ALISHER NAVOIY.
1441-yilning 9- fevralida ahirot shahrida tug`ildi.
Iroqning Taft shahrida yashadi.
1452 – yilda yana Hirotga qaytdi.
Sa`diyning “ Guliston” , “ Bo`ston”, Farididdin Attorning Mantiq uttayr
( Qush tili ) ni to`liq yod oldi.
Xo`ja Yusuf Burxondan musiqa ilmini o`rgandi. Tarix , adabiyot, xusnixat va boshqa
ilmlarni ham o`zlashtira bordi.
Yirik shoirlardan biri Lutfiy yosh Alisherga ustozlik qildi.
Orazin yopqoch ko`zimdan sochilur har laxza yosh,
Bo`ylakim , paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`och quyosh.
Bu ajoyib g`azaldan hayratga tushgan Lutfiy : “ Agar mumkin bo`lganda edi, men turkey
va forsiyda yozgan o`n ikki ming she`rimni shu bir g`azalga alishgan bo`lardim ” , degan ekan.
Navoiy Samarqandga keldi. U Fazlulloh Abulayz va Aloyi Shoshiy darslarida qatnashdi,
turli suhbatlarda ,g`azalxonliklarda, masala muhokamalarida ishtirok etib, bilimini boyitdi. Shoir Samarqanddagi hayotini umrbod esdan chiqarmadi, do`stlarini unutmadi.
1469 – yilda Hirotga qaytdi. 1472 – yilda amirlik ( Vaziri a`zam ) darajasiga yetganda,
tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh , Muhammad Olim Samarqandiy va musiqa ustozi DarvishAhmad Samarqandiyga doimo yordam berib turdi.
Uning tashabbusi bilan juda ko`p binolar : maktablar, musofirxonalar , maqbaralar,
masjidlar,madrasalar, kasalxonalar, kutubxonalar, qurildi,bog`lar barpo qilinib, hovuz va
ariqlar qazildi.Mashhur tarixchi Xondamirning yozishicha , Alisher Navoiy Xalosiya xonaqohida har yili kishilarga ikki mingga yaqin po`stin, bosma chakmon, ko`ylak – lozim,
taqya va kavush ulashar ekan.
1501 – yilning 3 – yanvarida vafot etdi.
A s a r l a r i :
1. « Badoyi ul bidoya » ( «Badiiylik ibtidosi» )
2. « Navodir un nihoya » ( «Behad nodirliklar»)
3. «Xamsa», besh kitob. U quyidagi dostonlardan iborat:
a) 1483 – y. « Hayratul - abror» ( «Yaxshi kishilarning hayratlanishi»)
b) 1484 – y . «Farxod va Shirin», « Layli va Majnun», « Sab`ai sayyor».
v) 1485 – y. « Saddi Iskandariy» ( « Iskandar devori»).
4. 1488 -1501 yillarda . « Tarixi muluki - ajam » ( Ajam shohlari tarixi ).
5. 1490- y. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher ».
6. 1491 – y. « Risolai muammo».
7. « Majolis un nafois».
8. 1492 – 94 – y. « Xamsat ul mutaxayyirin». ( Besh hayrat ).
9. 1492 – y. « Munshaot ».
10. « Mezoun ul avzon». ( Vaznlar o`lchovi )
11. «Holoti Paxlavon Muhammad».
12. 1496 –y. « Nasoim ul muhabbat». ( Muhabbat shabadasi )
13. « Xazoin ul maoniy».( Ma`nolar xazinasi ).
14. «Devoni Foniy.»
15. 1489 – 99 –yillar. «Lison ut tayr.» ( Qush tili ).
16. « Muhokamat ul lug`atayn.» ( Ikki til haqida nmuhakama )
17. 1500 –y. « Mahbub ul qulub.» ( Ko`ngillarni sevgani. )
18. «Vaqfiya.» ( 1482 – yil.)
19. « Nazm ul javohir.» ( Gavharlar tizmasi, 1485 – yil.)
20. «Siroj ul muslimin.» ( Musulmonlik nuri. 1488- yil.)
Do'stlaringiz bilan baham: |