# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
92
Ta'lim oʻqitish, oʻqish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir. Axborot olish
madaniyatini tarbiyalash ta'lim jarayonida amalga oshadi. Egallangan bilimlar oʻquvchilarni izchil
shakllantirib borishini ta’minlaydi.
Ta'lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, koʻnikma va malakalar faqatgina sinfda
oʻqitiladigan darslarda shakllanib qolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrogʻi axborot-kutubxona
muassasalarida mustaqil tarzda shugʻullanish orqali egallanadi.
Axborot-kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni koʻrsatadiki, axborot olish madaniyatini
tarbiyalashning eng samarali vositasi - axborot- kutubxonachilik bilimlarining oʻquvchilar orasida targʻib
qilishdir. Buning eng samarali yoʻllaridan biri - axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi.
Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma'lumot berish axborot-kutubxonachilik
darslarining negizini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni
bevosita oʻqish, eng muhimi, uni uqish, oʻrganish malakalari singdirib borilishi kerak. Shuningdek, elektron
kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma'lumotlar bazalari haqida axborotga ega boʻlish, ulardan
foydalanishni oʻrganish kabilar kiradi. Bu esa oʻz-oʻzidan amalga oshadigan, joʻn narsa emas, albatta.
Buning uchun axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi.
Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib oʻtish
lozim. Tajriba shuni koʻrsatadiki, axborot-kutubxonachilik darslarini oʻtkazish uchun sinfdan tashqari darslar
va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni,
nazariy va amaliy dars soatlari, oʻqituvchi va kutubxonachi oʻtkazadigan soatlar, darsni oʻtkazish joyini,
ya'ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida oʻtkazilishini aniqlab olish zarur.
Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, koʻpgina oʻqituvchilar
dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan boʻlsalar-da, axborot-kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va
malakaga ega boʻlmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli ham oʻqituvchilarga axborot-
kutubxonachilik sohasidan ma'ruzalar oʻqib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish,
kutubxonachilarga esa dars oʻtish qoidalari, uslubiyotini oʻrgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun
talablaridan kelib chiqqan holda oʻquvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning oʻta muhimligini
hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yoʻlga qoʻyish zarur. Avvalo, buning uchun
masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik darslarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan
qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy oʻrta ta'lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar
faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va oʻtkazishning aniq
shakllarini ishlab chiqish zarur.
Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va
mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning oʻzi ham yuksak didga ega va ma'rifatli va
bilimli boʻlishlari kerak. Ma'lumki, bola kitob oʻqishni bilgan taqdirdagina, kitob uning ma'naviy hayotida
muhim rol oʻynaydi. Kitob bolaning ma'naviy boyishi uchun uni ma'naviy, aqliy, estetik oʻsishga yoʻllashi
zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga oʻqib berilgan birinchi kitob boʻlsa, ikkinchisi, bola otasi
va onasining oʻqishini eshitib, badiiy obrazlar goʻzalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va
ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi oʻsmirlik davrida uning ma'naviy hayotining barcha sohalari: mehnat,
oʻyin, musiqa, bolalar ijodi bilan bogʻliq boʻlib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur.
Chunki, bola hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, oʻyin va musiqasiz tasavvur etish qiyin.
Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub
mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma'nan
barkamol shaxs boʻlib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson
ma'naviy dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir.
Haqiqatan ham, kitobxonlik insonni barkamollikka yoʻllasa, uni oʻqimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka
olib kelib, natijada bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson
hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda
ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa, farzandni kitobga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish
mumkin emas.
Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson
ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum
tizimidir. Bu tizim oʻsmirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat boʻlib, oʻzbek
oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda toʻplangan boy tajribasiga asoslanadi.
Oʻzbek oilasi bugun eski totalitar jamiyat mafkurasi singdirilgan kitoblardan voz kechmoqda. Yangi
mazmun va mohiyatga ega boʻlgan kitoblar tanlanmoqda. Bu jarayonda kitobxonlik pasayganday koʻrinsa
ham, aslida u sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |