“ Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” kafedrasi “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ” fanidan kurs ishi


davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana20.05.2022
Hajmi1,31 Mb.
#605169
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Akmal kurs ishi

davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini
rivojlantirish, 
xususiy 
kapital bozori
ko‘lamini oshirish va iqtisodiyotda banklardan 
tashqari 
moliyaviy vositachilik institutlarini
rivojlantirish bilan bog‘liq 
hisoblanadi. 
Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masala – 
bu inflyasiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini bartaraf etish 
masalasi 
hisoblanadi. 
Bu, 
birinchi 
navbatda, 
iste’mol 
bozorida 
raqobatni 
rivojlantirish

iste’mol 
tovarlari 
ishlab 
chiqarish 
hajmlarini
oshirish, 
tovarlar 
importida 
konsentratsiyalashuv 
darajasini 
pasaytirish

hududlarda 
savdo 
va 
xizmat 
ko‘rsatish 
infratuzilmasini 
rivojlantirish
kabi choralarni amalga oshirishni taqozo etadi. 
Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
inflyasiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit sharoitlarini 
bosqichma-bosqich 
neytral shartlarga
o‘tkazish imkonini beradi 


~ 24 ~ 
Bugungi kunda markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati 
boʼyicha qarorlarni qabul qilish makroiqtisodiy tahlil va prognoz tizimi 
(FPAS) asosida amalga oshiriladi. Hozirda markaziy bank tomonidan 
foydalanib kelinayotgan chorak- lik prognozlashtirish modeli (QPM) 
makroiqtisodiy prognoz- larni ishlab chiqishdagi asosiy model 
hisoblanadi. QPM modeli oʼrta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni 
shakllantirishga yordam beradigan, ochiq iqtisodiyotlar uchun yarim- 
strukturaviy modeldir. 
Ushbu model toʼrtta asosiy bloklarning – ishlab chiqarish (IS egri 
chizigʼi), inflyatsiya (Fillips egri chizigʼi), qisqa muddatli foiz stavkasi 
(pul-kredit siyosat reaktsiyasi funktsiyasi) va valyuta kursi(qoplanmagan 
foizlar pariteti sharti) oʼzaro bogʼliqligi asosida qurilgan. 2021 yil 
davomida modelning yuqorida keltirilgan bloklarga fiskal va kredit 
bloklarini ham qoʼshish orqali model kengaytirildi. 
2022 yil va keyingi yillarda QPM modeli yangi bloklar (xususan, 
tashqi sektor koʼrsat- kichlari) bilan toʼldiriladi va model parametrlari 
iqtisodiyot- dagi tarkibiy oʼzgartirishlarni aks ettirishga moslashtiriladi. 
Bundan tashqari, turli makroiqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi 
bogʼliqliklarni aniq- lash, ularni prognozlashtirish uchun ekonometrik 
modellar qatorini kengaytirish koʼzda tutilgan. 
Yalpi ichki mahsulot hajmi real oʼsishini qisqa muddatli davrlar 
uchun prognoz qilishda DFM, VAR va ARDL kabi modellarni ham 
takomillash- tirib borish boʼyicha alohida yoʼnalishda ishlar tashkil 
etiladi. 
Keyingi yildan boshlab xalqaro moliya institutlari texnik koʼmagi 
asosida makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish, turli xil iqtisodiy 
koʼrsatkichlarning bir-biriga 
bogʼliqligini oʼrganish maqsadida dinamik stoxastik umumiy 
muvozanat modelini (DSGE) joriy etish maqsad qilingan. 
Bu modelь pul-kredit, fiskal va umumiy iqtisodiy siyosatning 
muvofiqligini baholashga yordam 
beradi. Shuningdek, qabul 
qilingan qarorlarning alohida koʼrsatkichlarga taʼsirini miqdoriy 
baholash uchun ishlatiladi. 
2021 yilda inflyatsiya darajasini qisqa muddatli prognoz qilishda 
BVAR modelidan foydalangan holda dastlabki natijalar eʼlon qilingan 
boʼlib, keyingi bosqichda ushbu modelni toʼliq joriy qilish boʼyicha 
ishlar davom ettiriladi. 


~ 25 ~ 
Bundan tashqari, oʼtgan davr- dagi inflyatsiya omillarini tahlil qilish 
uchun VECM modellaridan toʼliq funktsiyada foydalanish boʼyicha 
choralar koʼriladi. 
Inflyatsiya darajasi va unga taʼsir etuvchi omillar, shuning- dek, 
aholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion kutilmalarini oʼrganish 
uchun har oyda Markaziy bank tomonidan oʼtkaziladigan inflyatsion 
kutilmalar boʼyicha soʼrovnoma, choraklik aholining isteʼmol kayfiyati 
soʼrovlar oʼtkazish tizimi va soʼrovnomani tahlil qilish metodologiyasini 
tako millashtirish rejalashtiril- moqda. 
Shuningdek, keyingi yildan boshlab aholi va tadbirkorlik 
subʼektlarining uzoq muddatli inflyatsion kutilmalarini (ikki yillik va 
uch yillik) ham oʼrganib borish tizimi yoʼlga qoʼyiladi. 
Respublika hududlaridagi narxlar dinamikasi va omillari, iqtisodiy 
jarayonlar va kutilmalarni sifat jihatdan oʼrganish boʼyicha yangi tizim 
joriy etiladi. Har bir hududning oʼziga xos jihatlaridan kelib chiqib 
iqtisodiy jarayonlar, inflyatsion omillar va iqtisodiy agent- larning xatti-
harakatlariga si- fat jihatidan baho berilib, umumlashtirib boriladi. Bu 
maʼlumotlar pul-kredit siyosati sohasida qarorlar qabul qilishda 
qoʼshimcha komponent sifatida ishlatiladi. 
2021 yilning avgust oyidan joriy etilgan asosiy isteʼmol tovarlari 
narxlarini onlayn kuzatish (NOK) tizimi imkoniyatlari yanada kengayti- 
rilib, narxlarni toʼplash, umumlashtirish va guruhlashtirish jarayonlari 
toʼliq inson omilisiz avtomatik tarzda ishlashi yoʼlga qoʼyiladi. Narxlari 
kuzatiladigan savdo nuqtalari soni va ulardan olinadigan maʼlumotlar 
koʼlami kengaytirib boriladi. 
Isteʼmol narxlari indeksi boʼyicha rasmiy koʼrsatkichlarning faqat 
oylik davriylikda eʼlon qilinishi inflyatsion targetlash rejimida narxlar 
dinamikasini tezkor tahlil qilish imkoniyatlarini cheklamoqda. Ushbu 
davriylikni qisqartirish masalasi muqobil koʼrsatkichlarni hisoblab 
chiqish zaruratini yuzaga keltirdi. 
Markaziy bank tomonidan 2021 yil avgust oyidan boshlab 
mamlakatimiz aholisi koʼp isteʼmol qiladigan asosiy tovar va xizmatlar 
narxlari oʼzgarishlarini muqobil manbalardan inson omilisiz tezkor 
ravishda kuzatib borish va doimiy monitoringini amalga oshirish 
maqsadida narxlarni onlayn kuzatish (NOK) tizimi joriy qilindi. 
Koʼpchilik davlatlarning statistika organlari va markaziy banklari 
tomonidan soʼnggi yillarda narxlar oʼzgarishini internet sahifalari va 
masofaviy tizimlardan foydalangan holda jamlash va tahlil qilib borish 
tizimlari (price scanning&web scraping) amaliyotga joriy etilmoqda. Bu 


~ 26 ~ 
tizimlar orqali internet sahifalarida barcha uchun keng foydalanishda 
boʼlgan maʼlumotlar asosida avvaldan tanlab olingan isteʼmol tovar va 
xizmatlari narxlarini tezkor ravishda va kichik davriylikda (kunlik, 
haftalik) kuzatib borish mumkin boʼladi. 
Mamlakatimizda 
ham 
yirik 
savdo 
supermarketlari, 
ishlab 
chiqaruvchilar, doʼkonlar, xizmat koʼrsatuvchi subʼektlarning onlayn 
savdo platformalari rivojlanib borishi, onlayn savdo nuqtalari sonining 
ortishi, shu bilan birga pandemiya sharoitlarida onlayn xizmat 
turlarining keng rivojlanishi Oʼzbekistonda ham narxlarni onlayn 
kuzatish tizimini joriy qilish imkonini berdi. 
Yigʼilgan keng qamrovli maʼlumotlar toʼplami Xalqaro valyuta 
fondining uslubiy qoʼllanmasi (International Pul-kredity Fund 
“Consumer Price Index Manual 2020: Consepts and Methods) va 
Yevropa Ittifoqi Statistika byurosi koʼrsatmalariga asosan qayta 
ishlanadi. Qayta ishlangan maʼlumotlar Davlat statistika qoʼmitasi 
tomonidan isteʼmol narxlari indeksini qoʼllashda foydalaniladigan tovar 
va xizmatlar vaznlari asosida umumlashtiriladi va haftalik asosda 
Isteʼmol narxlari muqobil indeksi (INMI) hisoblab chiqiladi. 
Ushbu tizimning afzalliklaridan biri maʼlumotlarining aniq, shaffof 
va tezkorligidadir. Yaʼni bunda maʼlumotlar onlayn rejimda maksimal 
darajada inson omilisiz amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda narxlarni 
onlayn kuzatish tizimi orqali 50 ga yaqin internet sahifasi ilovalaridan 
1000 ga yaqin narxlar kuzatib boriladi. 
Buning uchun aholi tomonidan eng koʼp isteʼmol qilinadigan va 
umumiy INI tarkibida eng yuqori vaznga ega boʼlgan 261 turdagi oziq-
ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar tanlab olindi. 
Bunda: 
- oziq-ovqat mahsulotlari 114 ta; 
- nooziq-ovqat mahsulotlari 108 ta; 
- xizmatlar 39 tani tashkil etadi. 
Davlatning pul-kredit siyosatining muayyan turini tanlashini nima 
aniqlaydi? Markaziy bankning pul-kredit siyosatining ustuvor vazifalari 
qanday aniqlanadi? 
Qoida tariqasida, bu davlatning moliyaviy tizimidagi mavjud 
barqarorlik 
darajasiga 
va 
umuman 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
dinamikasiga bog'liq. Agar milliy iqtisodiyot rivojlanayotgan bo'lsa, u 
holda Markaziy bank liberal strategiyani tanlashi mumkin: u qoida 
tariqasida investitsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi va bozorning band 
bo'lmagan 
segmentlari 
sharoitida 
ishbilarmonlik 
faolligini 


~ 27 ~ 
rag'batlantiradi. Qisman, bu jiddiy moliyaviy inqirozdan keyin yuzaga 
kelgan xavflarni rad etishning tabiiy keskin ko'tarilishini engib o'tishga 
qodir. Ushbu buzilishlar, chunki ular buzilish bo'lib, bizning 
iqtisodiyotimizdagi jiddiy buzilishlar - ish kuchi va kapitalning ishsizligi 
va deflyatsiya xavfini engish uchun zarurdir. Savol, xavfsizlikni sotib 
olish tugallangach va keyin foiz stavkalari ko'tarilganda qanday 
muammolar paydo bo'lishi mumkin. Federal Rezerv ushbu xavflarni 
aniq nazorat qiladi va beqarorlik manbalarini aniqlash va ulardan 
foydalanish uchun turli usullardan foydalanadi. Iqtisodiyotda inqiroz 
yuzaga kelsa, davlatning pul-kredit siyosatidagi maqsadlar o'zgarishi 
mumkin. Bunday holda inflyatsiyani pasaytirish zarurati tug'ilishi 
mumkin. Yuqorida aytib o'tganimizdek, konservativ pul-kredit siyosati 
ushbu maqsadga yordam beradi. Shuning uchun uning maqsadlari 
asosan shtatdagi iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Agar milliy iqtisodiyot 
jadal rivojlanayotgan bo'lsa - pul-kredit siyosati ba'zi belgilar bilan, 
boshqalar esa inqiroz tendentsiyalari bilan tavsiflanishi mumkin. Uning 
fikricha, 
moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga bo'lgan bunday 
yondashuv hozirgi sharoitda foiz stavkalari ko'tarilayotgan sharoitdan 
ustundir, bu xavflarning ayrim turlariga xalaqit berishi mumkin, ammo 
ayni paytda yuqori ishsizlikni saqlab turadi va deflyatsiya xavfini 
oshiradi. 
Menimcha, Federal Rezervning o'z vositalarini qanday sozlashiga 
qisqa muddatli siyosiy aralashuvdan mustaqillik narxlar barqarorligini 
ta'minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Federal Rezerv o'zining 
siyosiy harakatlari ushbu maqsadlarga qanday erishishini tushuntirishi 
kerak va agar ular bajarilmasa, nima uchun bunday qilinmaganligini. 
Agar qonunchilik maqsadlariga erishish uchun alternativ strategiyalar 
taklif qilingan va istiqbolli ko'rinadigan bo'lsa, Federal Rezervdan nega 
bu alternativalarni rad etganligini so'rashingiz kerak. 
Pul-kredit siyosatini tasniflashning yana bir keng tarqalgan mezoni 
shkaladir. Shunday qilib, iqtisodiy tartibga solishning umumiy va 
tanlangan usullari ajralib turadi. 


~ 28 ~ 
XULOSA 
Tadqiqot ishini bajarish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalarni 
shakllantirishga muvaffaq boʻlindi: 
1. Bozor iqtisodiyoti tizimidagi mamlakatlarda pul-kredit siyosatni 
toʻgʻri amalga oshirilishi avvalo mazkur mamlakat pul tizimining 
barqarorligiga erishilishiga va natijada esa umumiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashga sabab boʻladi. Bunda, Markaziy bank pul-kredit 
siyosatining asosiy maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash, 
valuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyatsiya 
sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini 
oshirish va iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlaydi. Bunga 
erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta’sir koʻrsatish orqali 
muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan amalga oshiriladi. 
2. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi YaIMning nominal 
miqdori barqaror iqtisodiy oʻsish tendentsiyasiga ega boʻlganligi 
makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanganligidan dalolat beradi va ushbu 
jarayonda pul-kredit omillar muhim oʻrin tutadi. Ushbu davr mobaynida 
respublikamiz tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar va 
ularning umumiy kapitali miqdorining oʻsish tendentsiyasiga ega 
boʻlganligi tijorat banklari kredit qoʻyilmalarining yuqori sur’atlarda 
oʻsishiga zamin yaratdi. 
3. Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor 
iqtisodiyotining rivojlanish darajasini hisobga olib bugungi kunda 
majburiy zahira talablari Markaziy bank olib borayotgan pul-kredit 
siyosatning tayanch instrumenti ekanligi asoslidir. Ammo jahon 
amaliyotida ushbu instrumentdan toʻliq voz kechilayotgan yoki “zahira” 
instrument sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zahira 
normalarining yuqori darajada qolishi munozaralidir. 
4. Shu mobaynida soʻmning devalvatsiya sur’atiga ega boʻlganligi 
respublikamiz importyorlarining xorijiy valutalardagi toʻlovlari 
miqdorining 
oshishiga 
olib 
keldi 
va 
investitsion 
loyihalarni 
moliyalashtirish samaradorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. 
5. Ayni vaqtlarda inflyatsiyaning yillik darajasi barqaror tarzda 
saqlab turishga muvaffaq boʻlinganligi milliy valutaning barqarorlik 
darajasi oshishiga olib keldi hamda tashqi savdo aylanmasining ijobiy 


~ 29 ~ 
sal’doga ega ekanligi, davlat budjetining profitsit bilan bajarayotganligi 
milliy valutaning barqarorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. 
Yuqorida oʻtkazilgan tahlillarga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy banki pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bogʻliq 
muammolarni bartaraf etishda quyidagi takliflarni keltiraman: 
1. Markaziy bank yaqingacha pul taklifini targetlab kelganini va 
yaqin 
kelajakda inflyatsiyani toʻlaqonli targetlashga oʻtishini, 
shuningdek, xorijiy kapitalni kirib kelishi bilan bogʻliq boʻlgan 
kreditlarni haddan tashqari tez oshib ketishini ham hisobga olib, 
majburiy zahiralardan foydalanishni bosqichmabosqich liberallashtirib 
borishi kerak. 
2. Dastlabki bosqichda, muddatli va jamgʻarma depozitlar boʻyicha 
zahira normalarini pasaytirish va shu yoʻl bilan banklarning ushbu 
depozitlarga omonatlarni jalb etishini yanada ragʻbatlantirish lozim. 
3. Naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish va 
ushbu mablagʻlarni bank depozitlariga jalb etish borasida tegishli 
dasturlar ishlab chiqish kerak. 
4. Naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblar orasidagi sun’iy tafovutni 
kamaytirish, buning uchun ichki bozorni import oʻrnini bosuvchi sifatli 
mahalliy mahsulotlar bilan toʻlaroq qondirish borasida tegishli chora – 
tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq boʻlardi. 
5. Mamlakatimizda kapital bozorining toʻliq shakllanmaganligi va 
uzoq muddatli vositalarning taqchilligi Markaziy bankning ochiq 
bozordagi operatsiyalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ushbu 
muammolarni hal etish maqsadida Hukumatning qisqa va oʻrta muddatli 
qimmatli qogʻozlari hamda Markaziy bankning obligatsiyalari emissiya 
hajmini oshirish lozim deb oʻylayman. 
6. Inflyatsiyani toʻlaqonli targetlash uchun narxlar barqarorligi 
Markaziy bank pul-kredit siyosatining yagona pirovard maqsadi boʻlishi 
shart. Hozir qonunchilikda belgilangan “milliy valutaning barqarorligini 
ta’minlash” maqsadini milliy pul birligining tashqi (soʻmning kursi) va 
ichki (past va barqaror inflyatsiya) barqarorligini ta’minlash sifatida 
koʻrish mumkin. Shuning uchun, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
banki toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan “milliy valutaning 
barqarorligini ta’minlash” jumlasini “soʻmning harid qobilyatini 
ta’minlash” deb oʻzgartirish kerak deb oʻylayman. 
Respublika Markaziy bankining transparentligini oshirish uchun bu 
sohada 
peshqadamlik 
qilayotgan 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 


~ 30 ~ 
amaliyotidan kelib chiqib dastlabki bosqichda quyidagi takliflarni joriy 
qilish maqbul deb oʻylayman: 
statistik ma’lumotlarini doimiy davriy ravishda chop etish; 
rni doimiy faol 
ravishda tashkillashtirish; 
-kredit va bank boshqaruvi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati 
natijalarini doimiy nashr etish; 
etilgan 
bank 
mutaxasislari, 
ekspertlar 
va 
olimlarning 
ochiq 
konferentsiyalarini doimiy oʻtkazib borish. 


~ 31 ~ 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish