“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
• mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
• bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga yor-
dam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoli-
yatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Ax-
borot texnologiyalari ta’limni amalga oshirish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirish-
ga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash
imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining
butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga
oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini
rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot tex-
nologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
ATlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishda ma’ruza darslariga alohida e’tibor beriladi
va bu o‘qitish metodi oliy ta’limda muhim o‘qitish shakllaridan biri hisoblanadi. Ma’ruza
darslarini nazariy, g‘oyaviy tomonlarini takomillashtirish uning o‘quv jarayonidagi ahami-
yatini yanada oshib borishini ta’minlaydi. Ko‘pgina pedagog-olimlar ma’ruza darslarini
rivojlantirish o‘qitish sifatining oshishiga olib kelishini ta’kidlaganlar. Ma’ruza o‘qishning
maqsadi talabalarni amaliy, laboratoriya ishlari hamda o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil
ishlay olishlarini ta’minlash uchun ularni o‘quv materiallari bilan qurollantirishdan iborat.
Ma’ruza darslarini o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish uchun ularda ma’lum
darajada bilim, iroda, mehnat hamda diqqatni jalb etish kabi hislatlarning bo‘lishi talab
etiladi. Shuning uchun ma’ruza darslarini o‘tishda o‘quvchi-talabalarning o‘qituvchilar
bilan hamkorlikda ishlashlarini ta’minlash katta samara beradi. Shu bilan bir qatorda,
o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlashlari uchun ham alohida e’tibor va sharoit yarat-
moq lozim. O‘quvchi-talabalar mavzu ustida qancha ko‘p bosh qotirsalar, uni shuncha
ko‘p tushunadilar va eslab qoladilar. Tushunib, eslab qolish bilim olishning eng yaxshi
va mustahkam usullaridandir.
Mustaqil shug‘ullanish o‘quvchi-talabalarda psixologik jarayonlarni rivojlantirishga
sabab bo‘ladi va keyinchalik mavzuni tushunishlari uchun ularni keng miqyosda fikr-
lash, voqea-hodisa hamda faktlarni tahlil qilishga tayyorlab boradi. Shuni ta’kidlash
lozimki, ma’ruza darslarini o‘tishda mavzularga doir didaktika elementlarini qo‘llash
ham yaxshi samara beradi. Shu sababli ma’ruza darslariga tayyorgarlik ko‘rish alohi-
da o‘rinda turadi. Bu esa zamonaviy vositalardan foydalanish, mavzu bo‘yicha o‘quv-
chi-talabalarga o‘quv materiallarini ko‘rish, eshitish, taqqoslash, obrazlar ko‘rinishida
taqdim etish kabi komponentlarning kiritilish imkoniyatlarini yaratadiki, bular ma’ruza
darslari samaradorligini oshirishga olib keladi.
An’anaviy o‘qitish metodikasining kamchiliklari to‘g‘risida pedagogika sohasidagi
ko‘pgina adabiyotlarda fikrlar mavjud. Jumladan, V.I. Onishenko va M.N. Gendinlar-
ning fikricha, hozirgi vaqtda ma’ruza – umumlashtiruvchi jarayonni bildirib, bir tomon-
dan, o‘qituvchining ma’lumotlar berishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, u talabalar-
ning qabul qilish jarayonini ifodalaydi. Har bir fanni o‘qitish uchun, odatda, belgilangan
maqsadga ko‘ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o‘zlashtirish uchun mos metodlar,
o‘quv vositalari va nihoyat mos o‘qitish shakli tanlanadi.
Albatta, ta’lim berish sifatini oshirish uchun o‘qituvchi tomonidan ma’ruza o‘qishda
berilayotgan materialni har xil ko‘rinishda (nutqning darajasi, past yoki baland, takror-
lash, qo‘shimcha namoyish qilish) bayon qilishi mumkin.
109
Ikkinchidan, o‘qituvchi bunga qachon ehtiyoj tug‘ilganligini aniq bilmasligi mumkin.
Bunga talabalarning ma’ruza darslarini ma’lum qismlariga faol ishtirok etmaganliklari
sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, oqibatda darsdan darsgacha bo‘lgan materialni o‘z-
lashtirmaslikka olib keladi. Shu ma’noda, axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga
qo‘llashda o‘quv-materiallarini elektron nusxa shaklida joriy etish o‘quvchi-talabalar va
pedagog-xodimlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun,
metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog‘liq.
Shu o‘rinda hozir fanlarni o‘qitish uchun tuzilgan o‘quv fanlari davr talabiga javob bera
oladimi? degan savol tug‘iladi. Ta’limda hamma vaqt mazmun va metodlar muammo-
si mavjud bo‘lib, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi
muammolar “kimni qanday o‘qitamiz?” degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim
metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Bu ikki
muammo bir-biriga qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
O‘quvchi (talaba)larning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan
bilimlarni o‘zlashtirish layoqatiga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va
metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga xos mazmunini bayon qilish mantiq va
usullari mavjud.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti) yaratish
va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘quv fanlari o‘quvchining
barcha talab-ehtiyojlarini qoniqtirishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar talablari asosi-
da “avval o‘qish, so‘ngra bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qish” prinsipiga asoslanish,
talabaning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarni
egallashda soddadan-murakkabga qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgi-
lash, o‘quvchilarga individual va tabaqalashgan holda yondashish kabi xususiyatlarni
hisobga olish lozim.
Metodikaning vazifalari va muammolarining to‘g‘ri hal qilinishi uchun fanlarni
o‘qitish konsepsiyalarini yaratish hamda fanlarning mazmunini qanday izohlashdan
iborat bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki muammoning yechimini topish kerak bo‘ladi.
Fanlarning o‘qitish konsepsiyalari 80-yillarda yaratilgan. Hozirga kelib ilm-fanning ja-
dal taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi natijasida fanlarni o‘qi-
tish maqsadlari ham o‘zgarib bormoqda. Shu munosabat bilan bu konsepsiyalarni
qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Fanlarning mazmunini izohlash muammolari va
mazmuni o‘quvchi diqqatini tortishi, qiziqtirishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘la-
nishini ta’minlashdan iborat. An’anaviy metodikada o‘quvchi shaxsining rivojlanishini
hisobga olgan holda bilimni ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga axa-
miyat bermasligi ayon. O‘qituvchi o‘quvchiga iloji boricha o‘rganilayotgan fanning
mavzusidan ko‘proq ma’lumot berishga harakat qiladi. Shu bilan bir qatorda, o‘qi-
tuvchi axborotlarni to‘plash, ularni tanlash va qayta ishlash, o‘rganilgan (o‘rgatilgan)
axborotlarni qo‘llash kabi bilimning uchta bosqichidan iborat modeliga hamma vaqt
rioya qilavermaydi.
Keyingi navbatda, o‘quvchining bilim faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘o-
nasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim
ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi.
O‘quvchi bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi:
● fanni o‘rganishga qiziqtirish;
● muammoli metodlarni qo‘llash;
110
Do'stlaringiz bilan baham: |