” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar



Download 4,88 Mb.
bet23/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so’z bo’lib, “to’g’ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq bo’lib, to’g’ri yozish haqidagi qoidalar yig’indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. SHu davrdanoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish. Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgatadi.
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi.
Alifbegacha va alifbe davrlarida yozuv darslarini tashkil etish.
O`quvchilar alifbega tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo`lishlariga qaramay,o`qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi hamda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo`yishi lozim:
1.Barmoq va qo`l muskullarining harakatini o`stiruvchi gimnastika mashqlarini o`tkazish.
2.Doskaga mashqni yozib ko`rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb qilishni tushuntirish.
3.Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish.
4.Partada to`g`ri o`tirish, ruchkani to`g`ri ushlash, daftarni to`g`ri tutish qoidalarini eslatib o`tish.
5.Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish,o`quvchilarning yozuvini muntazam tekshirib borish.
6.Ishning birinchi qismi tugagandan so`ng o`quvchilarning yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib, yo`l qo`ygan xatolarini topishga o`rgatish.
7.Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o`quvchilardagi kamchilikni yo`qotish.
8.Jismoniy mashq daqiqalarini o`tkazish.
9.Ko`z bilan daftar orasidagi masofani to`g`ri saqlashga o`rgatish.
10.Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish zarur bo`lsa, qo`shimcha ko`rsatmalar berish.
Yuqorida ko`rsatilgan talablarni o`qituvchi doim amalda qo`llashi lozim. Shu bilan bir qatorda, bu davrda o`quvchilarni asta-sekin yozuv daftaridan to`g`ri foydalanishga ham o`rgatib borish zarur. O`qituvchining ko`rsatmasiga binoan, o`quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi zarur. Alifbegacha bo`lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratiladi.
Ko`chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas, balki alohida gruppalar beriladi.
Alifbegacha bo`lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi alifbe davrida darsni yanada samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Alifbe davrida o`quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so`z tuzishga, so`z va gaplarni o`qishga hamda ayrim elementlar, harflar ishtirokida so`z va gaplarni yozishga o`rganadilar. Alifbe davrida bolalarni yozishga o`rgatish juda muhimdir.
Bu davrda o`quvchilarga harf va uning elementlari alifbe kitobida ko`rsatilgan tartibda o`rgatiladi. O`quvchilarga vaqti-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish kerak, chunki ayrim o`quvchilar yozuv bilan mashg`ul bo`lib, bu qoidalarni unutib qo`yadilar.
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo`lishi kerak:
1.Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2.Bo`g`in va so`zlarda harflarni qo`shib yozish.
3.Qo`l harakatini uzmay yozishga o`rgatish.
4.Harflarning qiyaligini va enini to`g`ri saqlashga o`rgatish.
O`qituvchilar ayrim harflarning elementini noto`g`ri yozayotgan o`quvchilarga shu elementning to`g`ri yozilishini ko`rsatib berishi shart.
Alifbe davrida o`quvchilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo`l bilan tahlil qilish mumkin:
a)so`zlarning tarkibini aniqlash;
b)so`zlarning ma’naviy tomonini aniqlash;
c)mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash.
Shuning uchun ham yozuv daftarlaridagi mashqlarning joylanishi alifbe asosida berilgan.
Alifbe davrining oxiriga kelib, ko`pchilik o`quvchilarning yozuv malakalari ancha mustahkamlanadi, lekin bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o`rgatish malakasini takomillashtirib borish zarur.
O`qituvchi chegaralangan 45 minut vaqtni sinf xonasiga kirib o`tkazishda ikki maqsadni, ikki vazifani niyat qiladi:
1) ta`lim ya`ni ona tilidan biror qoidani o`rgatish;
2) o`quvchilarga tarbiyaning biror turini misollar bilan bayon qifib ta`sir etishni ko`zda tutadi.
Savod o`rgatish davrida tovush va harfni o`rgatish ta`limini berishda o`qituvchi o`quvchining oson o`zlashtirishini ta`minlashda turli o`qish uslubidan, mashq bajarish turidan, ko`rgazmalilikdan unumli foydalanadi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish