„ a lfo m lsh á



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana26.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#583496
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 p8Ktqj0UBIaSqhIRucSEJNluWZ8toDwA


 
Suvda bo‘lar suluv o ‘tning suyrug‘i
Biz bilan bo‘larmi haqning buyrug‘i


Cho‘ltanglab k o ‘rindi Chibor quyrug‘i
To yxonaga, bolam, otang kelganday...
Yodgor bu gapni onasidan eshitib: „Agar otam 
kelgani rost bo‘lsa, bu qullardan bir o‘ch olayin“, — 
deb o‘tovdan otilib chiqib ketdi. Shunda borib, qo‘liga 
tayoq olib, ko‘pkariga tashlayotgan serkalarini uyoqdan 
bu yoqqa quva berdi. Alpomish Qultoy suratli bo‘lib 
Yodgorning oldidan chiqib qoldi, so‘z aytdi, nazar 
soldi: „Bolam, yurishing, shiddating Rustam alpdan 
ziyoda, o‘zi kimning o‘g‘li bo‘lasan?“ — deb so‘radi. 
Yodgor: „Otam Kashalga ketgan, qaytib kelmadi, men 
Alpomishning o‘g‘li bo‘laman“, — dedi.
Yodgor: „Men bu qullarga bormayman, enamni ham 
bermayman“ , — deb „chol“ning belbog‘iga osilib 
turgan edi, ko‘pkari chopayotganlardan ikkitasi buni 
ko‘rib, siyosat qilib, Yodgomi siltab-siltab ushlashdi. 
Qultoy qiyofasidagi Alpomish jahli chiqqanini bil- 
dirmay: „Yetim bo‘Isa uraverasizlarmi?“, — dedi. Alp- 
ligiga borib birovining bilagini bir qisib bezovta qildi. 
Yana tanib qolishmasin deb, qo‘yib yubordi.
Yodgor bu chol Qultoy emasligini sezganday bo‘ldi. 
„Bobo, mening otamga o‘xshaysiz, o‘zingizni tanitmay 
turganga o ‘xshaysiz“ , — dedi. Alpomish Yodgorga 
qarab, ko‘zlariga yosh olib: „Bolam, bobongni ota 
dem agin“ ,— deb ishontirdi. Yodgor ham Qultoy 
bobom ning shunday kuchi bor ekan, bilm as 
ekanman-da, deb hayron bo‘ldi.
Qultoy qiyofali Alpomish. 
Xo‘p, hozircha bu cholni 
Qultoy qiyofasidagi Alpomish deb turaylik. U Yod-


goming bunday dadilligini bilib: „Yodgor, sen bilan 
men ikki yorti bir butun bo‘lib birlashib, shu to‘yni 
bir buzib ko‘raylik. Ikkalamiz birga borsak, Qultoy 
bilan Yodgor kelishib olibdi demasinlar, sen ko‘pkari 
tomondan bor“, — dedi.
Qultoy qiyofasidagi Alpomish darvozadan kirsa, 
o ‘zining tuqqan onasi to ‘yga so‘yilgan qo‘ylarning 
kallasini tozalab o‘tiribdi. 0 ‘zini tanitmay: ,,Kuntug‘- 
mish yanga, omonmisiz“, — dedi. Enasi esa: „Sening 
kelbating ham, ovozing ham Qultoyga emas, bolamga 
o‘xshaydi“, — deb biroz bo‘zladi. Bu so‘zni eshitgan 
„chol“ : „Yenga, Alpomish kelsa Alpomish bo‘lib 
kelardi, Qultoy bo‘lib kelmaydi-ku“, — dedi. Shunda 
Kuntug‘mish: „Sen dala-dashtda yurasan, Qultoy, uni- 
buni ko‘rasan, Alpomish bolamdan xabar bormi?“ — 
deb so‘radi. „Endi men ham ko‘zdan qolganman, ko‘p 
narsadan xabar topmay qolaman“ , — dedi Qultoy 
qiyofasidagi Alpomish. Enasi yana umid qilib, shu 
Qultoy to‘g‘ri to‘yga aralashar, Barchinoyni ham ko‘- 
rar, Ultonga tegmasin deb aytsam, gapimni yetkazib 
qo‘yar, deb bir-ikki gapni aytib qoldi. Qultoy qiyo­
fasidagi Alpomish ham, ,,Ey, yanga, buni qotira- 
miz“, — deb to‘y oralab ketdi.
To‘y oralab kutib yurdi: birovning qo‘lida kosov, 
birovning qo‘hda kosa. Boybo‘ri otasi esa katta meshni 
yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘lib qiynalib, Ultontozning 
barcha qullari qatori suv tashib xizmat qilayotir. Ulton 
uni uzoqdan turib jerkiyotir. Qultoy qiyofasidagi Alpo­
mish Ultonga qarab: „Otasini urgan bola oq bo‘ladi,



yaxshi ish qilmayapsan“, — dedi. So‘ng Boybo‘rining 
oldiga borib: „Bir paytlar sizning ham tuzingizni totib 
yurganman, meshni men olib boray“ , — deb suvni 
ko‘tarib ketdi. Boybo‘ri yaqin o‘rtada bunday e’tibor 
ko‘rmagan, o‘zida yo‘q xursand edi. Qultoy qiyofasidagi 
Alpomish Boybo‘riga yordam berib, Ultonning oldiga 
qaytdi. „Tocy qulluq bo‘lsin“, — dedi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish