1.3 RUS TARJIMACHILIGI TARIXI
Tarjima tarixi bilan bog‘liq asarlar ko‘p emas,A.V.Federovning ta’kidlashicha tarjima tarixi til, adabiyot, san’at, jamiyat madaniyati va ma’naviyati tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli, qolaversa tarjima turli tillardan boshqa tillarga tarjima qilish juda ko‘p mehnat talab qiladigan murakkab jarayon ekanligi bu borada ilmiy ishlarning kamligiga sabab bo‘ladi(А.В. Федоров Основы общей теории перевода. М. 1983 с. 24 – 25)
Tarjima tarixini o‘rganish asosan yangi (XVI- XVII ) davrni o‘z ichiga oladi.Tarix bizga tarjimada ikki asosiy yo‘nalish mavjuda ekanligini va ular bir – biriga zid ravishda talqin etiladi.
bir tilda ikkinchi tilga ma‘noga putur etgan holda so‘zma – so‘z tarjima qilish
bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilganda – asosan mazmunga e’tiborni qaratib tarjima qilish
Birinchi tipdagi tarjimaga misol tariqasida Bibliyaning grek, lotin va boshqa Evropa mamlaktlari tillariga qilingan tarjimalar, Arastu (Aristotel)ning falsafiy asarlarini keltirish mumkin.
Tarjima nazariyasining ko‘zga ko‘ringan rus olimlaridan biri A.V.Fedоrov tarjima tarixini yoritishda , asosan, G‘arb tarjimasi tarixi, hamda Rossiyada tarjima tarixi haqida batafsil ma‘lumot beradi.( А.В. Федоров Основы общей теории перевода.).Bunda, yuqorida keltirilgandek, antik davr adabiyotidan boshlab, hozirgi davrgacha bo‘lgan tarjima muomalalari haqida ma‘lumot beradi.
Muallif rus tarjima maktablari tarixini yoritishda qadimgi Kiev Rusi davridan boshlab tahlil etadi. O‘sha davrdayoq Rus davlatining boshqa Evropa davlatlari, Vizantiya, hatto Sharq davlatlari bilan aloqalari boshlanganligi tufayli tarjimaga ehtiyoj katta edi(А.В. Федоров Основы общей теории перевода.).Asosiy tarjima qilingan asarlar – Bibliya va boshqa diniy asarlar bo‘lgan.
XIV –XVII asrlar Rossiya tarjima tarixida Moskva davri hisoblangan.Bu davrda ham diniy asarlar g‘arbiy – slavyan tillaridan, lotin, nemis tillaridan ritsarlar haqidagi romanlar tarjima qilingan.
XVII asrlarga kelib she’riy asarlar tarjimalariga ham katta e’tibor qaratilgan.
XVIII asr Pyotr I davriga kelib Rossiyaning G‘arbiy – Evropa mamlakatlari bilan aloqalarning yanada kuchayishi munosabati bilan, hatto davlat hujjatlari ham chet tillarga va tarjima muammolariga e’tibor oshgan davri bo‘ldi.Bu davrda tarjima bilan nafaqat yozuvchi va shoirlarning o‘zlari shug‘ullanishgan, balki tarjimonlik bilan shug‘ullanuvchi S.Volchkov, Kondratovich, Gamalov – Churayev va boshqalar ijod qilgan.Hatto chet el kitoblarini tarjima qiluvchi jamiyat tashkil etiladi va u 15 yilgacha faoliyat ko‘rsatadi.Bu jamiyatning 114 nafar a’zosi bor edi, ulardan biri A.N. Radinov bo‘lgan.
Keyingi davrda, ya’ni XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari rus tarjimalarda tarjimaga erkin yondashuv tendentsiyalari vujudga kela boshladi, ya’ni tarjima qilinayotgan matnga o‘zgartirishlar kiritish, asosiy matnga yaqin bo‘lgan tarjima bilan shug‘ullana boshlandi.
Bu davrda ko‘plab g‘arb tillaridan, ayniqsa fransuz, nemis tillaridan badiiy asarlar tarjima qilingan.Shu davr tarjimasiga xos xususuyatlardan yana biri nasriy va nazmiy asarlar tarjimasi bir – biriga zid qaralgan, masalan tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan yaqindan shug‘ullangan V.A.Jukovskiyning yozishicha ”Перевотчик в прозе есть раб переводчик в стихах – соперник” (Жуковслий В.А сочинение в стихах и прозе. 10 – е издю Под редю Пю Аю Ефремова СПБ, 1901, c. 854 )
Rus tarjima tarixida A.S.Pushkin ijodi va tarjima faoliyati alohida o‘rin egallaydi, yangi bir davrni tashkil etadi.Uning tarjimonlik faoliyati asosiy qirralari shundaki, chet tidagi asarlar tarjimada rus adabiy tilining butun boyligini to‘la qonli ifodalab bera olgan.A.S.Pushkin o‘z ishodining turli davrlarida fransuz shoirlari (XVII- XVIII asrlar) she’rlaridan (epigrammalar) tarjima qilgan, xususan Volter, Parpi, Andre, Shene va boshqalar.
Fransuz she’riyatida tarjimalarda A.S.Pushkin mualliflar bilan bahslashadi, asarlarni qisqartiradi, o‘gartiradi, go‘yo she’r qanday yozilishini ularga tushuntirishni xohlamaydi, muallif ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni yangicha badiiy shakl, mazmun bilan boyitadi.
A.S. Pushkin tarjimonlik ijodiy faoliyatini chuqur tahlil qilgan B.V.Tomashevskiyning yozishicha tarjimadan uning maqsadi ”была не только передача в точности щригинала, а обагахение своегщ поэтического достояния формами, сухесвовавшими ва чужом языке”.(Б.В. Томошевский Пушкин и французская литература. – Литературное паследие. М. 1937ю Т. – 31 – 32 сю 11 - 12) Bunday fikrni Pushkinning boshqa tarjimalari haqida ham aytish mumkin.
Buni ayniqsa uning ”Qur’on” suralari tarjimasi diqqatimizni tortdi.Demak buyuk rus shoiri nafaqat ”Bibliya” balki ota bobolarning dini bo‘lgan musulmon olamining durdonalari bilan ham yaxshi tanish bo‘lgan.
A.S.Pushkinning tarjimaga qarashlarida muallif asarini aynan so‘zma –so‘z tarjima qilishni qaramaydi.Shu bilan birga uning o‘sha davrda Frantsiyada avj olgan ”erkin” tarjimaga qarshi bildirgan fikrlar diqqatga sazovor, chunki u tarjimada har qanday shakl o‘zgartirishlar kiritilganda ham, asar g‘oyasini saqlab qolish muhim vazifa ekanini ta’kidlab, Shatobriyanni Milton qalamiga mansub”Yo‘qotilgan jannat” asarining tarjimasiga o‘z tanqidiy fikrlarini bildiradi va uni so‘zma – so‘z qilingan tarjimasini tanqid qildi
O‘sha davrga mansub shoir P.A. Vyazemskiy ham tarjima borasida diqqatga sazovor fikrlar bildirgan. XIX asr o‘rtalarida Rossiya tarjimashunosligi, tarixida Belinskiy, Cherneshevskiy, Dobrolyubov va ularning tarafdorlarining fikrlari diqqatga sazovordir. Belinskiy o‘z qarashlari bilan A.S.Pushkin fikrlariga yaqin turadi.Rus tarjimashunosligi haqida jon kuydirib, u shuni ta’kidlaydiki, unchalik badiiy yoki ma’naviy- ma’rifiy asarlarni tarjima qilish bilan ovora bo‘lmay jahon durdonalari namuna- ilmiy – badiiy asarlarni tarjima qilib , rus kitobxoniga etkazish kerakligini uqtiradi (Белинский В.Г. Полн. собр. соч. М. 19955, t. VIII c. – 264)
I.S.Turgenov, N.G.Cherneshevskiy, A.D. Dobrolyubov kabi rus demokratik tanqidchilarning tarjima borasidagi faoliyati va fikrlari ham muhim ahamiyat kasb etadi va ular A.V.Federov tomonidan chuqur o‘rganib chiqilgan.
XIX asr axiri XX asr boshlariga kelib , Rossiyada xorijiy proza asarlari tarjimasiga katta e’tibor qaratildi.Bu davrning ko‘zga ko‘ringan, mohir tarjimonlaridan biri P.I.Veyiberg bo‘lib, u Geynening lirikasini va boshqa ko‘plab lirik poetik asarlarini muvaffaqiyatli tarjima qilgan.
Undan tashqari bu davrda, mashhur tarjimonlar A.L.Sokolovskiy, A.I.Kroneberg, N.V.Gerber va boshqalar Sheksperning bir qancha tragediyalarini Shiller, D.E.Min, Dantening ”Ilohiy komediya”, Mollerning ko‘plab komediyalarini, Gyotening ”Faust” asarini tarjima qildilar.
Bu davrda kelib, barcha mashhur ingliz, fransuz, nemis mualliflarining asarlari rus tiliga tarjima qilingan edi.Endi rus o‘quvchilari Ch.Dikkens, Tekkerey, Viktor Gyugo, Dyuma, Balzak, Flober, Dode, Mopassan, Zoya asarlarini o‘z ona tillarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Nemischa asarlar ingliz va fransuz tilidagina nisbatan kam tarjima qilingan.
Ingliz yozubchilining ajoyib asarlari”Robinzon Kruzo” (Daniel Defo) ”Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), ”Don Kixot” (Servantes) va boshqalar.
Ko‘rinib turibdiki bu davrda ko‘pgina Evropa mamlakatlari Ispaniya, Italiya, Skandinaviya kabi davlatlar tillaridan tarjima qilgan, hatto ayrim slavyan tillaridan ham tarjimalar kam bo‘lgan.
Ushbu davr tarjimachiligida ayrim kamchiliklar bor edi.Xususan, tillarni yaxshi bilmagan kishilar ham tarjimada qatnashgan,bu esa tarjima asar sifatidagi salbiy ta’sir ko‘rsatgan.Shunday qilib, XIX asr oxiri tarjima saviyasini pasayishi bilan tarjima nazariyasiga deyarli, foyda keltirmadi (А.В. Федоров Основу овхеи теории перевода.)
Do'stlaringiz bilan baham: |