Prognoz.
2021 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston byudjetining yig‘ma parametrlari va 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan byudjet maqsadlari, milliard so‘mda
2-jadval
2.4 Davlat daromadi va transfertlarning tahlili.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti tomonidan 2022 yil uchun hududlar bo‘yicha mahalliy byudjet parametrlari o‘rganildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samaqand filiali ekspertlari tomonidan 2022 yil uchun viloyatning mahalliy byudjet daromadalari va ularning manbalari, xarajatlari va ularning yo‘nalish sohalari shuningdek, hududlarga ajaratilgan transfertlar xolatlari o‘rganildi.
Samarqand viloyatining 2022 yil byudjeti va undagi o‘zgarishlar:
2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 955,8 mlrd. so‘m, xarajatlari 4 963,8 mlrd. so‘m prognoz qilingan hamda respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 1 008, mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan.
Viloyat byudjetining daromadlar qismi qisman yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (jami daromad nisbatan 15,9%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari (48,1%), shuningdek, qolgan yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (4,1%), yuridik shaxslarning mol-mulki (2,3%) va yer soliqlari (3,3%), davlat bojlari (11,0%), davlat tashkilotlarining foyda solig‘i (1,3%), jarimalar, Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan olingan daromadlar (1,4%), jarimalar (6,0%), yig‘imlar (6,3%), Davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlarning (0,2%) tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan qismi hisobidan shakllanadi.
1-rasm. Samarqand viloyati 2022-yil mahalliy byudjeti.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning qolgan qismi va korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liqligicha tuman va shaharlarning mahalliy byudjetlarini daromadlari bo‘lib qoladi. 2022 yilda Samarqand viloyatining viloyat byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (tashkilot va muassalar) ga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 2 809,1 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (21,5%); Xalq ta’limi boshqarmasi (12,2%); Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalar va energitika boshqarmasi (5,4 %); Maktabgacha ta’lim boshqarmasi (3,6%); viloyat hokimligini saqlash xarajatlari (4,7%); Madaniyat boshqarmasiga (2,1%); Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (1,2%) va boshqalar.
2022 yilda o‘zgarishlardan biri xarajatlarni amalga oshirishda Respublikadan moliyalashtiriladigan ayrim turdagi xarajatlar, ya’ni umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida ob’yektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlarni; ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari; Aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan bepul advokatlik xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkazildi. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlarining tegishli byudjetlari umumiy xarajatlarning 5 foizini hamda tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar, ya’ni: korxonalar aylanmasidan soliq va davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liq (100%) tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga qoladi, yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari (Samarqand sh., Jomboy t., Samarqand t. – 10%dan), yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (Samarqand sh. va Samarqand t. - 10%dan Tayloq t. – 20%), yig‘imlar (Samarqand sh., Oqdaryo t. va Samarqand t. - 10%dan Kattaqo‘rg‘on t. – 50%) va boshqa soliqlar ajratmalar sifatida taqsimlangan holda viloyat va tumanlar mahalliy byudjetlarini daromadalarini shakllantiradi.
2022 yilda yuqori byudjetdan tuman (shahar) byudjetlariga 1 171 mlrd. so‘m transfert ajratilishi rejalashtirilgan. Eng ko‘p transfert oladigan tumanlar Urgut (137,4 mlrd. so‘m), Payariq (133,6 mlrd. so‘m) va Pastdarg‘om (89,5 mlrd. so‘m) tumanlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |