“ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisod” kafedrasi



Download 6,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/252
Sana14.01.2022
Hajmi6,05 Mb.
#363012
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

3.1-rasm. 
«
E-rau» tizimi ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari sxemasi. 
Bu  tizim  qulayligi  va  xavfsizligi  bo’yicha  barcha  jahon  standartlariga  javob 
beradi.  Kompaniya  falsafasi  mijozlarga,  kompaniya  xizmatchilariga  hurmat  bilan 
muomala  qilish  va  sifatli  xizmat  ko’rsatishdir.  Quyida  tizim  ishtirokchilarining 
hamkorligini ko’rsatuvchi tasvirni ko’rishingiz mumkin. 
Yaqin  kunlarda  O’zbekiston  Respublikasi  aholisi  oziq  ovqat  mahsulotlaridan 
maishiy  va  kompyuter  texnologiyalarigacha  bo’lgan  tovarlarni  xarid  qilish,  mobil 
aloqa,  Internet,  telefoniya  va  kommunal  xizmatlari  uchun  haq  to’lash,  shuningdek, 
kino,  teatrlarga  chiptalarni  uy  yoki  ofislardan  chiqmagan  holda  xarid  qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.  
Endilikda qimmatli vaqt va asablarni sarflab do’kondan dukonga borib, u yoki bu 
tovarni qidirish hojati qolmaydi. Ushbu masalalarni yaqin kelajakda ishga tushuvchi 


119 
 
va  bir  kunda  24  soat,  haftasiga  7  kun  uzluksiz  xizmat  qiluvchi  eKarmon  elektron 
to’lovlar tizimi hal etadi. 
Axborot-kommunikatsiya,  mobil  va  internet-texnologiyalari  sohasida  dasturiy 
echimlar ishlab chiqaruvchi 
«Multisoft Solutions»
 mahalliy kompaniyasi 2005 yil 16 
dekabrda qabul qilingan «Elektron to’lovlar to’g’risida»gi Qonunga hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2007 yil 12 iyundagi 120-sonli «Elektron tijoratni amalga oshirishda 
to’lovlarni  o’tkazishni  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi 
Qaroriga  muvofiq  eKarmon  elektron  to’lovlar  tizimini  ishlab  chiqdi.  Ayni  vaqtda 
mazkur  tizim  internet-do’konlar  yordamida  elektron  to’lovlarni  o’tkazish  bo’yicha 
«boshlang’ich loyiha» sifatida taqdim etilmoqda.  
eKarmon tizimi Internet tarmog’i orqali aholiga tovarlarni xarid qilish, xizmatlar 
uchun  to’lovlarni  amalga  oshirish,  shu  jumladan  uyali  aloqa  operatorlari,  internet 
provayderlar,  xalqaro  va  shaxar  telefonlari,  hamda  kommunal  xizmatlar  uchun  hak 
to’lash  imkonini  bermoqda.  Ushbu  tizim  milliy  valyuta-so’mga  bog’langan  bo’lib, 
faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.  
Uchinchi  shaxslarning  tizimga  ijozatsiz  kirishidan  ishonchliligi  va  himoyasining 
garovi,  Elektron  raqamli  imzolarning  (ERI)  qo’llanilishi  sanaladi.  Elektron  raqamli 
imzo  2003  yil  11  dekabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  «Elektron 
raqamli  imzo  to’g’risida»gi  Qonunga  muvofik,  elektron  hujjatdagi  ERI  ayni  bir 
vaktning  o’zida  kog’oz  hujjatga  qo’lda  o’zi  qo’ygan  imzo  bilan  bir  hil  ahamiyatga 
ega. 
Elektron  raqamli  imzodan  eKarmon  tizimiga  kirishda,  xamda  real  vaqt  rejimida 
to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Buning uchun tizim foydalanuvchilariga 
«Multisoft  Solutions»
  kompaniyasining  ERI  kalitlarini  ro’yxatga  oluvchi  markazi 
(ROM) tomonidan Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati beriladi.  
Eslatib  o’tish  joizki,  yaqinda  kompaniya  ROMi,  O’zbekiston  aloqa  va 
axborotlashtirish  agentligida  davlat  ro’yxatidan  o’tdi.  ERIni  qo’llanilishi,  an’anaviy 
«parol  va  login»lardan  foydalanish  metodlariga  nisbatan,  nazariya  va  amaliyotda 
ustun  deb  isbotlangan.  eKarmon  tizimida  qo’llaniluvchi  ERIning  sirli  kalitining 
uzunligi 2048 bitni tashkil qiladi; demak, bugungi kunda ERI kalitlarining xar qanday 
komprometatsiyasi  oldi  olinadi.  eKarmon  tizimining  a’zosi  bo’lish  uchun,  ushbu 
tizimning 
www.ekarmon.uz
  Internet  saytida  ro’yxatdan  o’tib,  eKarmon  Agentlari 
shaxobchalarda  identifikatsiyadan  o’tish  va  tizim  tomonidan  berilgan  o’z  elektron 
hisobini to’ldirishi lozim. 
Mazkur  tizimda  elektron  raqamli  imzolarni  to’ldirish  qo’yidagi  usullar  bilan 
amalga oshiriladi: 

 
tizim  agentlari  kassalariga  naqd  pul  mablag’larini  kiritish  yo’li  bilan  (faqat 
jismoniy  shaxslar  uchun).  Foydalanuvchining  ism-sharifi,  elektron  hisob  raqami 
tekshiruvdan o’tkazilagnadan so’ng, kiritilgan summa haqida chek topshiriladi; 


120 
 

 
o’zining  bank  hisobidan  eKarmon  tizimining  bank  hisob  raqamiga  pul 
mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Bunday holatda pul mablag’lari tizim foydalanuvchilarining elektron hisoblarida 
avtomatik tarzda aks ettiriladi. Aynan ushbu mablag’lardan, foydalanuvchilar uy yoki 
ofislardan  tashqariga  chiqmay  butun  respublika  bo’yicha  tovar  va  xizmatlar  (kino, 
teatr, havo va temir yo’l transporti uchun chiptalar, kiyim kechak, oziq-ovqat, kredit 
va x.k) uchun hak to’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Real  vaqt  rejimida  tovar  va  xizmatlarini  taklif  etish  istagida  bo’lgan  xo’jalik 
sub’ektlar  ham  eKarmon  tizimida  alohida  ro’yxatdan  o’tishlari  lozim.  Ularga 
eKarmon tizimi orqali elektron savdoni amalga oshirishlarida foydalanish uchun ERI 
kalitlarining sertifikatlari ROM tomonidan topshiriladi.  
Tadbirkorlik  bilan  shug’ullanuvchi  sub’ektlarning  ulanishi,  ularning  internet-
saytlari,  internet-do’konlari  yoki  savdo  maydonlarining  eKarmon  internet-to’lovlari 
tizimiga  ulanishi  orqali  amalga  oshiriladi.  eKarmon  tizimida  tovar  va  xizmatlar 
«onlayn» rejimida sotilishda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga 
muvofiq  elektron  hujjat  shaklida  tuzilgan  kelishuv  nazarda  tutilgan.  eKarmon 
tizimining  qo’shimcha  funktsiyalari  qatorida,  bitta  foydalanuvchining  elektron 
hisobidan ikkinchi foydalanuvchining elektron hisobiga mablag’larni o’tkazish, tizim 
a’zolarini baholash (attestatsiya) hamda foydalanuvchilarning pul mablag’larini bank 
hisob raqamlariga chiqarish kabi imkoniyatlar ham mavjud.  
Aholiga  ishonchli,  xavfsiz  va  maksimal  darajada  qulay  tizim  taqdim  etish 
maqsadida,  ishga  tushish  arafasida  turgan  eKarmon  tizimi,  O’zbekiston 
Respublikasining  tegishli  vazirlik  va  idoralariga  ko’rib  chiqish  uchun  taklif  etilgan 
edi. Bildirilgan tavsiyalarni inobaga olgan holda, tizimni qo’shimcha modullar bilan 
yanada takomillashtirish qarori qabul qilindi.  
Kompaniya vakillari O’zbekiston hududida etakchi innovatsion texnologiyalarini 
tadbiq  etish  va  rivojlantirish  sohasida  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish, 
takomillashtirish va ijro etilishiga bag’ishlangan tadbirlarda faol qatnashmokda.  
Nazorat savollar: 
1.
 
Elektron to'lov tizimlari nima? 
2.
 
Virtual to'lov tizimlari nima? 
3.
 
Elektron pullarning vazifasi va kamchiliklarini aytib bering. 
4.
 
“Mijoz-server” tizimining klassik cxemasini ko’rsating. 
5.
 
Elektron pullarning xavfsiz qoidalari. 
Mustaqil o’rganish uchun savollar: 
6.
 
Ikki darajali mijoz-server arxitekturasi. 
7.
 
Internet asosida “mijoz-server” texnologiyasi. 
8.
 
Giperspektor  tushunchasiga  asoslangan  va  axborot  almashinuvida  HTTP 


121 
 
protokoli. 
9.
 
Raqamli pullar va ularning ishlash texnologiyasi. 
10.
 
CLICK to’lov tizimi, PayMe to’lov tizimi,VISA kart to’lov tizimi, HUMO kart 
to’lov tizimlariga tushuncha bering. 
 

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish