” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Husnixatga o`rgatishning vazifalari



Download 4,88 Mb.
bet30/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

Husnixatga o`rgatishning vazifalari.
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;

  • o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;

  • boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga o’rgatish;

  • boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish.

  • Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi.

Ikkinchidan dasxatga pala-partish va bee’tibor munosabatda bo’lish o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z xato kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan dasxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Husnixatga o`rgatishning ahamiyati.
Husnixat va uni o`qitish metodikasi fani amaliy fan, chunki u o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash, o`stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Husnixat darslari birinchi sinfda savod o`rgatish davri tugagandan so`ng, 3-chorakdan boshlab alohida olib boriladi. Ammo dastlabki husnixat malakalari o`quvchilar maktabga qadam qo`ygandan boshlab amalga oshiriladi, ya’ni yozuv darslarida husnixat malakalari o`stiriladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning asosiy vazifasi ularga husnixat yuzasidan amaliy bilimlar berish, tez, to`g`ri va chiroyli yozuvga o`rgatishdir. Husnixat va uni o`qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari darajasini o`rganadi, o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini aniqlaydi, grafik xatolarni tekshiradi va ularning oldini olish, yo`qotish usullarini topadi.
Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni o`qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi. Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining o`sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog`ozlardan) hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil konspektlar, ish qog`ozlari, hisobotlar keng o`rin olmoqda. Bularning hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi. Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o`qitish orqali olib boriladi. Umumiy ta’lim maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlarida ko`rsatilganidek, yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli yozishni mukammal o`rgatish talab etiladi.
Ammo qisqa muddat ichida o`quvchilarda chiroyli, tez va toza yozish malakalarini o`stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi.
Chiroyli yozuvga o`rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo`ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi.
· Yozuv vaqtida partada to`g`ri o`tirish.

  • Ruchkadan to`g`ri foydalanish.

  • Daftardan to`g`ri foydalanish.

  • Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish.

  • Yozma shakldagi harflar yordamida bo`g`in, so`z va gap tuzishga o`rgatish.

Yuqorida ko`rsatilgan malakalar shakllangandan so`ng husnixat darslarida ular mustahkamlanadi.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to`g`ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda (65◦) yozishga, so`zlarni qatorlarga to`g`ri joylashtirishga o`rgatiladi. Daftar chiziqlarini birin-ketin almashuvi davomida, harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to`g`ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to`g`ri chamalab yozishga o`rgatish juda mumkindir. Shuningdek, husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o`rgatishda o`quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuvning tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o`xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish lozim.
Birinchi va ikkinchi sinflarda chiroyli yozuvga o`rgatishda chiziqli daftarlardan to`g`ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur.
Birinchi sinfda kichik harflarning balandligi va qiyaligi chiziqlar yordamida chegaralangan bo`lsa ham, bosh harflarni yozishda o`quvchilar xatoga yo`l qo`yishlari mumkin.
Bir chiziqli daftarga yozishga o`tilganda esa o`quvchilar oldiga qator vazifalar
qo`yiladi, endi ulardan harflarning orasidagi masofalarni chamalab yozishlari talab etiladi. Chiroyli yozuvga o`rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o`ziga xos qoidalarni ham o`z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko`rgazmalilik, yosh va o`ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko`rgazmalilik tamoiyli chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol o`ynaydi.
Har bir o`quvchi u yoki bu harfni tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog`lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini. qiyaligini, ruchkani ushlash va to`g`ri ko`chirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.
O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati bor. Chiroyli yozuv o`quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirish, yuklatilgan vazifalarni toza, aniq madaniyat bilan bajarishda o`rganish, estetik didni tarbiyalash, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi, xunuk xat o`quvchida yozuvga nisbatan mas’uliyatsizlik hissini uyg`otishi, o`ylamay yozishga, imlo xatolariga befarq bo`lishga olib kelishi, chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyatidir, hujjatlar o`qib bo`lmaydigan dastxat bilan yozilsa, o`quvchining ko`p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib kelishi mumkin. Qadimda kishilarning o`z fikrlarini boshqalarga yetkazish istagini his qilganliklari, ularni turli predmetlarga: toshga, metall, tuproqqa, teri, daraxt po`stloqlariga yozganlar. Ruchka, qalam, pat va boshqalardan yozuv quroli sifatida foydalanganlar. O`quvchining o`qiy olishi uchun yozuvning aniq, ravshan bo`lishiga intilgan chanqoq, ziyrak bola bo`lishi kerak. O`ta qiyin va murakkab jarayonlardan biri bu yozuvga o`rgatishdir. Mexanik mashqlar va nusxa ko`chirish mashqlari yozuvga o`rgatishda asosiy metod hisoblanadi.
Demak,o`quvchilarni husnixatga o`rgatish ,ularning imlo va punktuatsion xatolarining oldini olishga ham yordam beradi.O`z ustida mustaqil ishlashga ,savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish