“ фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қЎллаб-қувватлаш йили”



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/299
Sana22.02.2022
Hajmi2,15 Mb.
#102084
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   299
Bog'liq
75-талабалар-илмий-жамияти

 
 
Ishning maqsadi: Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq 
SHo‘rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida bayon hilingan 
talablari uchun millatchi, “pankturkist” degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va 
harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon 
miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining 
erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g‘oyalari, ma'rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning 
muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning g‘oyalari o‘tmas g‘oyalar bo‘lgani 
uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi. 


Vazifasi: Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir SHakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul 
Saidaziziy, Isxoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, 
xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma'rifatda deb bildilar. Bu 
ma'rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, 
mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq 
mumkin ekanini chuqur his etdilar. SHu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini 
rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar. 
Dolzarbligi:Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi 
bir tarixiy davrga o‘tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng etuk, ongli, oq-qorani 
tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma'naviyatli kishilari 
ma'rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatning, 
mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni 
amalga oshirish uchun kurash olib boradilar. Ma'rifat ma'naviy qaramlik, qo‘rquv va xadikni 
bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. SHuning uchun ozodlik 
uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va 
ma'rifat uchun kurashdilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma'rifatga intilib yashagan. Bu o‘kadan 
dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar etishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy 
ilmlar soxasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: 
Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “Usuli hadim”ni inkor etgan 
xolda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, 
konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga 
davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat. Turkistonda jadidchilik 
milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha 
boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, 
millatparvarlik, ma'rifatparvarlik,taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar etakchilik qilgan. O‘lkani 
mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. Jadid ziyolilari erk, 
istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini payqadilar. SHu orqali milliy uyg‘onish 
yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta'lim va tarbiyada – ma'rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun 
ham jadidlar yangicha ta'lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar. 
Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, 
Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jaev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqxon Ibrat kabilar 
g‘oyat og‘ir sharoitlarda yuksaltirish, uning qadr-qimmatini erga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida 
katta ishlar qilganlar. Ma'rifatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy 
tazyiqlarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish