2 – boshlovshi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o’quvchilar!
1-boshlovchi:
Barchalaringizni bayramlarning eng buyugi va eng ulug’i bo`lmish Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuni bilan tabriklaymiz
(Iqbol Muhammadiev musiqasi, Mirzo Karim so’zi bilan aytiladigan “Madhingni kuylaymiz, ona diyorim!” ashullasi maktab to’garagi a’zolari ijrosida kuylanadi).
2 – boshlovshi:
Dastlabki tabrik so’zini maktab direktoridan eshitamiz.
Maktab direktori:
Aziz mehmonlar, hurmatli ustoz-murabbiylar, qadrli o’quvchilar! Barchalaringizga Mustaqillik va Bilimlar kuni bayrami muborak bo’lsin! Biz bugun O’zbekistonimizning 25 yillik to’yini yangidan-yangi zafarlar bilan kutub olmoqdamiz. Maktabimizda barkamol avlodning har tomonlama bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar va to`garaklarimiz bolajonlarimizga muntazir. Aziz o’quvchilar! Siz uchun eng qadrli shu dargohni hamisha avaylab, asrang. Kelajakda ilm cho`qqilarini egallab,buyuk davlatimizning komil insonlari bo’lib, hayotda o’z minosib o’rninggizni topishlaringizda omad tilayman.
1-boshlovchi:
Ustoz, ishlaringizda omad tilaymiz, doimo sog’ - salomat bo’ling.
(Havaskor o’quvchi ijrosida Iqbol Mirzo she’ri Bahrullo Lutfullaev ijrosida aytiladigan “Bugun bayram o’ynaymiz” ashulasi ijro e’tiladi ).
2 – boshlovshi:
Biz uchun bugun haqiqiy bayram. Bugun yangi o’quv yili boshlandi. Birinchi qo’ngiroq chalinadi. Ona maktabimiz o’z egalarini yana bag’riga oladi.
1 – o’quvchi:
Salom, qutlug’ dargoh, ey aziz maktab,
Ilm-u fan maskani, tabarruk makon.
Senda o’rganamiz bilim va odob,
Ular yetaklaydi yuksaklik tomon.
2 – o’quvchi:
Keldik o’qimoqqa, jonajon maktab,
Mehribon onadek och quchoqingni,
To’lib zavq-u shavqqa orzular yuksak,
Simirgali keldik fan bulog’ini.
3 – o’quvchi:
Sendan boshlanadi o’qish, o’rganish,
Bilim egallashning, eng avj pallasi.
Sen qutlug’ dargohsan, aziz maktabim,
Sendan boshladi yurtning ertasi.
4 – o’quvchi:
O’qib kelajakda bo’lamiz olim,
Ziyoli, muhandis, rahbar, shifokor,
Qay bir kasb – hunarni egallasak ham,
Hammasiga chuqur bilim, qunt darkor.
5 – o’quvchi:
Yurtga xizmat qilmoq bu – oily niyat,
Doimo a’lo o’qishdir shiorimiz.
Jahonga yuz tutsin shu ona – Vatan,
Go’zal O’zbekiston – gul diyorimiz!
1 – boshlovchi:
Bugun ko’pgina ukajonlarimiz, singiljonlarimiz maktab ostonasiga ilk marta qadam qo’ydilar. Ularning qalblari his – hayojonga limmo – lim. Ularning ota-onalari kamoli ishonch bilan kelajakka katta umid bilan mehribon, bilimli, jonkuyar ustozlar qo’llariga farzandlarini topshirmoqdalar. O’z navbatida ular ustozlariga minnatdorchilik izhor e’tadilar.
( 1-sinf o’quvchilari davragi taklif e’tiladi. Sahnaga kichkina qizcha oyisi bilan kirib keladi).
Qizcha:
Oyijon, meni maktabga olib borasizmi?
Onasi:
Ha,albatta, qizalog’im, nega buncha hayojondasan?
Qizcha:
Bugun 1 – sentabr.
Nega shoshmayin axir?
Oyijon, yuring tezroq,
Men maktabga boraman.
Onasi:
Qizalog’im, senga men
Atlas olib beraymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |