\ 33-mavzu: hozirgi zamon globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitidagi iqtisodiy qarashlar, G’oyalar, ta’limotlar. Reja



Download 112,8 Kb.
bet2/7
Sana03.07.2022
Hajmi112,8 Kb.
#738176
1   2   3   4   5   6   7
E . Xeksher demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani "tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi sharoitning mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi (eskirish) fazasi mazqur mahsulot o`rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo bo`lishi bilan bevosita bog`liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat sifatida AQSH misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi.
Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha texnika progressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo`linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin.

Download 112,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish