“ fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda aholi va ishchi xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to’G’ri xarakat qilishga tayyorlash ”



Download 1,49 Mb.
bet1/8
Sana12.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#779201
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“ FUQARO MUHOFAZASI TUZILMALARI HAMDA AHOLI VA ISHCHI XODIMLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDA TO’G’RI XARAKAT QILISHGA TAYYORLASH

“ FUQARO MUHOFAZASI TUZILMALARI HAMDA AHOLI VA ISHCHI XODIMLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDA TO’G’RI XARAKAT QILISHGA TAYYORLASH ”

Kirish

  • Favqulodda vaziyatlar(FV) dunyoning istalgan mamlakatlarida kutilmaganda sodir bo‘lib, insonlarning qurbon bo‘lishi, jabrlanishi, ularning hayot faoliyati izdan chiqishi, iqtisodiyotga turli darajada moddiy zarar etkazilishi barchamizga ma’lum.
  • Favqulodda vaziyat deganda odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan xolat tushuniladi. Bunday favqulodda vaziyatlarda nafaqat hududlarning ifloslanishi, zaharlanishi, balki aholining katta qismini jabrlanishi va qurbon bo‘lishi kuzatiladi.
  • Respublikamizda ham turli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lib, ularni kelib chiqish sababiga ko‘ra, texnogen, tabiiy va ekologik turlarga bo‘linishi huquqiy-me’yoriy hujjatda belgilab qo‘yilgan[2].
  • SHunday ekan, hududlarimizda, ishlab chiqarish ob’ektlarida ehtimoli mavjud bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan aholi va ishchi-xodimlarni muhofaza qilish maqsadida turli muxandislik-texnik, tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish muxim ahamiyatga ega. Ayniqsa aholini, ishchi-xodimlarni favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlarni samarali amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar vaqtida jabrlanganlar, qurbon bo‘lganlarni sonini kamaytirishda katta rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston Respublikasi FVDT kuch va vositalar

  • Favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida respublikamizda 1997 yili Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra FVDT tashkil etilgan. Yillar o‘tishi, hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, 2020 yil 26 avgustda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 515-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida”gi qarori bilan FVDT faoliyati yanada takomillashtirildi.
  • FVDT ning asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hisoblanadi. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish vaqtida avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun maxsus kuch va vositalar tashkil etilishi, ularning doimiy shayligini ta’minlash zarur. SHu sababli FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
  • fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
  • FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
  • Vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari;
  • O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi «Mahalla fuqaro muhofazasi» yig‘ma guruhlari, «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
  • Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
  • Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish