# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
● axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
● tayanch iboralarga asoslanish;
● mustaqil ishlarni tashkil etish;
● yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish;
● ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish;
● ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash;
● fanlarning aloqadorligini o‘rnatish va hokazo.
Bu jarayonda o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy vazifalar quyidagilardir:
● o‘quvchida o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;
● o‘quvchiga o‘z vaqtida kerakli yordam berish.
Shu munosabat bilan o‘quv fani ta’lim mazmuni va metodlarini o‘zida aks et-
tiruvchi vosita sifatida barcha talablarni inobatga olgan holda tayyorlanishi lozim.
ATlarining multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonini tashkil qilish metodika-
si an’anaviy o‘qitish uslubidan tubdan farqlanib, u pedagog xodimlar va o‘quvchi-tala-
balar uchun:
● o‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishida taqdim etish;
● differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilish;
● o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lash;
● o‘z-o‘zini nazorat qilish va tuzatib borish;
● o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etish va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatish;
●  fan  mavzularida  animatsiya,  grafika,  multiplikatsiya,  ovoz  kabi  kompyuter  va 
axborot texnologiyalaridan foydalanish;
● o‘quvchi-talabalarda fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilish;
● o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun yangi sharoit yaratish;
● masofadan o‘qitish tizimini o‘quv adabiyotlari sifatida qo‘llash;
● ta’lim tizimida o‘quv-laboratoriya ishlarini bajarishda tejamkorlikka erishish kabi 
imkoniyatlarni yaratadi.
Bu boradagi izlanishlar ta’lim tizimida zamonaviy ATlarni joriy qilish bilan bog‘liq 
ekanligini, ulardan maqsadli foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga 
olib kelishini ko‘rsatmoqda.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, axborot texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri 
multimedia komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yarati-
lishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil qilishda 
bu dasturiy vositalarning o‘rni salmoqlidir. Multimedia vositalarini o‘quv jarayonining 
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda qo‘llash yangi shakl va metod-
larni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Fan o‘qituvchilari kompyuter sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda mavzu-
ga oid laboratoriya, amaliy ishlarning kompyuterda immitatsion modelini yaratadilar. 
Bunday ko‘rinishdagi laboratoriya ishlari O‘Klar deb yuritiladi.
O‘K – bu ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha axborot texnologiyalari asosida talabalar-
ning nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv ishlaridir.
O‘Klar yaratishdan maqsad amaliy va labaratoriya ishlarini bajarish uchun axbo-
rot texnologiyalaridan keng ma’noda foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Shuning 
bilan bir qatorda, O‘Klarning yaratilishi o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik-axborot 
texnologiyalari asosida laboratoriya ishlarini bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, 
O‘Klarning yaratilishi natijasida laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan 
(zaharli moddalar, materiallarning yetishmasligi) ishlarni bajarib ko‘rsatish va ular aso-


111
sida o‘tkazilayotgan ishlarni ekologik sof muhitda bajarish imkoniyatini beradi. O‘Klar-
dan amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanish o‘quv jarayonining sama-
radorligiga erishishni ta’minlaydi. O‘Klar uchun kompyuterda yaratilgan laboratoriya 
ishlarini o‘quvchi-talabalar o‘zlari uchun qulay va zarur vaqtlarda ko‘rishi, takror baja-
rishi, muhokama qilishi kabi imkoniyatlarga egadirlar. Bu esa ularning o‘zlashtirish sifat 
ko‘rsatkichini oshirishga olib keladi. Yana muhim tomonlaridan biri – bu O‘Klardan foy-
dalanilganda o‘quv materiallari sarf qilinishining tejalishidir. Chunki kompyuterda O‘K 
bilan shug‘ullangan o‘quvchi-talabalar laboratoriya sharoitida ishlatilayotgan (reaktiv 
va shunga o‘xshash) materiallarni isrof qilmasdan, kerakli me’yorda ishlatishga tayyor 
holda kelishadi. O‘qitish samaradorligini oshirishda o‘quvchi-talabalarning mustaqil 
ishlashga bo‘lgan nazariy, amaliy va psixologik tayyorgarliklari muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, o‘quv muassasalarining ish rejasida talabalarning mustaqil ishlashlari 
uchun ma’ruza darslaridan kam bo‘lmagan miqdorda soat ajratiladi. Ushbu mustaqil 
ishlash uchun ajratilgan soatlardan qanday unumli foydalanish va uni qaysi shakl, 
usullar bilan tashkil qilish lozim? - degan o‘rinli savollar paydo bo‘ladi.
Bu savolga javob topish uchun o‘quv jarayonini doimiy ravishda takomillashtirib bo-
rish talab etiladi. Nazarimizda, o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlash soatlarini kompyu-
ter-axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish katta samara beradi. Bu 
masalaning yechimini topishda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quv materiallarini elektron 
nusxada chop etish juda qo‘l keladi. Mustaqil ishlash uchun ajratilgan soatlarda kompyu-
ter sinflarida o‘quvchi-talabalar uchun zamonaviy kompyuter-axborot texnologiyalari aso-
sida shug‘ullanish imkoniyatini yaratish va bu sinflarda ularga kerakli fanlar, laboratoriya 
ishlariga doir mavzularni kompyuterdan olib o‘qishi va shug‘ullanishi uchun sharoit bo‘lishi 
lozim. Bunday ko‘rinishda mustaqil soatlarning tashkil qilinishi o‘quvchi-talabalarning o‘z-
lariga qo‘l keladi va kerakli vaqtda fanlardan shug‘ullanish imkoniyatini beradi. Agarda 
o‘quv materiallari multimedia vositalari asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bunda talabalarning 
mustaqil ishlash jarayonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yanada yuqori bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, dars jarayonida elektron nusxada berilgan o‘quv-material-
lardan o‘quvchilarga beriladigan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab borish, bunda 
muammoli nazariyalarni vujudga keltirish, qo‘yilgan muammoni o‘quvchilar bilan bir-
galikda yechish, ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi, o‘tilgan mavzu 
mohiyatini tushunib olishlariga yordam beradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish