” Kafedrasi 5120300 – Tarix ( mamlakatlar va mintaqalar boʼyicha ) yoʼnalishi



Download 59,1 Kb.
bet4/7
Sana25.03.2022
Hajmi59,1 Kb.
#508867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish SHABLON

1.3 SAYYID AMIR KULOL
Sayyid Amir Kulol 1305 yilda Buxoro shahriga yaqin Suxor qishlog’ida tug’ilgan. Xojagon-Naqshbandiya tariqatining bu buyuk siymosi kulolchilik bilan shug’ullangan. Uning ma’rakalarda kurash tushish odati ham bo’lgan. Shunday ma’rakalarning birida tariqat peshvosi bo’lmish Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ishtirok etib, Sayyid Amir Kulolni tanimagan holda:»Bu ma’rakada bir kishi borkim, kishilar aning suhbatidan bahramand bo’lib, kamolga yetgaylar. Biz shu mardni kutib turibmiz, zero, uning parvozi g’oyat baland, maqomi ham oliydir», degan. Shu asnoda Amir Kulol hazratlarining nazari banogoh Boboyi Samosiyga tushib, qalbi Hazrati Bobo mehriga band bo’lgan va o’sha kundan e’tiboran uning itoatiga kirgan. Yana naql etadilarki, zamonasining ulug’laridan bo’lgan Hazrat Sayyid Ato bilan Hazrat Amir Kulol otalari suhbatdosh bo’lib, Sayyid Ato do’stiga tez orada buyuk farzand ko’rishini oldindan bashorat qilgan ekan.
Boboyi Samosiy iotatiga kirgan Amir Kulol ilohiyot, fikh, botiniy va zohiriy ilmlarni mukammal o’rganib, yigirma yil ustoz mulozamatida bo’ladi. Keyinchalik Nasaf — Qarshi shahriga borib, o’z honaqosini tiklaydi. Umrining oxirlarida esa Buxoroga qaytib, ona qishlog’i Suxorda ham xonaqoh quradi.
Rivoyat qilishlaricha, Sayyid Amir Kulolning 114 xalifasi bo’lgan. Uning to’rt o’g’li — Amir Burhon, Amir Hamza, Amir Shoh, Amir Umar ham zamonasining yetuk va komil kishilardan ekan. Amir Kulol tariqat amaliga ko’ra, o’ziga to’rt xalifa tayyorlagan va farzandlarining tarbiyasini ularga topshirgan. «Maqomoti Mir Kulol» asarida bunday yozilgan: «(Amir Kulolning) to’rt xalifasi — xulafoi arba’ni mashhur edi. Amir Kulol hazratlari katta o’g’illari Amir Burhonni shu to’rt xalifalaridan biri Hazrat Bahouddinga, ikkinchi o’g’illari Amir Shohni Hazrat Shayx Yodgorga, uchinchi o’g’illari Amir Hamzani Mavlono Orif Deggaroniyga va to’rtinchi o’g’illari Amir Umarni Mavlono Jamoliddin Dehai Osiyoga topshirdilar. Amir Kulol mudom, «Bu mening burhonim» (hujjatim)dur!» deb fahrlanib yuradigan to’ng’ich o’g’lini buyuk shogirdi Xoja Bahouddin Naqshbandga topshirar ekan, «Ustoz yuzini (ya’ni kamolini) oynada emas, balkim shogirdida ko’rsin!» deb xitob qilgan.
Amir Temur Amir Kulol bilan, taxminan, 1363 yilda tanishadi. Mo’g’uliston hukmdori Tug’luq Temurxonning Movarounnahrga qilgan ikkinchi yurishi paytida uning xizmatiga kirgan Amir Temur xonning marhamati va uzoqning ko’zlab yuritgan siyosati tufayli dastlab vazirlik mansabini egallaydi. Ammo bosqinchilarning tub yerlik aholiga ko’rsatayotgan jabr-zulmini ko’rgan Temurbek qalbida norozilik paydo bo’ladi. Xon bundan xabar topib, uni o’limga buyuradi, ammo yosh sarkarda dushman ta’qibidan yashirinadi. U atrofiga odam to’plab, bosqinchiga qarshi kurashish rejasini tuza boshlaydi. Bu haqda «Tuzuklar» da bunday deyilgan: «…Jangi jadal bayrog’ini ko’tarib, (ko’chmanchi) o’zbeklar ustiga lashkar tortishga qaror qildim va mazlumlar haqini zolimlardan olmoqchi bo’ldim. Lekin bir necha razil kishilar bu sirni fosh qilib qo’ydilar. (Shunday keyin) o’ylanib qoldim, mabodo Samarqand shahri ichida o’zbeklarga qarshi urush boshlasam-u, biroq Movarounnahr ahli (jang qilishdan) bosh tortsa-chi? Unda nima bo’ladi? Shunday bo’lgach, yaxshisi, shahardan chiqib, Samarqand tog’laridan panoh topay, toki menga qo’shilishni istaganlar huzurimga kelsin.
Shunda men katta sipoh to’plab, o’zbeklarga qarshi jangi jadalni boshlagayman», deb qaror qildim. Samarqanddan chiqqanimda oltmish otliqdan boshqa bir kishi ham menga ergashmadi. Shundan bildimki, o’ylagan kengashim xato bo’lmagan ekan (Bu parchaga izoh: bu o’rinda o’zbeklar deganda Amir Temur Oltin O’rdaga tobe ko’chmanchi o’zbeklarni nazarda tutmoqda. O’sha paytda qudratli yagona davlat qurishga va Turklik maqomining yuksaltirishga bel bog’lagan Amir Temur turk qavmi bo’lmish o’zbeklarni dushman deb emas, raqib sifatida ko’rgan. Ularni tobe etish bilan o’z davlati tarkibida bo’lishini istagan2.).
O’sha tog’da bir haftacha kutib yotdim, loaqal bir kishi ham bizga kelib qo’shilmadi… Otlanib, Amir Kulolning huzurlariga bordim. Ul zot menga Xorazm safarini maslahat berdilar. Agar o’zbeklar ustidan g’alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ul hazratga nazr qilishga qaror qildim. Ular menga zafar tilab fotiha o’qigach, ketishimga ruxsat berdilar. Sayyid Amir Kulolning xizmatlaridan chiqqanimda menga hammasi bo’lib oltmish otliq hamrohlik qilar edi.
«Maqomoti Mir Kulol» asarida bu uchrashuv quyidagicha tasvirlanadi:»Naql qilurlarki, bir kun Hazrat Amir (Kulol) juma nomozini Buxoro shahridagi masjidda o’qib, uylari tomon yo’l oldilar. Shahardagi Gulobod va Fathobod mavzelari orasidagi sabzazorda bir guruh kishilar o’tirib, darveshlar maqomoti va avliyolar karomati haqida suhbatlashar edi. Bu jamoa orasida Amir Temur ham hozir edi. Uning nigohi darveshlarga tushib, «Bular kim?» deb so’rabdi. Oradan bir odam: «O’tib ketayotgan zoti sharif Hazrat Amir Kulol, atrofdagilar esa hazratning muridlaridir», deb javob beribdi. Amir Temur shu zumdayoq bodi sarsari (shamol) yanglig’ yelib, Hazrat Amir Kulol ro’baro’siga kelibdi va niyozmandlik bilan bunda debdi: «Ey din buzrugvori va ey yaqin ahlining humoyi, Sizning karamingizdan umidvor bo’lib iltimos qilaman, menga bir xizmat buyursangiz, toki darveshlar xotirin xushnud etay». Hazrat Amir Kulol:»Darveshlar suxani maxfiydur. Shuni bilingki, menga o’z-o’zimcha birovga xizmat buyurish huquqi berilmagan. Azizlar ruhoniyatidan ishorat bo’lsagina topshiriq berilur. Jaddimiz ham o’z-o’zicha suxan demagan. Siz intizor bo’lib kuting, zero, yo’lingizda ulug’ ravshanlik ko’ryapman. Sizga albatta yaxshilik xabari bordir», deb edilar.
Hazrat Amir Kulol uylariga kelib, xilvatxonaga kiribdi va xufton namozida mashoyixlar ruhoniyatidan Olloh taolo amri ila xabar kelibdi. Amir Kulol Shayx Mansur ismli darveshga bunday deb buyuribdilar: «Tezda borib Amir Temurga ayt, agar o’tirgan bo’lsa, o’rnidan tursin, agar turgan bo’lsa, qaytib o’tirmasin! Zero, pokiza mashoyixlar arvohi mana bunday ishorat etadilar: butun mamlakat boshdan-oyoq Amir Temur va uning farzandlariga berilur. Xorazm tasarrufiga kirganidan keyin Samarqandga borsin».
Shayx Mansur intizorlik bilan kutib o’tirgan Amir Temurga xabarni yetkazibdi. Ul zot darhol yo’lga otlanibdilar. Andak fursat o’tib, (Tug’luq Temurxon yuborgan) bir guruh kishilar Amir Temur chodirini o’rab olibdi, lekin u go’shadan hech zotni topa olmabdi.
Olloh taolo marhamati ila Amir Temur Xorazmni tasarrufiga kiritib, g’olibu muzaffar bo’lib, Samarqandga kelibdi va bu sharif kentda sokin bo’libdi. Kun sayin, soat sayin buyuk zotning ishlari rivoj topa boshlabdi.
Muddat o’tib, mamlakat toju taxtiga erishgan Amir Temur odab yuborib, Amir Kulolni Samarqandga chorlaydi. Umrining so’nggi damlarini yashayotganidan yaxshi xabardor bo’lgan keksa pir choparga uzrini aytib, «Biz bu yerda duo bilan mashg’ulmiz va boshqa joyga bormoqqa ijozat yo’q», deydi. Keyin esa kenja o’g’li Amir Umarni qoshlariga chorlab, uni Sohibqiron dargohiga yuboradi. Hazrat yo’lga otlangan o’g’liga bunday deb nasihat qiladi:»Ey farzand, Amir Temurga aytingkim, agar Olloh taolo dargohidan umidvor bo’lsangiz, taqvo va adolatni ro’zg’oringizga shior aylang! Ogoh bo’ling, o’g’lim, Amir Temur sizga ko’p nazru niyoz bermoqchi bo’ladi. Zinhor ularni olmang. Mabodo olsangiz, qaytib huzurimga oyoq bosmang. Nazru niyoz olmoq jaddingiz ravishlariga ziddur. Zero, darveshlar mudom mo»minlar duosi birla mashg’ul bo’lishlari kerak. Agar dunyoga mayl ko’rsatsalar, agar duolari hijob (parda) ichra qolur, ijobat bo’lmas».
Amir Temur piri murshidining farzandini izzat-ikrom bilan kutib olib, unga nazru niyozlar qilmoqchi bo’ladi. Ammo Amir Umar hech vaqo olmaydi. Nihoyat, Amir Temur bunday deb so’radilar: «Hazratga nimani sovg’a qilib yuborsakki, ul zoti sharifga munosib bo’lsin va bizni ul zoti boborakotga yaqin etsin». Bu gaplarni eshitib, Amir Umar: «Padari buzrukvorim dedilarki, Amir Temur ahulloh (Ollohga yaqin kishilar) dilidan joy olmoqchi bo’lsalar taqvo va adolatni shior etsin, Olloh taologa yaqinlashishning yo’li shudir», deb javob berdilar.
Amir Umarning keyingi taqdiri haqida «Samariya» asari bunday shahodat beradi: «Sayyid Umar — Bahouddin Naqshbandning piri bo’lgan Hazrat Sayyid Amir Kulolning kenja o’g’lidir. Derlarkim, u Amir Temur zamonida Samarqandda muhtasiblik mansabida edi. Hijriy 803, melodiy 1400 yilda o’ldi… Fayzli mozori shaharning janubida, shaharga tutashgan Qavola mahallasidagi ariqning yoqasida, chinor ostidadir. Keyin u kishining muborak jasadini Amir Temur dahmasiga keltirganlar. Dahmaning qibla tarafidagi qabr u kishining ekanligi tayin qilingandir. Ammo Qavola mavzesidagi chinor ostini u kishining qadamjoyi deb e’tiqod qiladilar».
«Shayxul shuyux», «Sultonul tariqa», «Burhonul haqiqat», «Hazrat borif’at», «Sharaful mustaffvil», «Zaynul vorisun val muhaqqiqin» kabi faxrli unvonlar egasi Sayyid Amir Kulol hijriy 772 yil jumadil avval oyining sakkizinchi kuni, payshanba ertalab, melodiy 1370 yilda olamdan o’tadilar. Hazratning vasiyatiga asosan, Mavlono Orif Deggaroniy bilan Xoja Bahouddin Naqshband ul zoti sharifning muborak jasadlarini tuproqqa qo’yadilar.
Juda uzoq yillar Sayid Amir Kulol bilan Shamsiddin Kulolni bir shaxs degan noto’g’ri ma’lumot amalda bo’lganini aytib o’tish kerak. Xususan, Vasiliy Bartol`d Sayyid Amir Kulol va Shamsiddin Kulolni bir shaxs deb xato qilgan. Vadim Masson va Galina Pugachenkova kabi olimlar ham, hatto taniqli olim, akademik Bo’riboy Ahmedov ham «Temur tuzuklari»ning ilk nashrida bu xato ma’lumotni takrorlagan. O’shanda men adabiyot gazetasida e’lon qilingan maqolamda bu xatolikka diqqatni qaratgan edim.

Download 59,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish