1. Muammoli vaziyat:
1-sinfda savod o’rgatish davrida Anvar ismli bola o’z tengqurlaridan hozirjavobligi, darslarda faol qatnashishi, o’zlashtishi tezligi bilan ajalib turadi.Biroq, harflarni yozishni o’rgatish davri kelganda Anvar sinfga o’ng qo’li bog’langan holda keldi va uning onasi o’g’lining qo’li sinib qolganini va bog’lam 2 oy muhlatga qo’yilganini aytdi. Bunday paytda o’qituvch qanday yo’l tutadi?
2. Muammoli vaziyat.
\ Bir o’quvchi barcha harflarni taniydi, o’qiy oladi. So’zlarni ham to’g’ri o’qiydi, lekin yozishda harflarning o’rnini almashtirib yoki tushirib yozadi.
O’qituvchi bo’lganingizda bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan bo’lardingiz.
3.Muammoli vaziyat:
Maktab direktori yangi bitirib kelgan boshlang’ich ta’lim o’qituvchisini birinchi sinfga uch oyga sinov uchun qo’ydi. Agar berilgan sinfning o’zlashtirish ko’rsatkichi oldingidan yuqori natijani ko’rsatsa, o’qituvchi ishga qabul qilinadi. Lekin, o’qituvchiga berilgan sinf o’quvchilarining o’qishi uchga bo’lingan. Ular harflab, bo’g’inlab, sidirg’a o’qiydilar.O’qituvchi sinf o’quvchilarini bir xilda sidirg’a o’qishlari uchun qanday usullardan foydalanishi kerak?
4.Muammoli vaziyat:
Amaliyot o’tayotgan joyda Sohilani ishga qolishga taklif etishdi.Sohila oliy o’quv yurtida yaxshi o’qiyotgani uchun , o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash jarayonini ko’rib hamda bunday vaziyat yana bo’ladimi yo’qmi deya ishga rozi bo’ldi.U amaliyot davrida boshlang’ich sinf o’qituvchisi yordamida ba’zi bir fanlardan dars berib yurdi va oliy o’quv yurtini a’lo baholarga tamomladi. Shundan so’ng o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari kelasi o’quv yilida Sohilaga 1-sinf o’quvchilarini berishini aytib o’tdi.Sohila o’zida yo’q xursand edi. Hammasini eplashiga ishonar edi.O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sohilaga bolalar tayyorgarlik davri uchun kelishini , bir kunni tayin qilib bolalarni maktabga tayyorlashni boshlash kerakligini uqtirib o’tdi. Mana tayinlangan kun ham bir zumda yetib keldi.Bolalar ota-onalari bilan kelishdi.Sohila ota-onalarga o’zini tanishtirib so’ngra bolalar bilan ham tanishib oldi. Shundan so’ng ota-onalar sinfdan chiqib ketishdi. Shu kuni 20 nafar bola kelgan edi.Sohila shu kuni o’quvchilar bilan til topishib ularda o’qishga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish maqsadida turli xil o’yinlar o’tkazdi.Shu tarzda 2 hafta davomida dars berib yurdi.Bolalar bir-birlari bilan tanishib , chiqishib olgach umuman darsga quloq solmay qo’yishdi.Sohila darsda bolalarni tinchlantirolmay qoldi. Bolalar darsda bir-biri bilan urishib ketadi , biri yig’lab uyiga jo’navoradi qolganlari esa bir joyda o’tirolmaydi.Bu vaziyat Sohilaga yomon ta’sir qildi va xatto o’qituvchilikdan voz kechmoqchi ham bo’ldi. Yuqoridagi vaziyatda yosh o’qituvchiga qanday qilib bu vaziyatdan chiqib ketishiga yordam bersa bo’ladi?
Demak, Boshlang`ich sinflarda savod o`rgatish davrida o`quvchilar bilan ishlash,ularni yozuvga o`rgatish va nutqi ustida ishlash murakkab jarayon bo`lib u o`qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |