Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet Urganch filiali “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi talabasi Radjapov Davlatyor Xamro o’g’lining “Avtomatik sun’iy aloqa kanallari orqali keladigan xabarlarni himoyalashni boshqarish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Ma’lumki, jahon davlatlarining iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish sohalariga axborot texnologiyalarni qanchalik keng qo’llanishiga bog’liq bo’lib bormoqda. O’z navbatida axborotlarning yaxlitligi va butunligini ta’minlash masalasi esa xozirgi davrning asosiy muammolaridan bo’lib bormoqda. Demak, axborotni ruxsatsiz foydalanishdan, atayin o’zgartirishdan, yo’q qilishdan va boshqa buzg’unchi harakatlardan himoyalash zaruriyati tug’iladi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi respublikamizda axborot xavfsizligi sohasida o’qiyotgan, shunga qizziqan har qanday shaxs uchun ma’lumotlarni jamlash va saqlash, ularning xavfsizligini ta’minlashda ishlatiladigan shifrlash algoritmlarini o’rganish hamda dastlabki tushunchalarni berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti sifatida Avtomatik sun’iy aloqa kanallari orqali keladigan xabarlarni himoyalashni boshqarishning chora tadbirlari, suniy aloqa kanallari turlari, ularni avtomatlashtirish va xavfsizligini taminlash jarayoni keltirib o’tilgan.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob xulosa, adabiyotlar va ilovalardan tashkil topgan. BMI kirish qismida mavzuning maqsadi, dolzarbligi va vazifalari belgilab olingan. BMI ning birinchi bobida “Suniy aloqa kanallari” haqida asosiy tushunchalar, uning tarixi, turlari va avtomatlashtirish bo’yicha ma’lumotlar taqdim etilgan. Ikkinchi bobida Avtomatlashtirilgan suniy aloqa kanallari orqali ma’lumot jo’natish, jo’natilgan ma’lumotlar xavfsizligini taminlash va xavfsizligini taminlash usullaruni boshqarish ko’rib chiqilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Radjapov Davlatyor Xamro o’g’lining “Avtomatik sun’iy aloqa kanallari orqali keladigan xabarlarni himoyalashni boshqarish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi OTM BMI bajarish to’g’risidagi talablariga to’la mos keladi va ishni a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqrizchi:
Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi dotsenti M.Rahimbayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |