Supporting concepts: reading, internet, magazine, reading culture, information, children's reading.
Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondashuv turli davrlarda turlicha boʻlgan. Har bir davrning oʻz
ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati oʻz
fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor berilgan.
Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “Oʻqish madaniyati” kabi atamalar bilan
qoʻllanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.
“Mutolaa” soʻzi arabcha “oʻqish” degan ma'noga ega boʻlsa-da, bugungi kunda u kitob oʻqishdan
koʻra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar,
uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma'lumot olishga yoʻnaltirilgan jarayon, xulq-atvor va
faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi oʻzgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar,
me'yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chogʻda mutolaa madaniyatini ta'lim tizimlari
orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma'lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar
(badiiy, ilmiy, oʻquv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu
kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qoʻllanma va hokazolar),
shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a'zolari,...) orqali ega boʻlinadigan
turli yoʻnalish va shakldagi umumiy ma'lumotdan farqlash lozim boʻladi” 2. Professor E.I.Yoʻldoshev
“Oʻqish madaniyati” tushunchasiga shunday ta'rif beradi: “Oʻqish madaniyati - juda keng qamrovli
tushuncha boʻlib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash
haqidagi maxsus bilimlarga ega boʻlishni, shuningdek, kitobdan toʻla ravishda foydalanishga yordam
beruvchi koʻnikma va malakaga ega boʻlishni taqozo etadi”.
Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni toʻgʻri tushunish, undan estetik zavq olish,
shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot-bibliografiya va barcha
turdagi axborot materiallaridan oʻzini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari
orasidan kerakli, muhim boʻlgan ma'lumotlarni ola bilish, oʻz kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish,
axborot-kutubxona muassasasidan toʻgʻri foydalanish yoʻllarini oʻrganish ham axborot olish madaniyati
tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini toʻliq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon
terminini qoʻllash oʻrinlidir.
Safo Matchon: “Kitobxonlik - oʻqilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib oʻqish, ya'ni
maqsadli oʻqishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi boʻlgan fikrini
nechogʻli uqishini, ya'ni asar “tili”ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi koʻrsatadi. Shu
tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi”.
Uning fikricha kitobxonlik talanti tugʻma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida
gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: “Kitobxonlikka oʻrganish
uchun qanchalik koʻp vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80
yilini bagʻishladim, lekin hali ham oʻrgandim, deb ayta olmayman”.
Professor V.F.Asmus oʻzining “Kitobxonlik - mehnat va ijod” nomli maqolasida esa kitobxonlikka
shunday ta'rif beradi: “Mutolaa vaqtida asar bir koʻzadan ikkinchi koʻzaga quyilgan suv kabi kitobxon
miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi”. “Taraqqiy etgan хorijiy
mamlakatlarda,- deb yozadi X.Toʻxtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga koʻtarilgan. Kitobxonlik kitobni
targʻib qilishgina emas, balki kitob oʻqishni, oʻqiladigan kitobni tanlay olishni, magʻzini chaqishni, ya'ni
kitob yordamida oʻzini anglashni oʻrgatish hamdir”.
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |