• matnning elektron versiyasi



Download 83,87 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi83,87 Kb.
#444109
Bog'liq
xulosa


Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• matnning elektron versiyasi;
• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
•grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.
Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin. Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.
2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.
4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi. Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin:
• multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;
• qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;
• olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;
• tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi. Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material, gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya, animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi. Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborot lashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.
1.2. Elektron darslik tuzilmasi. O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda. Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega, chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati) qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.). Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa 8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng foydalanilgan. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga, grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin. Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha sohalarni o’z ichiga oladi:
 sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri, mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );
 matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar kiritilishi mumkin;
 sahifadagi o’quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha (sxemakurs shaklida);
 sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga, mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);
 sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida chaqiriladi;
 o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim. Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema) berilishi yaxshi samara beradi. O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e'tibor berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak. Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart. Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash. Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi. Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin. Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning ta'riflarini alohida saxifada joylashtirgan ma'qul. Zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik. Elektron darslik strukturasi. Misol uchun umumta’lim maktablari 9 sinfi uchun Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan yaratilgan elektron darslik strukturasi quyidagicha: quyidagi sxemada:
- strelkaning ikkala tarafidagi modullar bir-birini ishga tushiradi;
- strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushirishi mumkin, teskarisi mumkin emas;
- strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushiradi va 2-chi modul ishi yakunlagach boshqaruv yana 1-chi modulga o’tadi.
Download 83,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish