Ҳ и с о б о т талаба (Ф. И. Ш.) Исмойлжонова мафтуна



Download 0,51 Mb.
bet5/6
Sana22.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#95552
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ИСМОЙЛЖОНОВА МАФТУНА

Деразалар хоналарга ёруғлик, қуёш нури тушиши ҳамда хоналарни шамоллатиш учун хизмат қилади. Улар дераза ўрни, дераза кесакиси ва дераза тавақаларидан иборат бўлади.
Эшиклар хоналарни бир-бири билан боғлайди, шунингдек бинога кириш ва ундан чиқиш йўли ҳисобланади. Улар девордаги ёки парда девордаги эшик ўрни, эшик қутиси (кесакиси) ва тавақасидан иборат бўлади. Турар-жой биноларида булардан ташқари бошқа констурктив элементлар, яъни дахлиз, айвон, эшик усти соябони ва бошқалар ҳам бўлиши мумкин.
Эксплуатация ва санитария-гигиена шартларини таъминлаш учун бинолар, санитария-техника ва инженерлик қурилмалари билан жиҳозланади. Буларга иситиш қурилмалари, иссиқ ва совуқ сув таъминоти, вентиляция, канализация, аҳлатни чиқариш, газлаштириш, энергия билан таъминлаш, телефонлаштириш ва бошқалар киради.


2-расм. Юк кўтарувчи ғиштли деворлардан иборат биноларнинг асосий конструктив элементлари: 1- пойдевор таги; 2 — ертўла қаватлараро ёпмаси; 3 — пойдеворлар; 4 — шип; 5 — пастки қаватлараро ёпма; 6 — подполье; 7 — пардадевор; 8хусусий масса, одамлар ва асбоб-ускуналар дан тушаётган юк; 9 — қаватлараро ёпма; 10 — бўйлама ички девор; 11 — девор; 12 — дераза проеми; 13 — бўғот (карниз); 14 — чордоқ қаватлараро ёпмаси; 15 — чордоқ; 16 — стропила тўсини; 17 — том қопламаси; 18 — дудбурон қувур; 19 — зонт; 20 — конёк прогони; 21 — подкос; 22 — устунча (стойка); 23 — конек; 24 —том дарчаси; 25 — қор; 26 — бўғот; 27 — мауэрлат; 18 — дераза переплети; 29 — эшик; 30 — криль­ца; 31 — пойпеш (цоколь); 32 — ертўла;
33 — грунт намлиги.
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining topshirig’iga asosan “Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining loyihasi” mavzusidagi malakaviy amaliyot ishini bajarish talab etiladi.
Binolarni loyxalashda asosiy ma’lumotlar sifatida qurilish olib boriladigan manzilning tabiy iqlim sharoitini xisobga olish zarur bo’lib, bularga quydagilarni misol qilish mumkin. Havonining harorati, Shamol esishining asosiy yo’nalishi va maksimal bosimi, qorning qalin tushishi, zilzila paytida yer qimirlash darajasini o’zgarishi, bino poydevori asosini tuproq sharoitini o’zgarib turishi extimolligi va boshqa ko’rsatkichlarni keltirish mumkin.
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining loyihasini bajarishda Farg’ona tabiy iqlim sharoitini xisobga olindi.Unga asosan:
Qurillish rayoni Farg’ona shahri, 8 ballik yer silkinishi zonasiga joylashgan. Qurilish uchastkasining asosiy geologik va gidrogeologik xarakteristikalari quyidagi k’orsatkichlar bilan ifodalanadi:

  • Yer relefi tekis, baland va past joylar sath belgilari farqi 15 sm dan ortmaydi;

  • Bino poydevorining asosi bo’lib shag’al gruntlar xizmat qiladi. Ishchi qatlamning me’yoriy qarshiligi R0 = 340 KПa;

  • Nisbiy namligi: Eng sovuq oyda - 60 %;

Eng issiq oyda - 30 %;

  • Yillik yog’ingarchilik miqdori - 193 mm;

  • Havo harorati o’rtacha yillik – 14.5 °C;

  • Qish fasli uchun eng sovuqsutkalarning o’rtacha harorati - 30 °C, eng sovuq 5 kunlikning o’rtacha harorati 19 °C;

  • Yoz fasli uchun eng issiq harorat - 41 °C;

  • Xisob uchun harorat - 15 °C

  • Yil davomida isitish muddati - 134 kun.

  • Qor yukining me’yoriy qiymati – 500 H/M2;

  • Shamol yukining me’yoriy qiymati – 380 H/M2;

  • Shamol yo’nalishi: Qishda janubiy sharqdan, yozda esa shimoliy g’arb, shimol va janubiy sharqdan.

Muxandislik-geologik izlanishlar natijasiga ko’ra qurilish maydonining poydevor osti gruntlari strukturasi quyidagi qatlamlardan tashkil topgan: unumdor qatlam-0,2-0,5m; suglinoq 0,5-3,5m va shag’al 3,5-8,0 metrni gruntlar mustahkamligi yetarli va cho’kmaydigan turga kiradi.

  • Loyihalanayotgan binoning sinfi – II;

  • Binoning olovbardoshlilik darajasi – II;

  • Xizmat muddati bo’yicha binoning darajasi – II;

- Yer osti suvlarining maksimal ko’tarilish belgisi yer sathidan 5.6 m ni tashkil qiladi. Yerning muzlash chuqurligi – 0.7 m.
Binodagi funksional jarayon
Qurilayotgan Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosidagi funksional jarayonga quyidagilar kiradi.
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining asosiy vazifasi axoli istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan.
O’zbekiston Respublikasini Prizidenti Islom Abdug’anievich Karimovning qaroriga binoan axolini turar - joy binolari bilan ta’minlash va yangi turar joy binolarni qurish farmoniga binoan qurilmoqda. Binoda 2 va 3 xonali xonadonlar o’rin olgan.
Binoning xajviy –rejaviy yechimlari.
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyxalash talablari asosida olib borilgan bo’lib, qurilish qoida va mehyorlariga to’liq javob beradi.
Bino rejada to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, uning gabarit o’lchamlari 31.6x12.2 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-7) o’qlar orasida 31.2 metr bo’lsa, uning eni (A-E) o’qlar orasida 11.6 metrni tashkil etadi, bino to’rt qavatli bo’lib, qavatlari balandligi 2.7 metrga teng bo’lib, umumiy balandligi 15.2 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi tomonidagi eshiklar orqali amalga oshiriladi. Binoning barcha qavatlari o’xshash bo’lib ularda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: mexmonxona, oshxona yotoqxona, xojatxona, dush, yo’laklar va verandalar.
Binoning asosiy yuk ko’taruvchi devorlari ko’ndalang yo’nalishda joylashtirilgan, bo’ylama devorlar A-E o’qlarda, ko’ndalang devorlar esa 1-7 o’qlarda joylashgan.
Binoning qavatlarini uzaro bog’lash (B-V) va (2-3), (B-V) va (5-6), o’qlari orasida joylashgan zina kataklari orqali amalga oshiriladi.
Binoga kirish eshiklari ustida birinchi qavat balandligida maxsus old yopmalar nazarda tutilgan bo’lib, ular qalinligi 200 smli monolit temirbetondan quriladi, bundan tashqari kirish eshiklari oldiga monolit betondan zinalar va supalar qurish nazarda tutilgan.
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining texnik xarakteriskalari quydagicha.
1.Binoning qurilish xajmi - 5750.16 m3
2.Binoning qurilish maydoni – 469.45 m2
3.Binoning ishchi maydoni –872.0 m2
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining hajmiy - rejaviy yechimlarining texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlari quydagicha:

  1. Binoning hajmidan samarali foydalanish koeffitsienti.

K1 = Binoning qurilish xajmi / Binoning ishchi maydoni
= 5750.16/872.0 = 6,6

  1. Binoni rejalashtirishning samaradarlik koeffitsienti

K2 = Binoning ishchi maydoni / Binoning qurilish maydoni =
872.0/469.45=1.86
Binoning tuzilmaviy yechimlari
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosi g’ishtli elastik variantda qabul qilingan bo’lib, uning tuzilmaviy yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy tuzilmalarning markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyida keltiriladi.
Poydevorlar.
Pishiq g’ishtdan terilgan ichki va tashqi yuk ko’taruvchi va pardadevorlar ostiga yig’ma poydevor bloklari qabul qilingan bo’lib, ularning o’lchamlari yuk ko’taruvchi devorlar uchun: poydevor eni 0,4 metr, yotish chuqurligi 1 – qavat polidan 2.5 metr, yer sathidan esa 1.35 m da joylashgan. bo’lib, sinfi B12,5 bo’lgan og’ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga eni 1.0 m va balandligi 0.3m bo’lgan kuyma poydevor tagliklari to’shalgan. Tagliklar ostiga qalinligi 120 mm bo’lgan shag’al to’shama yotqizilgan. Poydevorlarga balandligi buyicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi buyicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.
Devorlar
Binoning asosiy yuk ko’taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g’ishtli g’isht devorlardan tiklangan. Yuk kutaruvchi devorlar markasi M100 bo’lgan pishiq g’ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Devorlar ichiga quyma temirbeton o’zaklar quyib chiqilgan. Binoni yuk kutaruvchi devorlarini burchaklari, bo’ylama va kundalang devorlar kesishgan joylari armatura to’rlari yordamida zo’riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton o’zak konstruksiya bilan o’ralib chiqilgan. Yuk ko’taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi buyicha har 5-7 katorda diametri 3-5mm-li armaturali to’rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza proemlari ustiga monolit temirbetondan sarbastalar (peremichka) qo’yilgan. Binoning perimetri bo’yicha va ichki yuk ko’taruvchi devorlarini qo’shgan holda, sinfi V12.5-betondan barcha qavatlar ustiga devor qalinligida balandligi 22 sm li monolit temirbeton antiseysmik belbog’lar barpo etilgan, antiseysmik belbog’lar QMQ -3-02-03.-96 “Zilzilaviy tumanlarda qurilish” qoidalari asosida armaturalar bilan armaturalangan. Binoning kirish qismlarida balandligi 0.3 metrli monolit betondan zinalar qurilgan va ustiga kozeroklar barpo etilgan.
Pardadevorlar
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining pardadevorlari qalinligi 120 mm-li markasi M50 bo’lgan pishiq g’ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi buyicha har 5-7 katorda diametri 3-5mm-li armaturali to’rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza proyomlari ustiga monolit temirbetondan sarbastalar (peremichka) qo’yilgan.
Peremichkalar
Bino peremichkalari GOST 948-76 buyicha 4ta tip o’lchamlar bo’yicha quyma temirbetondan o’lchamlari eshiklar o’lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab balandligi 250 mm-li qilib qabul qilingan bo’lib, ularni g’ishtli devorlarni tiklash paytida quyib borilgan.
Zinalar
Binoning (B-V) va (2-3), (B-V) va (5-6), (B-V) va (9-10) o’qlari orasida yig’ma temirbeton zinalar joylashgan bo’lib, eni 1.2m va balandligi 3.0 m bo’lgan qavatlarga mo’ljallangan. Zinapoya marshining qiyalik burchagi α ≈ 30o ; pog’onalarning o’lchamlari 15x30sm; zinapoya marshi В25 sinfli og’ir betondan tayyorlanadi
Qavatlararo yopma va yopmalar
Binoning tomyopamalari va orayopmalari 1.142-1 seriyani 11-1 chiqarilishini 2ta tip o’lchamlari bo’yicha o’lchamlari 3.0x1.2 va 6.3x1.2 metrli oldindan zo’riqtirilgan yig’ma ko’p bo’shliqli oldindan zo’riqtirilgan temirbeton plitalar qabul qilingan bo’lib, ularning balandligi 22sm-ga teng.
Yopmalardan chiqarilgan alohida sterjenlar seysmikbelbog’ sinchiga, yopma montaj qilib bo’lingandan so’ng kiritib qaytariladi va choklari mayda donali sinfi B – 10 beton bilan to’ldirib yuboriladi. Plitalar oldindan kuchaytirilgan bo’ylama armatura va sinfi B – 20 bo’lgan betondan tayyorlangan. Plitalarning doiraviy bo’shlig’ining diametri Ø 159 mm gat eng.
Yopma plitalari sathida balandligi 20 sm bo’lgan antiseysmik belbog’lar quyma betondan quyiladi. Seysmik belbog’lar Ø 12 A – I bo’ylama armaturalar va qadami 300 mm bo’lgan Ø 6 A – I ko’ndalang armaturalar – xomutlar bilan jihozlanadi.
Tom parapeti
Binoning to’rtinchi qavatidagi antiseysmik belbog’ ustidan bino perimetri buylab qalinligi 1.5 g’ishtli balandligi 0.38 metrgacha bo’lgan parapet devor tiklangan. Parapet devorni markasi M100 bo’lgan pishiq g’ishtni markasi M25 murakkab qorishma yordamida tiklangan.
Karniz konstruksiyalari
Binoning ikki yon tomoni buylab tomdan tushayotgan suvlarni oqizish uchun stropiladanchiqarilgan karnizlardan foydalanilgan.
Tom tuzilmalari
Binoning tomi chordoqli bo’lib, quyidagi qavatlardan tashkil topgan: tom yopmalari ustki qismi chang–to’zonlardan tozalangandan keyin bir qavat ruberoidni qaynoq bitum yordamida yopishtirib pardan himoya qatlami tiklanadi. Pardan himoya qatlami ustidan yengil beton plitalardan issiqlik saqlovchi (qalinligi 10 sm ) qatlam xosil qilinadi. Issiqlik saqlovchi qatlam ustidan qalinligi 3sm-li qo’m- sementli korishmadan tekislovchi qatlam xosil qilinadi. Asosiy suvdan himoya qatlam metal cherepitsalardan bo’lib, u ustun, to’sin, stropilalar ustiga o’rnatilgan reykalarga maxkamlangan. Sropila to’sinlari bino chetidagi mauerlatlarga, o’rtada esa maxsus o’rnatilgan, kesimining o’lchamlari 180x50 mm li yog’och to’sinlarga tayanadi. Tomdan tushayotgan suvni oqizish uchun ruhlangan po’latdan qilingan tarnovlardan foydalaniladi. Tomning metal cherepitsalardan tushadigan yomg’ir va qor suvlarni yig’ib maxsus varonkalar yordamida truboprovod orqali bino otmoskasiga chiqaruvchi konstruktsiya nazarda tutilgan. Suv ikki tomonga oqiziladi va ikki tarafdan oqib tushadi.
Derazalar
Binoni barcha qavatlarida old va orqa tomoni buyicha va ichki qismida o’lchamlari besh xildagi Akfa deraza romlari qabul qilingan. Deraza bloklari individualniy qabul qilingan va ikki qavat oynali, Akfa alyumin prifilidan. Deraza oynasi qalinligi 4 mm. Binoda o’rnatiluvchi barcha deraza va eshiklar zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Eshiklar
Binoning tashqi kirish eshiklari birinchi qavatning asosiy kirish tomonida joylashgan bo’lib, ikki tabaqali, maxsus buyurtmalar asosida akfa eshik turlari bo’yicha qabul qilingan. Ichki eshiklar bir va ikki tabaqali qilib qabul qilingan. Eshiklarni eni 1,0 metrgacha bo’lsa bir tabaqali, undan keng eshiklar ikki tabaqali qilib olingan. Binoning ichki eshiklari 3 xil o’lchamda maxsus buyurtmalar asosida akfa eshiklar qabul qilingan.
Pollar
Farg’ona shahridagi A. Navoiy ko’chasida quriladigan 4 qavatli 16 xonadonli turar – joy binosining xonalarining funksional xizmatlariga qarab, binoda quyidagi pol turlari qabul qilingan: taxta, linolium, keramik plitkali, mozaikali va betonli.
Otmostkalar
Bino perimetri bo’yicha kirish qismlaridan tashqari 1.0 m li asfalt otmostka ko’zda tutilgan.
Otmostka zichlangan tuproq ustiga qalinligi 100 – 150 mm li shag’al to’shalib, ustidan 50 mm li asfalt yotqizilib hosil qilingan. Otmostka tashqi tomoni bo’rt tosh bilan chegaralangan.Suv oqishi uchun tashqariga 0.03% qiyalik hosil qilingan.
Kirish zina supachalari
Binoni kirish qismiga pog’onalari va maydonchalari B – 12.5 sinfli betondan va 4 C markali simto’rlardan iborat zinalar ko’zda tutilgan. Binoga kirish eshigi ustiga Ø12 A-III, Ø6 A-III armatura va B-15 sinfli betondan tashkil topgan old yopmalar o’rnatilgan.


  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish