# 3-son 2019. indd



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

Atajon AVAZBOYEV,
Nizomiy nomidagi Tоshkent Davlat
pedagogika universiteti dotsenti
UZLUKSIZ KASB-HUNAR TA’LIMIDA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIMINING O‘RNI VA  AHAMIYATINI 
О‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN 
FOYDALANISH
Annotatsiya


66
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, о‘quv dasturlar va о‘quv-uslubiy material-
larini keng joriy qilish;

pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, 
xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini о‘tkazish, 
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bо‘yicha о‘qitish;
1
 
Bundan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ta’limning birinchi galdagi vazifalaridan biri bu 
– OTMlari ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiya-
larni qо‘llash va interfaol ta’lim metodlaridan foydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etishdir. 
O‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlari o‘quvchi-talabalarning mustaqil 
fikrlash  faolligini  oshirishi,  ularda  ilmiy  dunyoqarash,  imon-e’tiqod,  ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni tarkib toptirish kerak.
2
 Shu nuqtai nazardan olib qaralsa, ta’lim metodlari va 
innovatsion pedagogik texnologiyalardan ta’lim jarayonida o‘rinli hamda samarali foy-
dalanish zarur.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda о‘quvchilarning о‘quv va ijodiy faollikla-
rini oshiruvchi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik tex-
nologiyalarni qо‘llashga doir katta tajriba tо‘plangan bо‘lib, bu tajriba asosini interfaol 
metodlar tashkil etmoqda.
Bu metodlar, о‘z mohiyatiga kо‘ra, ta’lim oluvchilarda о‘quv-bilish faolligini  oshirish, 
ularni kichik guruh va jamoada ishlash, о‘rganilayotgan mavzu, muammolar bо‘yicha 
shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, о‘z fikrlarini himoya qilish hamda dalillar bi-
lan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud 
mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyati-
ga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
3
Interfaol ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, kо‘nikma, malaka hamda muay-
yan  axloqiy  sifatlarni  о‘zlashtirish  yо‘lida  birgalikda,  о‘zaro  hamkorlikka  asoslangan 
harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim hisoblanadi. Interfaol ta’lim metodi esa 
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, kо‘nikma, malakalarni о‘zlashtirish yо‘lida bir-
galikda, о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim 
metodi hisoblanadi.
“Kasb  ta’limi”  ta’lim  yо‘nalishlari  о‘quv  rejasidagi  “Kasbiy  pedagogika”  fanidan 
“Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida kasb-hunar ta’limining o‘rni va ahamiyati” mav-
zusiga tegishli “O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tuzilishi” to‘g‘risidagi o‘zga-
rishlarni “Ikki sahifali kundalik” grafik organayzer interfaol ta’lim metodi orqali о‘rganish 
texnologiyasini kо‘rib chiqamiz.
Mazkur “Ikki sahifali kundalik” grafik organayzer (GO) talabalarga о‘rganiladigan 
mavzu bо‘yicha tayanch tushunchalar mohiyatini yetkazish va ularni qanchalik о‘zla-
shtirilganligini tahlil qilishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tuzilishi 1997-yilda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da belgilab berilgan. Bu qonun va dasturdan keyin qabul qilingan O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
1
  О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  20-apreldagi  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-2909-sonli qarori.
2
 A.I. Avazboyev,Y.U. Ismadiyarov Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Cho‘lpon nomidagi 
nashiryot ijodiy uyi. – 2014- 300-b.
3
 Interfaol metodlar: mohiyati va qо‘llanilishi. Metodik qо‘llanma. Tuzuvchilar: D. Rо‘ziyeva, M. 
Usmonboyeva, Z. Holiqova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2013. – 136-b.


67
asosida uzluksiz ta’lim tuzilishiga ayrim o‘zgarishlar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ikki sahifali kundalik” grafik organayzer yordamida qiyosiy 
о‘rganish talabalarning mavzuni puxta о‘zlashtirishlariga yordam beradi.
Quydagi jadval asosida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tuzilishi ta-
yanch tushunchalarining mohiyati yoritib beriladi. Kundalikning birinchi sahifasida 
mavzuga oid eng muhim tushunchalar, ikkinchi sahifasida О‘zbekiston Respublikasi-
ning “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
asosida ularni mantiqan tо‘ldiruvchi tushunchalarning sharhlari yoki nazariyasi, bilim-
larning asoslari, ularning tarkibiy elementlari qayd etiladi.
“Kasbiy pedagogika” о‘quv fanidan “Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida kasb-hu-
nar ta’limining o‘rni va ahamiyati” mavzusiga tegishli “Uzluksiz ta’lim tuzilishi” va bu 
sohadagi o‘zgarishlarni o‘rganish chog‘ida kundalikning sahifalarida quyidagi tayanch 
tushunchalar, bilimlar yoritilishi mumkin:
Birinchi sahifada uzluksiz ta’lim turlari (1), Ikkinchi sahifada uzluksiz ta’lim turining 
1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastu-
ri”ga asosan (2) yangi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon 
va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari (3) mazmuni qiyosiy tahlil qilinadi:

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish