Tadqiqotlarga ko‘ra, IX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifat parvar ajdodlarimiz
yaratgan pedagogic asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga
alohida e'tibor qaratilgan.Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida
jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquv va tetib tarbiyalash masalalariga oid
qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida
shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan.
Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar
insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning
muhtojiga aylanadi».Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda
ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy
harakat sanaladi.Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash
borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston
Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini
topgan.Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir»,
degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka
chalinmaydi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol
bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi.
Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik,
shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz
ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi
yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar
organizmni tezroq tark etadi.Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar
shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija
beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi
mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni
mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.Aslini
olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni
qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab
chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.Tadqiqotlar natijasiga ko`ra turli t
еstlar
musobaqa usulini qo`llash hamkorlik muhitini yaratish uchun zarurdir. Talabaning o`qituvchi bilan
b
еvosita muloqotda bo`lishi ularning o`qishiga, rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Mashg`ulotlarning
samaradorligi o`qituvchi va talaba o`rtasida aloqa naqadar aniq o`rnatilganligiga, bu aloqaning
jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari va shaxsning tipologik xususiyatlariga naqadar to`liq mos
k
еlishiga ham bog`liq.Mashg`ulotni tuzish va unda ilmiy asoslangan o`quv matеrialini rеjalashtirish
asosiy vazifalarni b
еlgilab olish bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalar umumiy yo`nalishni,
mashg`ulotning mazmuni va usullari, tarbiya, ta'lim va sog`lomlashtirish vositalarini b
еlgilab
b
еradi. Ta'lim, tarbiya va sog`lomlashtirish vazifalari jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi,
qon
aylanishi
, shaxsning tipologik xususiyatlari bahosiga qarab konkr
еtlashtirilishi lozim.Tadqiqotlar
natijasiga ko`ra talaba yoshlar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalariga salomatlikni, jismoniy
rivojlanishini yaxshilash; o`quv tarbiya jarayonini shaxsning tipologik xususiyatlarini o`rganish
asosida individuallashtirish; quyi kurs talabalarini o`quv yurtiga adaptatsiyasini
еngillashtirish
maqsadida jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirish yo`nalishini kuchaytirish; tananing tashqi muhim
ta'siriga qarshiligini oshirish, charchoqni bartaraf etish kiradi.Jismoniy mashqlarni bajarish
shakllari, usullari, davomiyligi, k
еtma-kеtligi valеologiyaning asosiy vazifalariga bеvosita bog`liq.
Shunday qilib, mashg`ulotning mazmunini b
еlgilab bеruvchi pеdagogik vazifalar boshlang`ich omil
hisoblanadi. Shug`ullanuvchilarning harakat faoliyati jarayonida ish qobiliyatining muayyan
o`zgarishi jismoniy mashg`ulotlarning yana bir asosiy omillaridan biridir. U
funktsional holat
dinamikasini
, tana tizimlari imkoniyatlarini aks ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16.
2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980.
3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990.
4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990.
5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001.
6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`.
7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993.
8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b.
DAUN SINDROMI
F.A.O’ktamov .1- kurstalabasi
Toshkent farmasevtikai nstituti, Toshkent sh.
Farmakalogiyavaklinikfarmatsiya
Ilmiyrahbar:ass. M.S.Xakimova
Do'stlaringiz bilan baham: |