\ 33-mavzu: hozirgi zamon globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitidagi iqtisodiy qarashlar, G’oyalar, ta’limotlar. Reja


Valuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, "Suzib yuruvchi kurs"



Download 112,8 Kb.
bet4/7
Sana03.07.2022
Hajmi112,8 Kb.
#738176
1   2   3   4   5   6   7

21.3.Valuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, "Suzib yuruvchi kurs"


Iqtisodchi olimlar xalqaro valuta munosabatlariga alohida e'tibor beradilar. Valuta bozorida milliy valuta chet el valutasiga (masalan, AQSH dollari, Meksika pesosi, nemis markasi, iyena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv (valuta) kursi - bu chet el valutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o`zgarib turishi mumkin. Valuta kursini stabil (turg`un) qilish uchun to`lov balanslarining tengligiga erishish yo`li taklif etiladi.
30-yillargacha to`lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan "klassik" nazariya ustun mavqega ega bo`lgan. Bu g`oyaga ko`ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning o`zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog`liq, oqibatda barcha mamlakatlarning to`lov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko`pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o`tib oldilar ("Oltin standarti" XIX asrda va XX asrning ma'lum davrida amalda bo`lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQSHda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda to`lov balansini tartibga solishda asosiy e'tibor davlatning hisob stavkasiga ta'siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag`batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to`lov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflatsiya yo`li) yoki milliy valutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi.
60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga sabab bo`ldi, yana neoklassik yo`lga qaytildi, ya'ni davlatning iqtisodiy, shu jumladan valuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valutalar kursining erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o`z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak edi. Ammo, valuta kursi o`zgarib turishining to`lov balansiga ta'siri cheklangan xarakterga ega bo`ladi (masalan, valutaning "suzib yuruvchi kursi" paytida bu narsa aniq bo`lib qoldi), chunki to`lov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq. To`lov balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog`liq bo`ladi. Valuta kursining qalqib turishining o`zi ham xalqaro valuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. So`nggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan (fiksatsiya qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan kursdan elastik (qayishqoq) valuta kursiga o`tib oldilar. Absolut elastik valuta kursida almashuv kursi valuta bozoridagi teng kuchli valuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chogida esa valuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo`yicha xorijiy valutani har qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o`ziga oladi.
Valutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog`liq:

  1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda ichki baholarning o`sishi valuta kursining pasayishiga olib keladi (xarid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi);

  2. Savdo oqimi bilan bog`liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yo`qotilishi, defitsit, ya'ni valuta arzonlashuvini keltirib chiqaradi.

  3. Kapital oqib o`tishi. Mamlakat ichida foiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi.

Chegaralangan va elastik valuta kurslarini solishtirganda qaysi biri ustunligini aniqlash qiyin. Elastik almashuv kursi odatda, qisqa vaqt davomida turg`un bo`lmaydi, ammo uzoq muddatli rejalarda zaruriy elastiklikka ega bo`ladi. Aksincha, chegaralangan almashuv kurslari qisqa muddat uchun samarali, ammo uzoq kelajak uchun o`ta noelastikdir. Bu tizimlarning hech qaysisi narxlar barqarorligi va to`la bandlik bo`yicha to`la ustunlikka ega emas. Valuta kursining sun'iy ravishda yuqori bo`lishi ishsizlikka olib keladi, past bo`lishi esa inflatsiyani kuchaytiradi.
Likvidlik (xaridorgirlik) muammosini hal etish borasida iqtisodchilar (J.M.Keyns, R.Triffin va boshqalar) "yuqori likvidlik boshqariladigan valuta" chiqarishni tushunadilar yoki xalqaro valuta munosabatlariga ichki qog`oz-pul munosabatini tartibga soladigan tamoyillarni qo`llashni taklif etadilar. Oxir-oqibatda bu loyihalarning mohiyati shundaki, to`lov balans saldosi aktiv bo`lgan davlatlar to`lov balansi defitsit (kamomad) bo`lgan davlatlarga kredit berishga majbur qilishga qaratiladi. Shu maqsadda xalqaro valuta chiqarish taklif etiladi. Bu valuta qo`shimcha likvidli mablag`ni ta'minlaydi va passiv to`lov balansiga ega bo`lgan mamlakatlar bevosita aktiv saldoga ega bo`lgan davlatlarga murojaat etmasdan, o`z passivlarini qoplash imkoniga ega bo`ladi. Bu g`oya 1969 yilda amalda realizatsiya qilindi.

Download 112,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish