" Haqiqiy baxt iqbol va xotirjamlik!"



Download 17,72 Kb.
Sana30.09.2021
Hajmi17,72 Kb.
#189911
Bog'liq
118jjjjjjjjjjjjj


“ HAQIQIY BAXT IQBOL VA XOTIRJAMLIK!”

(Unining “Oynai jahonda” olib brogan “Bugun olamda nima gap?”, “Dunyo voqealari”, “Dolzarb mavzu”, “Parlament vaqti”, “Qonun va ijro” singari ko’rsatuvlarini katta avlod vakillari yaxshi eslashadi. Ayniqsa, o’tgan asrning 80- yillarida maktab o’quvshilarining “Kim bo’lsam ekan?” mavzusidagi insholarida “Tursun Qoratoyevdek sahrxlovchi bo’laman”, degab jumlalarni tez-tez uchratish mumkun edi. Shu bois bu inson hozirga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi hurmatli ustozlardan biri sanaladi. Tursun aka bilan uchrashib, suxbat yo’rig’ini uning hayot yo’li va hayotiy hayotiy qarashlari tomon burdi).

Yaxshi insonlar bilan suhbatlashish maroqli, ammo ularni ta’riflash oson ish emas. Negaki, biror fazilatini eslasang, ikkinchi, uchunchi, to’rtinchi…xislatlari ham namayon bo’laveradi. Taniqli telejurnalist Tursun Qoratoyev ana shunday insonlardan biri. U ko’p yillar tele-va radio sohasida faoliyat yuritib, anchagina shogirdlar yetishtirgan.

-Insonning qanday odam bo‘lib yetishmoqda eng birinch o‘rinda o‘zi tug‘ilib o‘sgan oila muhitiga bog‘liq.Nima dedingiz?

-Albatta,farzandlar oilada ibratni ota-onadan oladi.Yaxshisini ham yomonini ham.Rahmatli otamning ismlari buluv bo‘lib, ular qishlog‘imizning obro‘li , kayvoni zotlaridan edilar. Avvalgi bir nechta farzandlari nobut bo‘lavergach,qirq yoshlarida tilab olgan farzandi bo‘lganim bois, menga Tursunqul deb ism qo‘yishgan. Bolaligi Chimkent viloyatining so‘lim Sultonrabot qishlog‘ida o‘tgan.Bu tarixiy qishloq o‘tmishda Qo‘qon xonligiga qarashli obod manzillardan biri bo ‘lib ,bir yog ‘ keng dalalar,ikkinchi tomondan esa viqorli tog ‘larga ulanib ketgan.Shu yerda 7 yillik boshlang ‘ich ta’lim tugatdim,so ‘ngra Chimkent shahridagi Mirzo Ulug ‘bek nomli maktabda taxsilni davom ettirdim.

-Jurnalist kasbini tanlashingizga nima sabab bo ‘lgan?

-Kasb tanlashdan avval kitobga qiziqishning paydo bo ‘lishi haqida to ‘xtalsam :ota-onam savodxon bo ‘lishmasa-da mendagi kitobga ,adabiyotga chanqoqlik qanday paydo bo ‘lgan ? Yuqorida,”farzandlar oilada ibratni ota-onadan oladi”, deb aytdik-ku .Bir faylasufning qiziq gapi bor :”Odam bolasi olovdagi qo ‘rg ‘oshinday bo ‘lishi kerak , shunda undan har qanday shakl yasasa bo ‘ladi”.

Chindan ham bolalik davrida insonda istalgan iste’dodni shakllantirish mumkin.Bu albatta, ustozning mahoratiga bog ‘liq. Menimcha ,inson hayotinimg mazmuni ko‘p marta iqror bo ‘ldim. Bolalik davrimda kitob o ‘qishga ishtiyoqim juda kuchli bo ‘lgan.Qishloqdagi bir necha tengdoshlar bilan “Alpomish”,”Kuntug ‘mish”,”Go ‘ro ‘gli”, “Avazxon”kabi dostonlarni navbat bilan o ‘qir edik.Balki shu kitoblarning ta’siridadir , menda “journalist bo ‘laman “,degan qat’iy istak paydo bo ‘lgan.U paytlarda bu kasbni tanlaganlar kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo ‘lishi talab etilardi. Shu bois, o ‘rta maktabdan so ‘ng qurilishda va zavodda ishladim. Bu yillar davomida kirishn imtihonlariga jiddiy tayyorlanish bilan birga , tanlagan kasbimga “boshqa yo ‘l”orqali kirish rejasi tug ‘ildi.Ya’ni yanada chuqurroq,kengroq bilim beradigan falsafa yo ‘nalishi bilan .

Shu tariqa 1964 yili Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Univerisitetining falsafa fakul’tetiga o ‘qishga kirib .1970 yilda uni tamomladim va yo ‘nlanma bo ‘yicha Toshkent politexnika institutiga ishga yuborildim. Bu dargohdagi salkam o ‘n yillik faoliyatim davomida jurnalistika sohasini unutganim yo ‘q.1974 yilda Baxtiyor Asomov(marhum)ning taklifiga ko ‘ra radioga kichik-kichik sharhlarimni ko ‘tarib kelganman.Hech esimdan chiqmaydi :nechadir daqiqalik eshittirish yozib olingan , men esa har kuni kutaman. Nihoyat ,o ‘n kundan so ‘ng efirga berildi .Bu voqea hayot yo ‘limni uzil-kesil belgiladi.

Biroz muddatdan so ‘ng efir vaqtini uzaytirib ,menga haftada ikki marta sharhlovchlik qilish topshirildi.Ikki yil o ‘tgach ,rahbariyat tomonidan bunday xalqaro sharhlarni telebideniyada ham berib boorish topshirig ‘i aytilgan va men bu ishga safarbar etilganman.Dastavval “axborot”ko ‘rsatuvidan so ‘ng bir yarim daqiqa xalqaro mavzuda chiqish qilardim.U paytlarda ko ‘pincha jonli efirga chiqardik .Shunday qilib ,kuchli hayajonni yengib o ‘tdim va 1980 yilda alohida “Xalqaro bo ‘lim “tashkil etilib , unga rahbar etib tayinlandim .Bo ‘lim tomonidan “Bugun olamda nima gap?”,Dunyo voqealari” , “Dolzarb mavzu “ kabi ko ‘rsatuvlarni tayyorlar edik.1986 yilda esa iqtisodiy yo ‘nalishda ham materiallar bera boshladim.

-Tursun aka,bugungi tezkor zamonda hamma narsaga ulgurish juda qiyin . har bir ishni o ‘z vaqtida aniqlikda ado etshingizning o ‘zi yoshlar uchun katta maktab,des a bo ‘ladi. Hamkasbkasblaringizning :”biz soatni Tursun akaga qarab to ‘g ‘rilaymiz”degan hazillari ham bejiz emas…

-Bolalik davrida ,tengdoshlardan olgan kitoblarni o ‘qib bo ‘lgach.uni o ‘z vaqtida qaytarish muhim shart sanalardi. Chunki shundagina yangi kitobni olish mumkin edida.Mana shu muhit meni qat’iy ichki intizomga,vaqtni qadrlashga o ‘rgatgan, deb o ‘ylayman.Radiodagi faoliyatim o ‘sha paytdagi rahbarlardan biri rahmatli Ubay Burxonning nazariga tushdi . U kishi televideniyega ishga tushgach, meni ham chaqirib oldi. O ‘sha paytlarda “oynai jahon “-da xalqaro mavzularga oid bir nechta ko ‘rsatuvlar tayyorlanardi.Bu dargohdagi asosiy talabalardan biri-kuchli intizom edi. Chunki kameralarni ishlatish, efir vaqtiga amal qilish shuni taqozo etadi.

-Hayotiy shoir va printsiplaringiz ham intizom bilan bog ‘liq bo ‘lsa kerak?

-Intizom, va’daga vafo hamda o ‘z vazifasini halol ado etish –insondagi eng oliy fazilatlardan, deb hisoblayman.Xalqaro mavzularda ko ‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash turli-tuman manba lardan va yangiliklardan doimo boxabar bo ‘lishni talab qiladi.Shu sabab tez orada har bir mamlakat bo ‘yicha ma’lumotlar to ‘plami –kartoteka tuzib chiqdim.Ularda davlatning prezidenti kim, yer maydoni, siyosiy tuzumi,aholisi kabi eng muhim ma’lumotlar kiritilgandi. O ‘z ishining ustasi bo ‘lgan halol mutaxassisga hamma joyda va hamisha ehtiyoj bo ‘ladi.

-Ish jarayonida ba’zan noaniqlik yoki xatolar yuz berishi ham mumkin. Tanqidga qanday qaraysiz?

-To ‘g ‘ri, “Ish bor joyda xato ham bo ‘ladi, hech qanday ish qilmagan odamgina xato qilmaydi”,degan ibora bor. Ayniqsa, teleekranda yo ‘l qo ‘yilgan kichik xato ham darhol ko ‘zga tashlanadi.Jurnalistikada “shtamp”degan millat mavjud.Bir qolipga tushib, so ‘z va iborani ikki-uch marta qaytarilsa, so ‘zning ohiri ketadi,muhlisni zeriktirib, e’tiborini chalg ‘itadi.Jurnalist faqat tinimsiz izlanish evaziga obro ‘-e’tibor qozonishi mumkin. Bu borada haligacha men uchun eng jiddiy va xolis tanqidchi – rafiqam Muqaddasxon bo ‘ladilar.Ochig ‘i, agar tayyorlagan ko ‘rsatuvim rafiqamga yoqsagina, xotirjam bo ‘lardim.

-Taqdiri azalga ishonasizmi? Yoki, uni inson o ‘zi yaratadimi?

-Bu savolingizga qadimgi hind hikmatlari bilan javob bersam : ularga ko ‘ra,nodon kishilargina “Hamma narsa taqdirdan”deb qo ‘l qovushtirib turaveradilar. Har qanday taqdirni ham mardona harakat bilan o ‘zgartirib yuborish, yengmoq mumkin. Barcha o ‘ylangan fikr-rejalarni astoydil sa’y-harakat bilan ro ‘yobga chiqarmoq lozim. Zero aslida biz taqdir deb atagan holatlar ko ‘p jihatdan odamlarning ko ‘zga ko ‘rinmas xususiyatlardan nishonadir.Maqsadga erishish uchun esa shunchaki xohishning o ‘zi kifoya emas, qat’iyat, kuch g ‘ayrat ham zarur. Axir oxuning o ‘zi kelib uxlayotgan sherni uyg ‘otib, men o ‘ljangman,demaydi-ku. Taqdir insonning sa’y harakatisiz ro’yobga chiqmaydi. Go’dakning “Taqdir kitobi” top-toza, unga qanday satrlar bitilishi, endi bu yog’iga-muhitning ishi. Shu bilan birga, “Banda- tadbir qiladi, Olloh- taqdir qiladi”, degan o’gitni ham yodda tutmoq joiz.

-Inson o’zini baxtiyor hisoblamog’I uchun sizningcha, nimalar kerak?

_Ko’hna kitoblarda, inson bu dunyoga baxt- saodat uchun keladi, deb yozib qo’yilgan. Borliq tabiatga ibrat nazari bilan boqsak, bu dunyodagi hamma narsa inson uchun, uning taxt-saodati uchun yaratilganiga amin bo’lamiz. Tug’ulish oson, ammo baxtli-saodatli bo’lish qiyin. Nega shunday? Farangistinning buyuk faylasufi Janjak Russo baxt uchun uchta narsa shart: bankdagi katta mablag’, mohir pazanda va yaxshi hazni taom kifoya, deb hosoblagan edi. Bu, albatta biroz hazilomuz gap. Lekin shubhasizki, baxt mavjud. U haqda har bir insonning o’z tasavvuri bor: kimdir bir umir boylik va “Rohat farog’at” ichida yashab, baxtni sezmasligi mumkun. Ayrimlar esa zohiron faqir bo’lsa-da, baxtga limmolim umir kechirishadi. Menimcha, haqiqiy baxt iqbol qanoat va hotirjamlikda. Buning uchun zarur bo’lsada baribir moddiyat hamisha baxt manbai bo’lavermasligini hayotda ko’p ko’rish mumkun. Baxtning yana bir muhim sharti- munosib umr yo’ldoshi tanlash bilan bog’liq zero geyotining, “erkak tanlagan qalliqqa qarab turib u odamning kimligi va o’z qadir qimmatini osongina bilsa bo’ladi”, degan gapida chuqur asos bor. Bu borada ham o’zimni baxtli hisoblayman.

-Hayotdan maqsad va mazmun nimadab deb hisoblaysiz?

-Umr bu oqar daryo. Har qanday holatda ham o’tayveradi. U yosh bilan emas, mazmun bilan o’lchanadi. Shuningdek, hayotiy faoliyat mohiyati va mezoni yillar yoki unvonlar emas, balki samaralar, erishilgan zafarlardadir. Yani, insondan komil farzand, bilimli shogirdlar, yozilgan asarlar va faqat yaxshi ishlar yodgor bo’lib qolishi hayotning mazmun mohiyatini belgilaydi. Ha, hayot tajribasiga ega insonlar bilan suhbat maroqli kichadi. Huddi avval yo’qotgan zarur narsangni topgandek bo’lasan, kishi. Ustozning sodda so’zlarida biro lam ma’no mujassam. Zero, ko’xna chin hikmatida aytilganidek, “Ruhi uyg’ongan kishilar so’zi nazokatlidir. Donishmandlar so’zi sodda. Munosib kishilar so’zi esa aniq- tiniq”.



Biz ham Tursun akaga maroqli suhbati uchun minnatdorlik bildirib donishmandlik faslingiz bundan-da sermazmun bo’lsin, shogirdlar kamoli yo’lida aslo charchamang, deymiz.

Baxtiyor Haydarov suhbatlashdi.
Download 17,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish