4-Ma`ruza. Husnixatga o`rgatish metodikasi.
Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati. Husnixatga o’rgatish tarixidan ma’lumot. Yozuvning gigienik va metodik shartlari haqida umumiy ma’lumot. Yozuvqurollarivaulardanfoydalanish. Xattaxtagaqo’yiladigantalablar.
Reja:
1.Husnixat va uni o’qitish metodikasi- pedagogik fan.
2.Husnixatga o’rgatishning maqsadi, vazifalari, ahamiyati.
3.Yozuvlar tarixidan ma’lumot.Yozuv turlari. O’zbek yozuvi tarixi.
4.Husnixatga o`rgatish tarixidan ma`lumot.
5.Yozuvning gigiyenik va metodik shartlari haqida ma`lumot.
6.Yozuv qurollari va ulardan fpydalanish.
7.Xattaxtaga qo`yiladigan talablar.
Tayanch so`z va iboralar: gigiyenik shart, gigiyenik talab, yozuv turlari, daftar turlari, bir chiziqli daftar, ikki chiziqli daftar, 65 gradus qiyalik, parta qiyaligi, parta turlari, bosma va yozma shakl, yozuv talablari, xattaxta..
I. Husnixat va uni o’qitish metodikasi- pedagogik fan.
Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Husnixatga o’rgatishning maqsadi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga. Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak. Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan “Husnixat va uni o’tilish metodikasi” fanining maqsadi:
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish.
Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va usullari bilan qurollantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |