# 4, 2020 pedagogik mahorat*педагогическое мастерство*pedagogical skill


# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/299
Sana13.01.2023
Hajmi4,67 Mb.
#899233
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   299
Bog'liq
Pedagogik mahorat 4-son 2020 yil

# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
73 
yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga egalikdir.
Oʻquvchilarning tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning 
samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoada tengdoshlari bilan faol muloqotga 
kirisha olish, oʻyin, ta’lim va mehnat jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa a’zolarini 
uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda 
yetakchi (lider)likni qoʻlga olish kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi. 
Tashkilotchilik zamonaviy, ishbilarmon shaxsga xos sifatlar majmui sanaladi. Ingliz olimi
F.Teylorning fikriga koʻra, zamonaviy shaxs qiyofasida aql-idrok, maxsus ma’lumot hamda texnikaviy 
bilimlarga egalik, chidamlilik, bardoshlilik, xushmuomalalik, ta’sirchanlik, qat’iyatlilik, haqiqatgoʻylik, 
mulohazakorlik kabi sifatlar namoyon boʻladi. 
Boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan olim A.Fayol tashkilotchi shaxs, eng avvalo, uzoqni koʻra 
olish qobiliyatiga ega boʻlishi zarurligini uqtiradi. Muallifning fikricha, tashkilotchilik sifatlari jamoani 
uyushtira olish, mutaxassis(kadr)larni joy-joyiga qoʻyish, istiqbolda hal etiluvchi vazifalar (uyushtiriluvchi 
tadbirlar)ni rejalashtirish, qatiy nazoratni yoʻlga qoʻyish bilan xarakterlanadi.
Oʻqituvchida oʻziga xos tashkilotchilik xususiyatlarining mavjudligi oʻquvchi shaxsida ijodkorlikni, 
tashabbuskorlik, mustaqillikni tarbiyalashga oʻz ta’sirini koʻrsatib boradi. Oʻqituvchi bolalar bilan 
ishlovchi, ularning dars va darsdan tashqaridagi faoliyatlarini va munosabatlarini boshqaruvchi subyekt 
hamdir. Shuning uchun har bir oʻqituvchi oʻzida umumiy va oʻziga xos tashkilotchilik sifatlarini rivojlantirib 
bormogʻi lozim. Tashkilotchilikning umumiy sifatlari deganda, aqlning amaliy va chuqur mulohaza yurita 
olishi, faollik va tashabbuskorlik, qoʻyilgan maqsadga erishishda tirishqoqlik, murakkab vaziyatlarda oʻzini 
qoʻlga ola bilish, uyushtira olish, kuzatuvchanlik, muomalaga kirishuvchanlik kabilar tushuniladi. 
Tashkilotchilikning oʻziga xos sifatlari: ichki sezgirlik, xushyorlik, hissiy irodaviy ta’sir eta olish, 
tashkilotchilik faoliyatiga moyillikni oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchi oʻzini anglab yetishi, oʻziga xos 
xususiyatlarini, intilishlari, imkoniyatlari, kamchiliklari va uning sabablari, kasbiy faoliyatning oʻziga xos 
tomonlari va muvaffaqiyatga erishish shartlarini, oʻzining ustun tomonlarini, mazkur faoliyatning samarali 
kechishini ta’minlovchi imkoniyatlar va turli yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan vazifalarni yaxshi bilishi kerak. 
Bunday imkoniyatlarni oʻz kasbiy faoliyatida ochiq, erkin namoyon qila borib oʻqtuvchi bu bilan oʻquvchilar 
faoliyatida ochilmagan, imkon topilmagan, oʻziga xos xususiyatlarni, jumladan, tashkilotchilik faoliyati 
uchun zarur boʻlgan sifatlarni yuzaga chiqarish, ulardan foydalanish uchun keng imkoniyat yaratiladi.
Oʻquvchini dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarni kechishiga tezkor, oqilona, mustaqil, ijodiy 
munosabatlarni bildirishga tayyorlash muhimdir. Yangi avlod va uni rivojlanishi, moslashuvi, oʻzini va 
boshqalarning faoliyatini boshqarish bilan bogʻliq muammolarning yuzaga kelishi va uning yechimini 
topishga doim tayyor turish bugungi kun oʻqituvchisi oldidagi asosiy vazifatardan biridir. 
Oʻquvchilarning mustaqil ijodiy bilish jarayonini tashkil etish va yoʻlga qoʻyishda paydo boʻlgan 
maxsus, jumladan, tashkilotchilik sifatlarini tarbiyalash, ijodiy xarakterdagi vazifalarni hal etishga 
yoʻnaltirilgan oʻqituvchi faoliyatida yangi vosita, usul, shakllarni doimo izlab topishga ehtiyojni 
shaklantirish muhimdir.
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda o`qituvchi quyidagi talablarga 
amal qilishi lozim: 
1. Oʻqituvchining oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayoniga 
pedagogik va metodik jihatdan toʻgʻri yondasha olish. 
2. Oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga tarbiyaviy ta’sir qoʻllanganda, ularning qiziqishi, faolligi, 
shaxsan tashabbusini inobatga olish. 
3. Har bir topshiriqni bajarishda mas’uliyat, burch hissining shakllanishi, oʻzaro yordamlashishga 
intilish, oʻz ustida mustaqil ishlashi, birdamlik, kerak boʻlgan paytda boʻysunish odatlarining tarkib topishi. 
4. Oʻqituvchining faoliyatni amalga oshirish tartibi yuzasidan toʻgʻri tushuncha berishi, bola erishgan 
yutuqlarga munosib baho berish, ragʻbatlantirish. 
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi faoliyat shakllaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
1) dars jarayoni-oʻquvchilarga ijodiy topshiriqlarni berish; ularni muammoli vaziyatlarni hal qilishga 
jalb etish; 
2) darsdan tashqari ishlar jarayonida oʻquvchilarning ommaviy tadbirlar (kechalar, bayramlar, 
festivallar, aksiyalar, forumlar, musobaqalar, intellektual bellashuvchilar va hokazolar)da faol ishtirok 
etishlarini ta’minlash; toʻgaraklar (fan toʻgaraklari, mohir qoʻllar va badiiy havaskorlik)ga jalb qilish
3) maktabdan tashqari sharoitda - yoshlar tashkiloti tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarda ishtirok 
etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. 
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda 
ijodiy topshiriqlarning
oʻrni 
katta boʻlib, oʻquvchi topshiriqni bajarish jarayonida oʻzini oʻrab turgan moddiy borliq bilan bevosita 
muloqotga kirishadi. O`quvchida turli ijodiy topshiriqlarni bajarishga nisbatan koʻnikma va malakalarning 
hosil boʻlishi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli boʻlishini ta’minlaydi. Ijodiy topshiriqlarning didaktik va 
https://buxdu.uz



Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish