Deganlari rost ekan. O'shanda Umid 15 yosh edi. Tomoqni ochadigan dori olib keling dedi ayolm telefon qilib



Download 12,78 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi12,78 Kb.
#518359
Bog'liq
Har yili Ramazon-WPS Office


Har yili Ramazonni intiqlik bilan kutaman! Qilgan gunohlarmdan tavbadaman ... usha kunlarni eslasam haliyam daxshatga tushaman. Yuragim orkaga tortib ketadi. Jinni bo'lib qolmaganimga shukr qilaman. Parvardigor dard bersa, shifosini xam berishiga ushanda ishondim. Medinstitutda o'qiganim uchun kech uylanganman. Xirurg-onkologman. Qizilo'ngach saratoni bilan og'rigan bemorlarni davolayman. Umid yolg'iz o'g'lim . Uchta qizdan keyin Alloh orzuyimizni ushaltirgan. U tug'ilganida roppa - rosa qirq yoshda edim. Umidning tomog'i tez - tez og'rigani uchun rosa avaylardik. Ayniqsa onasi hardoyim ko'z - quloq edi: - Umid, sovuq suv ichib qoyma! - bolam, ovozing boshqacha, tomog'ing og'riyaptimi? << Asragan ko'zga cho'p tushar >>, deganlari rost ekan. O'shanda Umid 15 yosh edi .- Tomoqni ochadigan dori olib keling dedi ayolm telefon qilib
Bildimki, yana tomog'i og'rigan. Usha kuni uning issig'i chiqib, rosa bezovta bo'ldi. Ukol qildim. Dori ichirdim. Ahvoli yaxshilangandek bo'ldi. Bir xafta o'tib,u yana qaytaladi. - Lorga olib bor. Yaxshilab tekshirsin, ertalab tayinlab ketdim hotinimga. - Umidning gaplariga qarab, allergiyasi ham bor, shekilli, deb mana bu dorilarni yozib berdi, - kechqurun dorilar ro'yxatini tutqazdi u. - Yaxshi, olinglar ... Afsuski, bu muolajaning ta'siri ham uzoqqa bormadi. Bir oy o'tar-o'tmas o'g'lim yana ovqat eyishga qiynala boshladi. Anginangni oldirish kerakmi, deyman, bolam - deyman yuragim ezilib. — Qani og'zingni och. Yorug'ga qara .. Uning tomog'iga qarab hayratim ortdi. Shamollash alomatlari ko'rinmaydi. Xayolimga kelgan fikrdan yuragim ortga tortdi. - Yana qayering ogriyapti, o'glim .. shu savolni beryapman-u, javobini eshitgim kelmasdi. - Ko'kragim, mana bu erim, - u to'shini ushladi. Ko'z oldim qorong'ulashdi. — Qovurg'angning pasti-chi? —— “yoq”, de bolam, “yoq”, de, zorlanaman ichimda. - Og'riydi. Orqam... umurtqam ham ogriydi... Tilim kalimaga kelmay qoldi. Hushimdan ketay dedim. Aytgan joylarini paypaslab ko'rgani yuragim betlamadi. “Yo'q! Faqat bu emas! Xudoyim, nahot o'g'lim saratonga chalingan? Yolgizgina bolam, o'g'ilginam, endigina o'n beshga kirgan jigargo'sham...” Ko'zlarim yoshga to'ldi. O'zni qo'lga ololmasdim. O'krab yuborishim mumkin edi. Shuning uchun o'rnimdan turdim. O'glim kosadagi suyuq ovqatni ichishga urinyapti. Lekin yutolmayapti. Yo'talayapti. Ey Xudoyim, unda uchinchi bosqich! Nahot, shu paytgacha sezmadim?! Shu holga tushguncha u qancha azobni boshidan kechirgan. Men... shu kasallikni davolayman-ku! Nega yonimdagi, bolamdagi kasallikni sezmadim. Yo'q! Ozingni bos! Xali tekshirish kerak... Vahima qilma! Ertalab uni ishxonaga boshlab bordim. O'zim tekshirgani qo'rqdim. Shuning uchun hamkasbim Komilga tayinladim: — Iltimos, uni tekshirib kel. Hamma ko'rikdan o'tkaz. Rentgenolog, endoskopik, patomorfologik, ultrazvuk ... xammasi... Ular kelguncha qo'lim ishga bormadi. Yurak hovuchlab o'tirdim. Erkin Valievich, Umidjon uyga ketaversin. Javoblar ertaga chiqarkan...dedi o'g'limni elkasidan quchib olgan hamkasbim.— Ertaga? - ajablanib qaradim unga. Birdan tushundim-u, yuragim "shuv" etib ketdi. U Umidning oldida gapirishni istamagani uchun shunday dedi. — Haydovchingiz bo'sh ekan, xozir Umidjonni qo‘yib keladi.. Men jonsiz haykalga aylandim. Miyamga hech narsa kelmasdi. To'g'rirog'i, bu haqda o'ylashni, fikrlashni istamasdim. Hamkasbim qachon keldi, nimalar dedi qulog'imga kirmadi. — Erkin aka? Erkin aka? ohiri meni turtkilay boshladi. - Qog'ozlarni ber - deya oldim holos. - Erkin Valievich, o'zingizni qo'lga oling. Ozingiz shifokorsiz-ku! — Ha-a-a! Ozimman! Ko'r, kar man! Yolg'izgina bolam ko'z o'ngimda qizilo'ngach saratoni bo'lib o'tiribdi, bilmadim! - negadir unga baqira boshladim. — Dehqon, cho'pon bo'lganimda ham alam qilmasdi! Boshlang'ich bosqich bo'lsa xam mayli edi? Endi nima qilaman? Komil, ayt! Nima qilay, ayt! Nima qilsam uni asrab qolaman? Asrab qolish mumkinmi, O'zi? Nega bunday bo'ldi? U xali yosh-ku! Nima uchun? Kechadan buyon bo'g'zimga tiqilib yotgan alam otilib chiqdi. Men Komilni quchib yig'lay boshladm. Meni ovutolmasdi. Men bir omi, savodsiz bo'lsam ekan, xabarim yo'q bo'lsa ekan, ovutsa... Afsus, men hammasini bilaman... Bechora o'g'lim shu paytgacha qancha azob chekkan... Men g'ofil banda.. Nega bilmadim? Nega sezmadim? — Unda uchinchi bosqich to'g'rimi? - so'rasdm oxiri undan. Qog'ozlarga qaragim ham kelmasdi. - Ha, - Komil ko'zlarini olib qochdi. — o'sma qaerda? Yuqoridami o'rtadami, pastda? Komil xursindi. Pastda ? Bosh chayqadi. Unga tikilib turib ko'zim tindi... Ko'zimni ochganimda bemorlar honasida yotardim. Demak, Hushimdan ketibman. Yo'k, uxlagandirman, balki ...ha, uhlaganman! Dahshatli tush kuribman .. Komil, yomon tush kuribman .. Tushimda o'g'lim ... Xudoga shukur tush ekan .. - Erkin Valievich? Kanaka yana tush? - Tushimda Umidjon saraton bulganmish - Erkin aka? Ozingizni qo'lga oling... Bu tush emas! Siz o'zingizni qo'lga olish, oilangizdagilarga suyanch bo'lishingiz kerak .. Kechasi bilan uhlay olmadim. O'g'lim chekadigan azoblarni ko'z oldimga keltirib iztirobga tushardim. Nega Alloh meni gaflatda qoldirdi? Qaysi gunohim uchun yolg'izgina o'g'limga bu dardni berdi? Mana shu savollar, og'riqli hayollar girdobida ikki oyni o'tqazdim. Bu vaqt ichida Umidjon ikki kurs davolandi U ham, hotinim ham negadir meni boshka savolga tutmadi. Hotinimning odamoviroq bo'lib qolganining o'zi uning holati aytib turardi O'g'lim esa chdlab chiqdi. Og'riqu behuzurliklarga chidab berdi. Ammo kuchli dori- darmon nur o'z ishini qilgan, bechora o'g'limning suyagi qolgandi holos. Sochlari, qoshlari ham ancha to'kilgandi. Ikki-uch haftadan so'ng uni operatsiya qilish lozim. Ammo qanday? Qanday qilib o'z o'g'limning, yakkayu-yagonamning bo'g'ziga tig' tortaman? Biror joyiga tikon kirsa, yuragim zirqiraydi-ku! Usha kun ham keldi. Men ozimni bosolmasdim. Uni qanday operatsiya qilaman? Qo'llarimga hozirdan titroq kiryapti. — Agar qo'rqsangiz, bir xaftaga kechiktiramiz. Chet eldan hohlagan professoringizni chaqirasiz, - Komil
Holatimni ko'rib shu qarorga kelgandi. Yo'k! Men uni hech kimga ishonmayman! Holatini o'zim, o'z ko'zim bilan ko'rishim kerak. Ana shunda davolashim oson kechadi, men qati qarorga kelgandim. Alloga ming iltijo bilan ish boshladm. O'g'limning ahvoli men uylagandan ham yomon ekan. Buni bilgach, o'zmni qo'lga ololmay qoldim. Meni qaltiroq bosgandi. - Erkin Valievich! Sizga nima boldi? - yordamchim shoshib qoldi. Komil yana jonimga oro kirdi: - O'z o'g'lingizning hayotiga zomin bo'lmoqchimisiz? Bu - Umid! Esingizdan chiqarmang! O'zingizni qo'lga oling! Boshqa bemorlar sog'ligi uchun o'n chandon bo'lsangiz, o'g'lingiz uchun yuz chandon kurashing! Otasisiz! Bu gaplardan so'ng boshimga to'qmoq tekkandek bo'ldi. Jon-jahdim bilan ishga kirishdim. O'g'limning hayoti uchun kurashishim kerak ahir! Operatsiya muvafaqiyatli chiqdi... Ammo... tajribamdan bilamanki, Umidning ahvolidagi bemorlar besh yildan ortiq yashamaydi! Ey Xudoyim, men bunga chidolmayman! Nahot, o'g'lim yigirmaga ham kirolmaydi? Bemorlarimning yaqinlariga bemalol "uning sakkiz oy, bir yil umri qolgan", deb aytaverardim. Ularni qanchalar azobga qoyganimni endi tushuniyapman
Tinimsiz dori-darmon, parvarish bilan Umid uch yil yaxshi yurdi. Keyin yana orkaga keta boshladi. Dahshatga tushdm. Umid qiladigan hech narsam qolmagandi. G'amga botib qoldim. Kimdir menga yordam berishini, ko'nglimni ko'tarishini istardim. Odamlar mening oldimga umid bilan kelardi. Bir og'iz gapimdan tasalli topib qaytardi. Men-chi? Meng kimdan najot kutay? Boshimni qaerga urishni bilmay yurganimda Ramazon oyi kirib keldi. So'ng Haj mavsumi boshlandi. Miyamga kelgan fikrdan quvonib ketdim. O'g'limni Hajga olib boraman. Zam-zam suvidan ichiraman, muqaddas Kabada turib ikkalamiz dardiga shifo so'raymiz. Shu hayolda ruza tutdim, namoz o'qishni o'rgandim. Ko'plab duolarni yodladm Ikkimiz birinchi bor masjidga kirganimizda, sajdaga bosh qo'yganimizda shu qadar qalbim taskin topdiki, buni tariflab berolmayman. O'g'lim ham ancha tetik bo'lib chiqdi. Bizga qo'shilib onasi ham ibodat qilardi. Hajga hujjat tayorlayotib u erdagilarning gapidan o'yga tushdm. Bu muqaddas safarga halol pul bilan bormoq kerak! Mening topganlarim halolmi?
O'lim ostonasidagi bemorlarimdan operatsiya uchun pul olganman. Yiqqan-terganim shu pullar evaziga kelgan. Ularni halol deb bo'ladimi? Nahot ohirgi umidim ham puchga chiqsa ? Ey Xudo, nega mendan marhamatlaringni ayaysan? Tuni bilan yuragimni g'am kemirdi. Ertasiga yana o'zimni qo'lga olishga intildim. Bu yerda ilmliroq kishiga maslahat soldim. - Hadya qilib berishgan bo'lsa boshqa gap edi .. dedi u ham o'yga tolib. — Ammo siz ko'nglingizni cho'ktirmang. O'g'lingiz va sizning nomingizdan ketayotganlarga aytib, Payg'ambarimizga salom yo'llaymiz. Zam-zam suvidan keltiramiz. Qalbim yana ishonchga to'ldi. Allohning marhamati kengliliga ishondim. Keyingi yil halol pul topib, o'g'limning o'zini bo'lsayam Kaba ziyoratiga yuborishni niyat qildim. Hojilar keltirgan shifobaxsh suvdan niyat qilib, o'g'lim to'yib-to'yib ichdi. Shu barobarida unga faqat kasalning chekinishiga yordam beradigan ovqat berardik. Umidjon yana asta-sekin Sog'ligini tiklay boshladi Ikkinchi bor o'tkazgan kichik operatsiya so'ng u butunlay sog'aydi, desam ishonavering. — Dadajon, men so‘g‘ayib ketaman! Qo'rqmang, o'g'lim o'lib qoladi, deb qo'rqmang! Men avvallari o'limdan qo'rqaridm Endi qo'rqmayman! Biz ko'pchiligmiz, nahot bitta kasallikni engolmasak... Men, oyim, siz tinmay kurashyapmiz. Yana... Parvardigor
bor! U bizni noumid qilib qo'ymaydi, operatsiyadan chiqqan Umidjoning bu gaplaridan yig'lab yuborgan bo'lsam-da, tasalli oldim. Hozir u yigirma ikki yoshda. Uylantirish taraddudidamiz. Uning hastaligi menga katta ibrat bo'ldi. Hozir bemorlarimdan hech nima tama qilmayman. Qilgan gunohlarimdan tavbadaman. Har yili Ramazonni intiqlik bilan kutaman, ruza tutib, ibodat qilaman. Halol topganim mablag'dan shu yil Xudo xoxlasa, Haj safariga borib kelmoqchimiz. Bu ham amalga oshadi ishonaman. InshaAlloh!..
Download 12,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish