a) Soliq tushumlari Soliq turlarini rejalashtirishda soliq bazalari va soliq o‘rtasidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerak.
Soliq bazasi bu, soliq solinadigan o‘lchamdir.
Soliq bazasi turlariga daromadlar, ish haqi va import hajmi kiradi. Soliq turlari – soliq solinadigan bazaga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Har qaysi soliqlar belgilangan tartibda soliq bozoriga mos ravishda bo‘lishi shart. Ammo soliq hujjatlarining asosida soliq qonunlari turadi, soliq bazasini aniqlash murakkab. Soliq stavkalari strukturasida har xil elementlar uchun soliq ayrim hollarda qonun asosida ozod qilish.
Defitsitni umumiy miqdorini ijobiy saldoning (daromaddan olingan transfertlar) – (harya xarajatlardan qarzni to‘lash uchun ushlab qolinadigan kreditlar). Bu moddalar “chiziq ustida”, qolgan moddalar “chiziq ostida” joylashgan, “mablag‘ ajratish” deb ataladi. Buni quyidagicha yozish ham mumkin: defitsitning umumiy miqdori ijobiy saldoning mablag‘ ajratishning (zayomlari – amortizatsiya) – (naqd pullarning toza ko‘payishi).
Davlat tomonidan pulni aylanishga chiqarish va davlat o‘ziga shu ko‘payish va tez jamg‘arma depozitlar bo‘yicha mas’uliyatni olishi moliyaviy muassasasining vazifasi deb qaraladi va shu manbalardan har qanday kelayotgan mablag‘lar moliyaviy muassasadan tushayotgan bo‘lib hisoblanadi.
Davlat boshqaruv idoralarining mablag‘ ajratishi ichki mablag‘ ajratishga bo‘linadi. Ular rezidentlardan tushadi. Tashqi mablag‘ ajratishi rezident emaslardan olinadi. Keyinchalik bu kategoriyalar qarz oluvchi majburiy turi qarzli vositalar turi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Iqtisodiy va moliyaviy tahlilda, qarz oluvchilar majburiyatlari tasnifi turi ma’qul, chunki bunda qarz oluvchilar majburiyatlari talab guruhga birlashgan iqtisodiy harakterga ega.
Agar u yoki bu qarzli vositalar boshqa moliyaviy dasturlashtirish guruhlanishga kirsa, muayyan imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi.
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyasion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyasiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyasiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston respublikasi davlat byudjeti moliyalashtirish davlat moliyasi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliyasi o‘z navbatida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, davlat majburiyatlariga yo‘naltiriladi.