Ishning ilmiy nazariy yangiligi. Bitiruv malakaviy ish uchun olingan mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola va tezislarni o`rganib tahlil qilib chiqqanimizda shunday fikrga keldik, bu borada muayyan maqolalar va tezislar ilmiy anjumanlarda yoritilgan. Anketa so`rovnomalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar ochib berildi va ilmiy asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi.
Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning materiali tavsiya, ko`rsatma va xulosalar umumta`lim maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.
I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DASTURI.
Bitiruv malakaviy ishni to`la ochib berish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat ko`rsatuvchi mutaxassislarning qaysi Qonun va qarorlar hamda dasturlar asosida ish olib borishlarini o`rganishni oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Bu savolimizga javobni anketa yordamida olishga qaroр qildik shu bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi vazirligi tomonidan chiqarilgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi me`riy hujjatini o`rganib chiqishga qaror qildik va tanlangan mavzuga tegishli bo`lgan bandlarni ishga kiritishni lozim deb topdik
I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM TO`G`RISIDA NIZOM.
1.Umumiy qoidalar
1.1.Maktabgacha ta`lim uzluksiz tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida" qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
1.2.Maktabgacha ta`lim sog`lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
1.3.Maktabgacha ta`lim, bola 6-7yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalari
2.1. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talabalariga muvofiq sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlaydigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998yil 5yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ta`lim standartlari to`g`risida Nizom"ga muvofiq belgilanadi. Davlat talablari asosida barcha turdagi maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada qo`llash uchun tavsiya etiladigan tayanch dastur ishlab chiqiladi.
2.2. Maktabgacha ta`limning vazifalari:
-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
-bolalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o`qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta`lim jarayoniga tayyorlash;
-bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o`zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
-bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |