# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
ki tafakkur qila bilishga, dunyoqarashiga va ilm darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun 
e’tiqodni hech qanday shaxsga majburan qabul qildirib bo‘lmaydi, faqat uni tarbiya-
lash, shakllantirish, rivojlantirish mumkin. E’tiqod imonning asosi bo‘lib, u bolaning 
kundalik axloqiy-ma’naviy ehtiyojiga aylangan sari insonda imon mustahkamlanib bo-
radi, ayniqsa halol bilan ifloslikning farqini chuqur anglay boshlaydi, tabiatga, atrof-mu-
hitga nisbatan o‘z vijdoniga zid ish qilishdan o‘zini saqlaydi. Bu esa o‘quvchi shaxsida 
insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘usini ekologik ongni va madaniyatni shakllanishiga 
olib keladi.
Tabiat hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani bilish, anglash, his etish ekologik ongni 
va madaniyatni shakllanishida muhim qonuniyat hisoblanadi. O‘quvchi tabiat hodisala-
ri o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirni bilish zamirida tabiatning o‘ziga xos xususi-
yatlarini bilib boradi, unga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishga o‘rganadi.
Ekologik ongni va madaniyatni shakllantirish jarayonida analiz, sintez, qiyoslash 
metodlaridan dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida foydalanish za-
mirida amalga oshiriladi. Bunda dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning im-
koniyatlari, jonli tabiatning bola shaxsining ruhiyatiga ta’siri, bola yashaydigan muhit, 
ekologik holat, ekologik ma’lumotga ehtiyoj nazarga olingan taqdirda ijobiy natijaga 
erishishi mumkin bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik qadriyatlar vositasida ekologik ongni 
shakllantirishda dastlab har bir tarbiyaviy tadbirning o‘quv-tarbiyaviy vazifalari belgila-
nadi. Unda qo‘yidagi pedagogik talablarga rioya etish taqozo etiladi:

har bir tarbiyaviy tadbirning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchilik imkoniyat-
larini aniq belgilab olish;

o‘tkaziladigan har bir tadbirning tabiatshunoslik, mehnat ta’limi, tasviriy san’at, 
o‘qish, ona tili va boshqa fanlarning ekologik ta’lim-tarbiya mazmunidagi mavzularga 
mos kelishi;

ekologik ta’lim-tarbiya mazmunining fanlararo, dars va darsdan tashqari tarbi-
yaviy ishlararo aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, 2-sinfda ‘‘Tabiat va inson’’ mavzusida o‘tkaziladigan ertalikda ushbu ma-
sala qo‘yidagicha belgilanishi mumkin.
1) Mashg‘ulotning ta’limiy vazifasi xonaki va yovvoyi o‘simliklar dunyosining o‘za-
ro aloqasini o‘rganish, o‘quvchilar ongida tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi haqida 
tushuncha hosil qilish ekologik-madaniy qadriyatlarning inson ma’naviyatidagi o‘rnini 
mohiyatan anglashni shakllantirish; rivojlantiruvchilik vazifasi esa – o‘quvchilarda o‘z 
o‘lkasi o‘simliklar dunyosi haqida mustaqil fikr-mulohazalar paydo etish;
2) O‘simlik dunyosini himoya etish, atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan inso-
niyat faoliyatini haqqoniy baholay olish malakasini rivojlantirishdan iborat. 
Tarbiyaviy vazifalari:
1) o‘quvchilarda alohida o‘simliklar va hayvonot olamini emas, balki butun at-
rof-muhitni qo‘riqlash ehtiyojini uyg‘otish;
2) tabiat qo‘ynida o‘quvchi shaxsida axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish;
3) mehnatga muhabbat – o‘zbek xalqining eng oliy hayotiy ehtiyoji, milliy qadriyati 
ekanligini anglab yetishga erishish;
4) mehnat qilish ehtiyojini oshirish va mehnat ahliga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, 
ularning kasbiga qiziqish uyg‘otish;
5) maktabda, oilada tabiat burchaklarini tashkil etish, uni avaylab-asrashga o‘rtoq-
lari, oila a’zolarini jalb etish zamirida ekologik tarbiyada o‘zaro hamkorlikka erishish.


101
Umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan darsdan tashqari ish-
larning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchilik vazifalarining muvaffaqiyati ekologik 
ta’lim-tarbiya jarayonida bola qalbiga ruhiyatiga majburiy kirib bormaslik, ma’naviy 
dunyosiga so‘roqsiz ta’sir ko‘rsatmaslikka bog‘liqdir.
Ekologik ongni shakllanishiga maktab jamoasining ma’naviy sog‘lomligi, ish us-
lubining haqqoniyligi, o‘qituvchilarning o‘zaro va o‘quvchilar o‘rtasidagi hurmati, xay-
rixohligi, talabchanligi ham muhim rol o‘ynaydi.
O‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan haqqoniyligi, g‘arazsizligi, o‘quvchi xarakterida 
saxiylik, to‘g‘rilik, tabiatga, atrof-muhitga muhabbat hissini paydo bo‘lishiga, xatti-hara-
katdagi ba’zi bir nomunosib, ya’ni o‘simliklar va hayvonot olamiga loqayd munosabat 
atrof-muhit tozaliga e’tiborsizlik kabi ko‘rinishlarni o‘z vaqtida bartaraf etishlariga zamin 
bo‘ladi. Bu esa, o‘quvchining tabiat va jamiyat hodisalari haqida puxta bilim olishiga, 
shu bilim olish jarayonida ekologik ongi, ekologik madaniyatining shakllanishiga olib 
keladi. 
Shunday qilib, ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik 
ong va madaniyatni shakllantirish ekologik tarbiyaning negizi hisoblanadi. Bu o‘rinda:

axloqiy-ma’naviy e’tiqodning paydo bo‘lishi;

o‘qituvchining kasbiy mahorati, bilimi va tajriba saviyasi;

ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ishonch va e’tiqodni tarkib toptirishda 
ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, shu asosda ularga tabiat va 
jamiyat qonuniyatlari haqidagi dastlabki bilim, malaka va ko‘nikmalarni singdirish;

ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda mavzularning ta’limiy, tarbiya-
viy,  rivojlantiruvchilik  xususiyatlarini  didaktik  talablar  asosida  yaxlit  amalga  oshirish; 
fanlararo o‘zaro aloqani samarali tashkil etish; ekologik bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
egallashda tabiat, jamiyat hodisalarini idrok etishga alohida e’tibor berish boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalashning muhim pedagogik shartlaridir.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish