Modulyatsiya va demodulyatsiya o'rtasidagi farq nima?
Modulyatsiya - bu tashuvchi signalga foydali ma'lumotlarni kiritish jarayoni, demodulyatsiya - bu tashuvchi signaldan asl ma'lumotni tiklash. Odatda modulyatsiya uzatgichda, demodulyatsiya esa qabul qilgichda sodir bo'ladi.
Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |