"Bеshinchisi (оltinchisi, yеttinchisi,...) оrtiqcha"
metodi
O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu mеtоd alоhida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga оshiriladi:
- o’rganilayotgan mavzu mоhiyatini оchib bеrishga хizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
- hоsil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (bеshta, оltita,...) tushunchaning o’rin оlishiga erishish;
- o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini tоpshirish;
- o’quvchilarni o’z хarakatlari mоhiyatini sharhlashga undash, mavzuni mustahkamlash maqsadida, o’quvchilardan tizimda saqlanib qоlgan tushunchalarga ham izоh bеrib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bоg’liqlikni asоslashlarini talab etish lоzim. Mavzu mоhiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bоg’liqlikni ko’rsata olish va asоslay оlish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaхsiy yondashuvlarini asоslay оlish, shuningdеk, tеngdоshlarining fikrlari bilan shaхsiy mulоhazalarini o’zarо taqqоslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi.
NAFAS OLISH MASHQLARI.
Аmaliy mashg`ulotlar uchun
* Nafas burun orqali olinadi, ammo og’iz orqali chiqariladi.
* Nafas olinadi – nafas ichkarida saqlab turiladi –nafas chiqariladi.
* Nafas yaxlit olinadi- chiqarishda bo’lib-bo’lib chiqariladi.
* Nafas olinadi – nafas chiqarilayotganda shamni o’chirishdagi holat amalga
oshiriladi.
* Nafas olinadi - ko’pgina sham birdaninga o’chiriladi.
* Nafas olinadi – chiqarishda sonlarni sanaymiz: 1,2,3 16, o’n olti deb kim
aytdi, o’n olti deb men aytdim: 1,2,3, 4 (nafas yetguncha sanaladi)....
Nafas olinadi – nafas chiqarilayotganda barcha unli tovushlar bitta so’z singari
talaffuz qilinadi: AOO’UYEI
endi o’sha so’zni bitta unligi (navbati bilan) urg’u qo’ygan holda o’qiymiz;
ularni istalgan undosh bovush bilan birga o’qiymiz;
Nafas olinadi – ketma-ket kelgan undoshlar bitta so’z sifatida talaffuz
qilinadi BVGDJZYKLMNPRSTF.....
( nafas yetguncha)
-ularga birorta unlini qo’shib talaffuz qilinadi;
-tegishli bo’g’inga urg’u qo’yib o’qiladi.
Ot tuyog’i to’qqillar: taq-tuq-taq-tuq.
Bobom boshi lo’qillar: lo’q-lo’q-lo’q-lo’q.
Qor tinmasdan yog’adi: gup-gup-gup-gup
Ilon qo’shiq aytadi: vish-vish-vish-vish-sh
Ari uchib o’tadi: viz-viz-viz-viz-z.
Devordan to’pqytadi: to’p- to’p- to’p- to’p.
Shamol eshik qoqadi: g’uv- g’uv- g’uv- g’uvv.
2. Alohida nutq tovushlari: unli va undoshlarninghosil bo’lish jarayoni (artikulyatsiyasi) mashq qilinadi shu tovushlar aytiladi, qo’shiq qilib kuylanadi.
a) Unli tovushlarni ketma-kethamda tanlab-tanlab talaffuz qiling:
I E O A U O’
B) unli tovushlarni turli birikmalarda o’qing:
A-E, A-I, A-O, A-U, A-O’
I-E, I-A, I-O, I-U, I-O’
Barcha tovushlarni aniq, baland, artikulyatsiya qoidalariga rioya rioya etgan holda o’qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |