“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
chuqur mavjud boyliklar bilan qurollantirishdan iborat. Shaxs ongi, faoliyati, tafakkuri
taraqqiyotini uning moddiy va ma’naviy boyliklarga, ijtimoiy turmush tarziga, ijtimoiy va
iqtisodiy tuzumga bo‘lgan munosabati belgilaydi. Agar shaxs jamiyatda mazkur masa-
lalarga ijodiy va ijobiy munosabatda bo‘lsa, ularning rivojlanishi uchun bevosita amaliy
ta’sir etsa, ularning dunyoqarashi shakllangan milliy ong va e’tiqodi o‘sgan ahloqiy va
ma’naviy kamol topgan har tomonlama barkamol shaxs sifatida o‘zligini namoyon etib
boradi.
Shaxs o‘zini turli faoliyatda namoyon etadi, bu jarayonda xatti-harakati, xulq-at-
vor normalari, atrof-muhitga munosabati shakllanib boradi. Shaxsda shakllanishi lozim
bo‘lgan axloqiy-ma’naviy xususiyatlar jamiyat, ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga ham
bog‘liqdir. Jumladan, bugungi kun uchun barcha yoshdagi kishilarda ekologik mada-
niyatni shakllantirish XXI asarning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Dunyo miq-
yosida ekologik vaziyatning insoniyat taqdiriga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi
barcha yosh tabaqadagi fuqarolarni, shu jumladan, umumta’lim maktabi o‘quvchilarini
ekologik ta’lim-tarbiya bilan qurollantirish, ekologik savodxonligini oshirishni taqozo
etadi.
Abu Ali ibn Sinoning ‘‘Tib qonunlari’’ asaridan toza suvning inson uchun o‘ta mu-
himligini, uning muhim xususiyatlarini, ya’ni ‘‘...suvlar tarkibidagi aralashma miqdori-
ga qarab farq qiladi...’’ yengilroq suv ko‘pincha yaxshiroq bo‘ladi.
2
O‘quvchilarda suv
ekologik qadriyat ekanligi, undan unumli foydalanishimiz bilan birga tabiatdagi boshqa
ekologik qadriyatlarni qadrlash ko‘nikmasini shakllantirish vazifalari turadi. Shu bilan
birga, ekologik ta’lim va tarbiyaning vazifalari o‘quvchilarga tabiat haqidagi ilmiy bi-
limlarni egallash; jamiyat va insoniyat uchun zarur bo‘lgan tabiatning ko‘p qirrali qad-
riyatlarini tushunish; shaxsiy gigiyena qoidalariga, toza-ozodalikka rioya etish mala-
ka va ko‘nikmalarini tarkib toptirish; atrof-muhit bilan munosabatda bo‘lish qoidalarini
o‘rgatish; tabiatga muhabbat qo‘yish ehtiyojlarini rivojlantirish; tabiatni sevish, avay-
lab-asrash va uni chiroy ochishiga, ko‘payishiga ongli ravishda hissa qo‘shish; tabiat
go‘zalligidan ilxomlana olish tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir. Ushbu vazifalarni
amalga oshirish zamirida yoshlarda ekologik savodsizlikni tugatishga erishish, tabiat-
ga madaniy munosabatni tarbiyalash yotadi.
Ekologik ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etish uchun quyida-
gi muhim qoidalarga tayanish talab etiladi:
•
tabiatni, atrof-muhitni ilmiy va hissiy idrok etishning birligini ta’minlash;
•
izchillik, davomiylik, fanlararo aloqa;
•
ekologik muammolarga o‘lkashunoslik munosabatida bo‘lish, milliy xususiyat
va imkoniyatlarga asoslanish;
•
faoliyatni aniq maqsadga yo‘naltirish.
Ushbu qoidalarga asoslanib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga javob-
garlik hissini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf yoshida bola ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘zgaradi.
Bu yoshda bolada tanqidiy tafakkuri shakllanadi, kattalarning fikriga tanqidiy munosa-
batda bo‘ladi. Berilgan topshiriqlarni o‘ylab bajaradi. Ularni qiziqtirgan savollar murak-
kablashadi, o‘z xulq-atvori, yurish-turishi, kattalar bilan munosabati nuqtayi nazaridan
butunlay o‘zgaradi. Ularda ekologik tajriba, bilim ham oshadi va ichki dunyosi sifat
jihatdan takomillasha boradi. Shuning uchun bu davr o‘ziga xos murakkab davr hisob-
2
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik saylanma asar. – T.:Xalq merosi, 1992. 1-jild. 298-b.;
2-jild. 298-b.; 3-jild. 308-b.
97
lanadi.
Bu yoshdagi o‘quvchilar kattalar bilan qanchalik ko‘p muomalada bo‘lsa, tabiat
bilan muloqotda bo‘lsa, u shunchalik keng fikr qilishga, tasavvur etishga o‘rganadi. Aks
holda esa bolaning intilishi, shijoati, qiziqishi so‘nishi, atrof-muhitdagi ishlarga, tabiat
hodisalariga, hayvonot va o‘simliklar olamiga befarq bo‘lishi mumkin.
Ularga xos xususiyatlardan yana biri mustaqillik sari intilishdir. Demak, shun-
day ekan, bu bolalar bilan atrof-muhit hodisalari haqidagi ba’zi masalalarda o‘qi-
tuvchilar, ota-onalar maslahatlashishlari zarur. Ular bilan muloyim muomalada
bo‘lish, ruhiy holatiga, ekologik bilim saviyasini oshishiga ijobiy ta’sir qiladigan
badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganishni tavsiya etish, tabiat qo‘yniga sayohat qilish,
hovli, maktabni obodonlash tirish, saranjom-sarishta qilish ishlari bilan band qilish,
turli to‘garaklarga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda ularni ko‘proq ijtimoiy
foydali mehnatga jalb etish, unga intilish, qiziqishni tarbiyalash ekologik tarbiyada
muhim rol o‘ynaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash murakkab jarayon, unga asosiy sabab,
birinchidan, o‘qituvchining bola ichki dunyosidagi o‘zgarishlarni yaxshi bilmasligi va
tushunmasligidan, ikkinchidan o‘qituvchining bola taraqqiyoti darajasi talabiga mos-
lashmaganligidadir. Shuning uchun o‘qituvchi boshlang‘ich sinf yoshdagi o‘quvchilarda
ekologik ongni va madaniyatni shakllantirishda quyidagilarni hisobga olishi lozim:
– bolaning hayoti va faoliyatidagi jismoniy va ma’naviy o‘sishning o‘zgarishi;
– bu o‘zgarishlarni boshidan kechirishni bolaning o‘zi idrok qilishi, uning emotsio-
nal-psixik holatiga o‘zining baho berishini;
– bolaning kattalardek mustaqilligi, qobiliyati, hayotga tayyorgarligi, tabiat va jami-
yat hodisalariga munosabati qay darajada ekanligi;
– bolaning emotsional ta’sirlanuvchanligi, psixik vazmin emasligini e’tiborga olish
lozim.
Ekologik ta’lim va tarbiya umumiy tarbiya tizimining tarkibiy qismi sifatida o‘quv-
chilarni ma’naviy barkamol insonlar qilib shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ma’naviy bar-
kamollikning muhim mezonlardan biri o‘quvchi shaxsini, ekologik madaniyatni shakl-
lantirishdan iboratdir. Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirish negizida: o‘simlik va
hayvonot olamiga, tabiat va jamiyat boyliklariga muhabbat, mehnatsevarlik, tozalik
va ozodalik kabi tushunchalar yotadi.
3
Shuningdek, ekologik madaniyat zamirida at-
rof-muhitga ongli munosabat, milliy ekologik qadriyatlarga amal qilish, tiklash va uni
avloddan-avlodga yetkazish, umuminsoniy ekologik qadriyatlardan amaliy faoliyatda
keng foydalanish, tabiat go‘zalligini saqlashni o‘zining kundalik hayotiy ehtiyojiga ay-
lantirish kabilar yetadi. Ekologik madaniyatning mazkur tushunchalari bolaning eng
kichik yoshdan boshlab shakllantirib borishni taqozo etadi. Chunki inson-tabiat-jamiyat
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shaxs hayotining mazmunini tashkil etadi. Bu maqsadni amal-
ga oshirishda ekologik ma’lumot muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekologik ma’lumot deganda o‘quvchilarning turli faoliyat jarayonida tabiat va jami-
yatning o‘zaro ta’siri ilmiy asoslarini bilishi, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallashi
nazarda tutiladi. O‘quvchini ekologik ongini tarbiyalashda unda atrof-muhitga fuqarolik
javobgarlik hissini ta’minlovchi ilmiy bilimlar tizimi, qarash va ishonchini shakllantirish
muhim rol o‘ynaydi.
Ekologik tarbiyada tabiatga ongli munosabatni tarkib toptirishda hissiyot, qarash
3
O. Musurmonova. Yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik
asoslari. Pedagogika fanlari ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Dissertatsiya, 1993-yil, –108-b.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |