boyitganlar.”Ulug‘ mo‘g‘ullar” deb atalgan Bobiriylarning hind diyori va madaniyati tarixida o‘ynagan ijobiy roli ham barchaga ma’lum.Javohirla’l Neryning Xusrav Dehlaviy, Bobur va Akbarshohga bergan bahosi bejiz emas.Hind xalqining g‘oyat boy madaniyatidan , adabiyot namunalaridan O‘rta Osiyo xalqlari, o‘zbeklar asrlar mobaynida bahramand bo‘lib keldilar.Ana shulardan biri ”Kalila va Dimna” dir.

Bu asarning o‘zbek tiliga birinchi tarjimasi XIII asrga to‘g‘ri keladi.Ulug‘ Navoiyning zamondoshi Husayn Boyqoro ”Kalila va Dimna”ni fors tiliga yangidan tarjima qildirgan.Shundan so‘ng bu asar butun Sharqqa , jumladan ,O‘rta Osiyoga yana ham keng tarqaldi.

Asarning o‘bek tiliga qilingan tarjimalari orasida eng mashhurining muallifi bo‘lmish Almaiy ishga oddiy tarjimon sifatida qaramay , asarning anchagina joylarini o‘zicha talqin qiladi.Unga yangi hikoyatlar kiritadi va hakozo.

XIX asrning o‘rtalarida ”Kalila va Dimnani” o‘zbekchaga tarjima qilgan xorazmlik Mulla Muhammad Niyozning quyidagi so‘zlari bejiz emas.

”Bu kitobning ovozasi har viloyatlarda shuhrat topib, urk shahzodalari va o‘zbekzodalari masosi’lariga etushdi.Alarning ko‘ngullarig‘a ul kitobning muhabbati paydo bo‘ldi, ul kitobni bir necha tadbirlar birla qo‘llarg‘a kelturub mutoliya, mukolima qilmoqqa ishtig‘ol ko‘rguzubdurlar va alarning ba’zilarikim fahm va fatonat, xiradu kasyosat birla mavsuf tururlar va forsiy alfozlarg‘a donishi bo‘lg‘on jihatidan ul kitobning shirin alfoz va rangin iboralaridan bahramand bo‘lubdur va ba‘zilari forsiy tig‘a nooshnolig‘ sababidan maloli xotir bo‘lib o‘z asarlarining ba‘zi alfozlarig‘a amr qilibdurkim, bu kitobi saodat intisobni turkiy tilg‘a tarjima qilinglar, to bizlarga ham ondin bahra hosilbo‘lsun.Ul asarning ba’zi afozillari ul amrg‘a ma’mur bo‘lub, jur’at qalami birla turkiy tarjimasig‘a ishrig‘ol ko‘rguzub, onda mazkur bo‘lg‘on hikoyat va masallarni bir – birig‘a rabt berib, nasoyix va mavoiz ulamodin xoli qilib, itmomg‘a etkurubdurlar, lekin dilfirib, alfoz va jon oshub iboralardin xoli qilibdur”.

Bu keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, ”Kalila va Dimna” har xil davrlarda bir necha marta o‘zbek tiliga tarjima qilingan tarjimonlar unga turlicha munosabatda bo‘lganlar, uni juda erkin tarjima qilganlar.

Abulqosim Firdavsiyning jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo‘lmish ”Shohnoma” asari uch jilddan iborat.Birinchi kitobi 1975 yilda tarjima qilingan edi. Unga asarning boshlanishi - dastlabki shohlar – Qolamars, Hushat, Tahmuras, Jamshid, Zahhok haqidagi qissalar Zol va Fudoba haqidagi romantik doston, Suhrob va Siyovushlarning qahramonlik qissalari, Rustami Dostonning ajoyib sarguzashtlari va boshqalar kiritilgan

Ushbu jild Shoislom Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan. Kitobning ikkinchi jildi tarjima qilinib, 1976 yilda chop etilgan.U Kayxusrav podsholigi, Bejak va Monija dostoni ,Isfandiyorning etti jasorati, Iskandar haqidagi doston va boshqalardan tashkil topgan.Ushbu jildni tarjima qilishda Hamid G‘ulom, Nazarmat va Jumaniyoz Jabborovlar qatnashgan.Ulardan tashqari Muhammad Nuri Osmonov, Jonibek Quvnoqovlar ham asarning nasriy tarjimasida ishtirok etganlar.

Nihoyat, “Shohnoma”ning uchinchi jildi ham tarjimonlarning mashaqqatli mehnati tufayli dunyo yuzini ko‘rdi. “Shohnoma”dek buyuk asarni tarjima qilishda qator qiyinchiliklar tug’ilgani tabiiy sababi bu asar ming yildan ortiq umr ko‘rgan kitob. U ham keksa, ham navqiron asar.

Uning navqironligi shundaki, umuminsoniy g’oya va tuyg’u chechaklari bahor bo‘stonidek yashnab turadi va undan har bir davr kishisi o’z ko‘ngliga mos guldastalar tera oladi.

(Sh.Shoislomov, “Shyohnoma” uchinchi kitob, T. 1977)

Keksaligi shundaki, unda eskirib qolgan fikrlar, so‘zlar ibora va obrazlar ham tez-tez uchrab turadi. Agar Firdavsiy uslubiga o’z davridayoq arxaizm harakterli ekanligini nazarga olsak, bu “Keksalik” yana ham chuqurlashdi. Bu esa tarjima jarayonida so‘z tanlash ma‘suliyatini oshiradi. Bu borada o’zbek tilining mavjud lug’atiga tayanib ish ko‘rilgan

Tarjimonlar avvalo “Shohnoma”ning o‘z vaznini saqlash kerak, degan fikrda edilar. Keyincalik bu eposni xalq dostonlari (“Alpomish” va “go’ro’g’li”) vaznlarida tarjima qilinsa o’zbek kitobxoniga asarning butun shavq-shukuhi yaxshi yetib bormasmikin degan fikr tug’ildi.

Tarjimada she’rning vaznini aks ettirish masalasi murakkab nazariy masaladir. She’rning vaznini aks ettirish-uning kuyi, musiqasi kayfiyat va tuyg’ularni ifodalash demakdir.

Tarjimonlar o‘zbek tili imkon bergani qadar Firdavsiyning o‘zi ishlatgan qofiyalarni saqlashga qaror qildilar yoki nusxada qofiyalangan so‘zlarning o’zbekcha ekvivalentini yaratishga intildilar. Bundan tashqari, Firdavsiy she’riyatiga xos ko‘p xususiyatlar, tovushlarning takrorlanib kelishi, alliterasiyalar, tarkibida qofiyalar, omonim qofiyalar,go’zal so’z o’yinlari, radiflarni aks ettirishga harakat qilingan.

Fors-tojik adabiyotidan o’zbek o’quvchilarni bahramand etish qadimul ayyomdan ma’lum. Bu ishda hazrat Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Ustoz Aziz Qayumovning “Alisher Navoiy”deb nomlangan (ulug’ shoir hayoti va ijodi to‘g’risidagi) kitobida yozadi; “Jomiy abliyo sifatida nom chiqargan so’fiy faylasuflar to‘g’risida” “Nafotohul uns ” asarini yozgan edi. Navoiy bu kitobni turkiy tilga tarjima qildi. Ammo bu tarjima asnosida asarni ko‘pgina yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib tahlil etdi deyiladi. Bu to‘g’rida Navoiyning o’zi bunday yozadi: “Xotirga kechmishki, agar sa’y qilsam, bu kitobni turkiy tilga tarjima qilolg’aymume, ul daqiq va mushkulotdin ravshanroq alfoz va ochiqroq ado birla utgaelgaymumen, deb mutaammil erdim va na bu xayol muddaodin o’zimni utkaraolur va ne shinihg azimlig’ va dushvolig’i jixatidan shurut qila olur erdim”

Navoiyning xabar berishicha , u asarni 901 hijriy (1496 mijodiy ) tarjima qilishga kirishgan. Tajima asosida Navoiy asarni boshqa kitoblardan olingan qo‘shimcha materiallar bilan. Kitobni ”Nasoimul muxabbat min shanoyimul futuvat ” (”Uluglik xushbuylarini taratuvchi muxabbat shabbodalari ”) deb nomlagan.

Bu an’ana butun adabiyotimiz tarixida davom etib kelmoqda. O’zbek adiblaridan G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar ham tarjimonlik ummunida? ko‘p zaxmat chekkanlar. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov: ”1970-1975 yillar orasida buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyotening ”Faust” tragediyasini o’zbekchalashtirdim bor vaqtim,kuchim, imkoniyatimni shu ishga sarfladim. Umuman, jahon adabiyotidan, rus klassiklarining ijod namunalaridan qilgan tarjimalarimni tarozining bir pallasiga quyib, o’z asarlarini boshqa pallaga qo‘ysam, tarjimalarim og’irlik qilsa ajab emas. Bu mehnat menga abadiy qardoshlik burchini ado etish barobarida bebaho ijodiy tajriba,katta saboq maktabi ham bo‘ldi ”,degandi.

Butun dunyoni maftun etgan buyuk Firdavsiyning ”Shohnoma”sini o’zbek tiliga tarjima qilib,Firdavsiy mukofoti laureati bo‘lgan, badiiy tarjima sohasida o’ziga hos maktab yaratgan Shoislom Shomuhammedov ta’kidlaganidek, ”... badiiy tarjima xalqlar va adabiyotlar, millatlar va elatlar orasidagi eng barkamol aloqa turi sifatida bizning davrimizda juda muhim ahamiyat kasb etadi ”.

Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lganmiz, muqaddas kitob –Qur’oni Karimning arab tilidan o’zbek tiliga (Alouddin Mansur tomonidan ) tarjima qilingani mo‘min musilmonlarni cheksiz shod etdi.

Zokirjon Ismoil va Abdug’ani Abdullohlarning Abu Abdulloh Muhammat ibn Isroil va al-Buxoriyning ”Al-Jome as-Sahix ” hamda AbuIso Termiziyning

”Sahihi Termiziy ” hadislarini arab tilidan o’zbek tiliga tarjima qilib, o’zbek tilida

So’zlashuvchi buyuk xalqni bu boy xazinadan bahramand qilgani ham tarjima san’atining hayotiy zaruriyat ekanligini ko‘rsatadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oۥzbek xalqining milliy totuvligi 130 dan ortiq millatni oۥz qardrdonlaridek bagۥriga olgan yurtimizda millatlarero totuvlik eng muhim shartdir.Mamlakatimizdagi mustaqillik, tinchlik va barqarorlik faqat oۥzbek xalqi uchungina emas, balki yurtimizda yashovchi boshqa millat vakillari uchun ham bebaho boylik hisoblanadi.Bugun qaysi millat vakili boۥlishidan qat’iy nazar kishilar oۥz ona tilida ma’lumot olish, farzandlarini milliy ruhda tarbiyalash imkoniyatiga ega.Milliy madaniyat faoliyati ham millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani quvonarlidir.

Xulosa shuki, tarjima turli xalqlar adabiyoti, san’ati, madaniyatini yaqinlashtiradi.Bu esa mustqil Oۥzbekistonimizda oۥtkazilayotgan islohatlar talabiga toۥla muvofiqdir.




Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish