2.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning maqsad va vazifalari.
Pul-kredit siyosatini olib borishda markaziy bank oʻzining muayyan
maqsadlariga ega boʻladi. Bu maqsadlarga erishish uchun u pul-kredit siyosatining
instrumentlaridan foydalanadi. Muammo shundaki, markaziy bank oʻz oldiga
qoʻygan maqsadlariga erishish uchun oʻzi bevosita nazorat qiladigan
instrumenlardan qanday foydalanish kerakligida. Chunki eng soʻnggi maqsadlar
bilan instrumentlar orasida aniq prognoz qilib boʻlmaydigan bir qancha bosqichlar
bor. Shuning uchun markaziy bank bevosita oʻzi nazorat qilolmaydigan, ammo
oʻzi intiladigan maqsadlarga eng yaqin makroiqtisodiy oʻzgaruvchilar – oraliq
moʻljallarni belgilaydi.
Markaziy bank oʻz oldida turgan maqsad va vazifalarga hamda
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning belgilangan darajalariga erishish uchun pul-
kredit sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
1. Markaziy bank pul-kredit siyoatini fiskal siyosat bilan muvofiqlashtirgan
holda olib boradi
2. Markaziy bank pul agregatlari dinamikasini joriy va kutilayotgan
inflyatsiya darajasiga hamda valuta kursi boʻyicha koʻzda tutilgan koʻrsatkichlarga
mos ravishda tartibga solib turadi.
3. Pul-kredit siyosatining tezkor koʻrsatkichlari sifatida zaxira pullar,
Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga beriladigan kreditlar
belgilanadi. Bu koʻrsatkichlar boʻyicha choraklik va oylik chegaraviy moʻljallar
oʻrnatiladi va ularning bajarilishi doimiy nazoratga olinadi.
4. Markaziy bankning qayta moliyalash mexanizmi ishlab chiqarish
tarmoqlarining kredit resurslariga boʻlgan talabini qondirishga va tarkibiy
oʻzgarishlarni ta’minlashga yoʻnaltirilgan investitsiya dasturlarini ustuvor ravishda
moliyalashga xizmat qiladi.
5. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi talab va
taklifdan hamda joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
6. Taklif etilayotgan pul hajmini boshqarish maqsadida bank tizimining
likvidligi va pul bazasining shakllanishi ustidan oʻrnatilgan monitoring ishlarini
olib boradi.
7. Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilishni chuqurlashtirishga
qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumati qarorlari
asosida bank tizimini tubdan mustahkamlashga, ularning kredit berish
imkoniyatlarini va ustav kapitalini boʻsh mablagʻlar jalb qilish hisobidan
kengaytirishga, banklar investitsiya jarayonining asosiy boʻgʻiniga, korxonalar,
xususan xususiy tadbirkorlar, kichik biznes korxonalarining chinakam hamkoriga
aylanishiga, xorijiy banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirilishiga alohida
e’tibor qaratiladi.
8. Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida
ochiq bozordagi operatsiyalarni, jumladan ikkilamchi bozordagi operatsiyalarni
yanada rivojlantiradi. Shuningdek, aholi boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari orqali
~ 10 ~
moliya bozoriga jalb etish hamda tijorat banklariga boʻlgan ishonchni oshirish
choralarini koʻradi.
Har qanday markaziy bank kabi Federal zahiraning pul-kredit siyosati
shunday 6 ta strategik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan19:
1. Bandlikning yuqori darajasi.
2. Iqtisodiy oʻsish.
3. Narxlarning barqarorligi.
4. Foiz stavkalarining barqarorligi.
5. Moliyaviy bozorlarning barqarorligi.
6. Valuta bozorlarining barqarorligi.
Bandlikning yuqori darajasi – eng muhim maqsaddir. Birinchidan, ishsizlik
kambagʻallik, oilalarning buzilishi, jinoyatchilikning koʻpayishi va boshqa koʻplab
ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga sabab boʻladi. Ikkinchidan, ishsizlikning
yuqori darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan potensial darajada
foydalanilmaydi va umumiy ishlab chiqarish hajmi pasayadi. Narxlar barqarorligi
strategik maqsadlardan biri hisoblanadi, chunki narxlar darajasining oʻsishi
noaniqlikning manbasi boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishga toʻsiq boʻlishi
mumkin. Qolaversa, inflyatsiya kelajakni rejalashtirishga ham gʻov boʻladi. Foiz
stavkalarining barqarorligi muhim, chunki uning tebranishi iqtisodiyotda
noaniqliklarga sabab boʻladi va kelajakni rejalashtirishga salbiy ta’sir etadi.
Moliyaviy bozorlarning barqarorligi foiz stavkalarining barqarorligi bilan
bogʻliq, chunki foiz stavkalaridagi tebranishlar moliyaviy muassasalar uchun
sezilarli noaniqliklarni yaratadi. Milliy valuta kursining oʻsishi mamlakatdagi
korxonalarni xorijdagilarga nisbatan raqobatbardoshligini pasaytiradi, kursning
tushishi mamlakatda inflyatsiyani ragʻbatlantiradi. Valuta kursidagi kuchli
tebranishlar tashqi savdo hajmiga jiddiy salbiy ta’sir koʻrsatadi. Yuqorida
keltirilgan strategik maqsadlarning koʻpchiligi oʻzaro bir-biriga mos tushadi –
bandlikning yuqori darajasi va iqtisodiy oʻsish.
~ 11 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |