NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ona tili o`qitish metodikasining qanday tamoyillari bor?
2. Ona tili o`qitish mеtodikasining tamoyillarini ishlab chiqishda qanday ko`rsatmalariga asoslaniladi?
3. Nazariy tеkshirish usullari qanday?
4.Empirik tekshirish metodlari qanday?
5. Ona tili o`qitish metodikasi fani qaysi fanlar bilan o’zaro aloqador?.
2-mavzu: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasining xususiy masalalari. Savod o`rgatish metodikasi. Savod o`rgatish metodikasining maqsadi va vazifalari. Savod o’rgatishda hozirgi zamon analiz-sintez tovush metodi. Savod o’rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o’rgatishda mashq turlari. Savod o’rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o’rgatish.
Reja:
1. Savod o`rgatish metodikasining maqsadi va vazifalari.
2. 1- sinf o`quvchisining o`qish va yozuv jarayonida psixofiziologik tahlili.
3. O`zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi, ularning o`zaro bog`liqligi.
4. Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi.
5. Savоd o`rgatishda alifbеgacha tayyorlоv davri va asоsiy davrning vazifalari.
6. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga diffеrеnsial va individual yondashish.
Tayanch so`z va iboralar: “Alifbe”,bilim,ko`nikma,malaka, harf,yozuv chiziqlari,yozish ko`nikmasi,fonematik yozuv, nutqqa oid malaka, nutq o`stirish, xat-savod,adabiy til me`yori,elementar o`qish,elementar yozuv,analiz-sintez,psixolingvistik nuqtai nazar, ommaviy-siyosiy tushuncha.
Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish ko’nikmasini egallaydilar.
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi.bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, bola “v” harfining elementlarini, yozuv chiziqlari qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarga yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarini tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Malaka o’qitishning keyingi bosqichalrida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O’qish va yozish kishi faoliaytining bir turi bo’lib, u nutqqa oid malakadir. O’qish malakasi ham, yozish malaksi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og’zaki hikoya qilish,o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq uzviy bog’liq holda shakllanadi.
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola ko’p o’qishi va yozishi zarur.
O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi.
O’quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad – o’qish va yozishni o’rgatish hamda hozirda bajarilishi shart bo’lgan kundalik maqsad – topishmoqni o’qish va javobini topish, so’z va gaplarni o’qish, rasm asosida so’zlab berish kabilar turadi.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o’qish va yozish faoliyatida o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa-da, aslida o’qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko’p emas.o’qish va yozishni o’rgatish uchun tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya. Savod o’rgatish metodikasida o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib talab etiladi.
Analitik-sintetik tovush metodiga K. Ushinskiy asos slogan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish, tashkil toppish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko’ra ta’limiy va o’stiruvchi xarakterda bo’ladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o’sishini ta’minlaydi, o’qishning ongli bo’lishini talab etadi.
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi 2 davrga bo’linadi:
A) alifbegacha tayyorlov davri;
B) alifbo davri;
Bunda yozuvga o’rgatish o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3. Analitik-sintetik metodida psixolingivistik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
A) savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
B)savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi,unda tovushni ajratishga,analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga,bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
C) o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlahsga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil toppish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir:
1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorgarligiga bog’liq).
2. O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan:grammatika, so’z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
3. Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini,osonligini, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakterini hisobga olish.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar.
“Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik,mehnatsevarlik, mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish, umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.
Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga ta`lim berish bilan birga tarbiya ham beriladi.O`quvchilarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashda savod o`rgatish darslari alohida ahamiyatga ega.”Alifbe ”darsligidagi matnlar orqali o`quvchilarga mehnat, ahloqiy. Estetik va boshqa tarbiyalar beriladi, Tarbiya nutq vositasida amalga oshiriladi. Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o’rganish avgust oyida,hatto undan oldin – bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga borilgan, suhbat o’tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan.
Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o’rgatishga maxsus tayyorlanyaptilar. Ular uchun bir-ikki,ba’zi joylarda uch-to’rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg’ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti,elementar tarzda yozuvga ham o’rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Tayyorlov sinflarining ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo’lmasa-da, lekin bu davrda bolalarning nutqiy tayyorgarligini o’rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. O’qish ko’nikmasini aniqlash:
A) so’zni sidirg’a o’qiydi;
B) bo’ginlab o’qiydi;
D) harflab o’qiydi(noto’g’ri o’qish);
E) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
F) ayrim harflarni taniydi.
2. Yozuv ko’nikmasi:
A) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
B) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
D) yozishni umuman bilamydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
A) so’zni bo’ginlarga bo’ladi;
B) so’z yoki bo’gindagi tovushni ajratadi;
D) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
E) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekani hisobga olinadi);
F) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratiladi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutqi.she’rni yoddan o’qish.
A)3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi,uni zavqlanib aytadi;
B)1-2 ta she’rni bilai, aytishga uyaladi;
D) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi.
5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
A) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
B) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi,lekin ayta olmaydi;
D) ertak aytishni bilmaydi,o’rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish. (“rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber” ).
A) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
B)10 tadan 20 tagacha so’z,bir necha gap tuza oladi;
D)10 tagacha so’z bilan bog’lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
E) 3-4 so’z bilan qisqa javob bera oladi.
Shuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikki variantda yoziladi:
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot (bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo’ladi);
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot (bu ma’lumotdan darsda sinf o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi).
Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar.
Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish;
Yozuv daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha bosh va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish;bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish;
Tahlil qilingan so’z va ikki-uch so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida yozish;
Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o’qish bilan tekshirish.
Og’zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq , o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar, matnni o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar. Yozuvga o’rgatishning bu tartibida genetic tamoyil buziladi, ya’ni oson harfni yozishdan asta-sekin qiyin harfni yozishga o’tiladi.
Yozuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malak hosil qilishdir.
grakfik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to’g’ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo.
Hafr elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.
Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
Harf birikmalarini, bo’g’inni yozish, harflarni to’g’ri qo’shib yozish malakasini hosil qilish uchun so’z yozish.
Shuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladilar, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozihni o’zicha sekin gapiradi; o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani to’g’ri ushlatadi, uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib tushuntiradi.
Savod o’rgatish davri oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.
O’zbekiston respublikasi oliy majlisining qaroriga binoan 1993-yil 2-sentabrda “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-mayda bu qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Bu alifbo, birinchidan, og’zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini ta’minlaydi, ikkinchidan, jahon xalqlarining 30 foizidan ortig’i mana shu yozuvdan foydalanadi. Bu esa xalqaro aloqa-aralashuvni bir muncha yengillashtiradi.
Lotin alifbosiga asoslangan o’zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan, ortiqcha jimjimasiz, qo’l uzmasdan bog’lab yoziladi. Shuning uchun yozuvga o’rgatish metodikasida harflarni qo’shishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo’shish yo’lini bilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |