] axborot tizimlari va texnologiyalari



Download 378,54 Kb.
bet14/34
Sana31.12.2021
Hajmi378,54 Kb.
#255654
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Axborot tizimlarinin

* vazifalari

Marketing

tizimlar

Ishlab

chiqarish

tizimlari

Moliyaviy

tizimlar

Kadrlar

tizimlari

Boshqa tizimlar (masalan boshliq tizimi)

Bozor tahlili va sotishni bashoratlash

Ishlar haj- mini reja- lashtirish va kalendar rejani tuzish

Buyurtmalar

to'plamini

boshqarish

Mehnat zaxi- ralari talabini tahlil va bashorat etish

Firma faoliyatini nazorat etish

Sotishni

boshqarish

Ishlab chiqa- rishni tezkor nazorat qilish va boshqarish

Kredit

siyosatini

boshqarish

Kadrlar to‘g‘- risidagi yozuv- lami arxivga kiritish

Tezkor

muammolarni

aniqlash

Yangi mah- sulotni ishlab chiqish bo‘- yicha takliflar

Ta’minlovchi buyurtmasini tuzishda ishti- rok etish

Moliyaviy reja ishlab chiqarish

Kadrlar tayyorlashning tahlili va rejalashtirish

Strategik va boshqaruv holatlar tahlili

Narxlarning tahlili va o'rnatish

Ta’minlovchi buyurtmasini tuzishda ish- tirok etish

Moliyaviy tahlil va bashorat etish




Strategik qarorlami qabul qilish jarayonini tashicil etish

Byurtmalar

hisobi

Zaxiralarni

boshqarish

Budjetni nazorat etish













Buxgalteriya hisobi va ish haqini hisoblash






AXBOROT TIZIMI TURLARI Umumiy tushunchalar

Axborot tizim turi, u kimning manfaatlariga va qanday bosh­qarish darajasiga xizmat qilishiga bog'liq. Boshqaruv darajasi va xodimlaming malakasi bir necha turlarga bo‘linganligi sababli, axborot tizimlari ham bir necha turlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish turlari 3.6-rasmda ko‘rsatilgan.

Boshqaruv darajasi qanchalik ortsa, axborot tizimlaridagi ish hajmi ham shuncha ortib boradi. Lekin, bu ortish bilan barcha axborot tizimlarining murakkablik va ongli imkoniyat darajalari ham oshadi. Ko‘rsatilgan har bir boshqaruv pog'onalarida axborotga ehtiyoj turli hajmda va turli umumlashtirish darajasida bo‘ladi.

Strategiya



Malaka daraiasi

Yuqori pog'ona menejerlari

0‘rta pog'ona menejerlari va mutaxassislari

Pastki pog'ona menejerlari va bajaruvchilar
Taktik

Tezkor


Tizimlar:



I
Ishlab chiqarish

Moliyaviy

Marketing — Kadrlar


  1. rasm. Axborot tizimi turlari

  1. rasmda ko‘rsatilgan shaklning birinchi pog'onasida axborot tizimlari joylashgan bo‘lib, ularda bajaruvchi-xodimlar ma’lumot- lami tezkor ishlash bilan, menejerlar esa — tezkor boshqaruv bilan shug'ullanadi. Shaklning strategik boshqaruv yuqori pog'onasida axborot tizimlari o‘z mohiyatini o‘zgartiradi va ular strategik axborot tizimlariga aylanadi. Bu tizimlar yuqori darajali menejerlaming qaror qabul qilish faoliyatiga ko'maklashadi.

Tezkor darajadagi axborot tizimlari

Tezkor darajadagi axborot tizimlari xodimlar ma’lumotlar (hisoblar, ish haqi, kreditlar, xomashyo va materiallar oqimi) ni qayta ishlash yo‘li bilan ish faoliyatini olib boradi. Bu tizim- laming vazifasi tezkor boshqaruv (firmaning joriy holatiga javob berish)dan iborat. Vazifani bajarish uchun axborot tizimi yengil kirish va doimiy harakatda bo‘lish hamda undan aniq axborot olish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Tezkor darajadagi axborotning maqsadi, vazifalari va man- balari oldindan aniqlangan hamda yuqori darajada tartiblashgan bo‘ladi. Berilgan topshiriqning bajarilish ketma-ketligi asosida bu vazifa dasturlangan bo‘ladi.

Tezkor darajadagi axborot tizimlari firma va tashqi muhitni bog‘lovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Agar tizim yaxshi ishlamasa,



u holda, ikkita holat kuzatilishi mumkin: tashkilot tashqaridan yetarli axborotni olmagan yoki axborotni tashqariga chiqarmagan hisoblanadi. Bundan tashqari, bu tizim yuqori darajadagi axborot tizimlariga axborotni yetkazib berish vazifasini ham bajaradi.

  1. misol. Tezkor darajali axborot tizimlari:

  • buxgalteriya;

  • bank depozitlari;

  • buyurtmalami qayta ishlash;

  • avia chiptalarni ro'yxatdan o'tkazish;

  • ish haqini hisoblash va boshqalar.

Mutaxassis axborot tizimi

Mutaxassis axborot tizimlari ma’lumotlar bilan ishlayotgan mutaxassislarga yordam beradi, muhandis va loyihachilaming mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi tashkilotga yangi ma’lumotlarni qo'shish va qog'oz hujjatlarini qayta ishlashda yordamlashishdan iborat. Bu sinfdagi axborot tizimlarini ikki guruhga ajratish mumkin:



  • ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;

  • bilimlami qayta ishlash axborot tizimlari.

Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o'zining oddiyligi va ko‘p vazifaliligi bois faol ishlatib kelinmoqda. Ulardan asosan o'rta malakali mutaxassislar: buxgalter, kotib va boshqa xodimlar foydalanmoqda.

Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari quyidagi vazifalami bajaradi:



  • matnli prosessorlar yordamida turli matnlar bilan ishlash;

  • yuqori sifatli nashr mahsulotlarini ishlab chiqish;

•hujjatlarni arxivlash;

  • faoliyat bo'yicha elektron kundalik va yozuv daftarchani to‘ldirib borish;

  • elektron va audiopochta;

  • video va telekonfrensiyalar.

Bilimlami qayta ishlash axborot tizimlarida, jumladan, ekspert tizimlarida, mutaxassislar yangi mahsulot ishlab chiqishda kerakli bilimlami tanlab olishadi. Bu axborot tizimlarining vazifalari yangi axborot va yangi bilimlar yaratishdan iborat.

O'rta darajadagi menejerlar uchun axborot tizimlari moni­toring (doimiy kuzatish), nazorat qilish, qaror qabul qilish va ma’muriyat vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi. Bu axborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • joriy ko‘rsatkichlami oldingi ko‘rsatkichlar bilan solishtirish;

  • ma’lum davr uchun hisobotlar tuzish;

  • arxiv axborotlariga kirishni ta’minlash..

Bu darajadagi axborot tizimlari ikki tuiga bo‘linadi: boshqaruv tizimlari va qaror qabul qilishni qo‘llab-quwatlash tizimlari.

Boshqaruv axborot tizimlari muayyan analitik imkoniyatlarga ega. Bu axborot tizimlari ish faoliyatida kundalik, haftalik axborot- larga murojaat etadigan boshqaruvchilarga xizmat qiladi. Tizimning asosiy vazifasi firmaning kundalik holatini kuzatish va namunaviy hisobotlami tayyorlashdan iborat. Ushbu tizimdagi axborot tezkor bosqich axborot tizimlaridan olinadi.

Tizimning xususiyatlari quyidagilardan iborat:


  • nazorat qilishda qaror qabul qilishga yordam berish uchun foydalaniladi;

  • tezkor holat bo'yicha nazorat qilish, hisobot tayyorlash va qaror qabul qilishga mo‘ljallangan;

  • mavjud ma’lumotlarga va tashkilot ichidagi ma’lumotlar oqimiga asoslanadi;

  • analitik imkoniyatlar kam bo‘lgan va tuzilmasi sharoitga moslasha olmaydi.

Qaror qabul qilishni qo'llab-quwatlash tizimlari natijani bashorat qilish qiyin bo‘lgan qisman tartiblashgan vazifalarga xizmat qiladi. Ular ko'pgina modellaiga ega bo‘lgan kuchliroq analitik apparatga ega. Axborot boshqaruv va tezkor axborot tizimlaridan olinadi. Bu tizimlami qaror qabul qilishi kerak bo'lgan barcha mutaxassislar: menejerlar, tahlil qiluvchilar va boshqalar ishlatishi mumkin. Tizimning xususiyatlari quyidagicha:

  • rivojlanishi oldidan aytib bo'lmaydigan muammolaming yechimini ta’minlaydi;

  • modellashtirish va tahlil qilish murakkab vositalari bilan ta’minlangan;

  • bajarilishi kerak bo'lgan vazifalarni va kiritish qiymatlarini tezda o'zgartirish imkoniyati mavjud;

  • shartlaming o‘zgarishiga tez o‘zgaruvchanligi va moslanuv- chanligi bilan ajralib turadi;

  • foydalanuvchiga qaratilgan va moslashtirilgan texnologiyaga ega.


Download 378,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish