# 3-son 2019. indd



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

To‘rtinchi yo‘nalish: Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustah-
kamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari 
bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklari-
ni maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish orqali uni jahon reytinggida 


46
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
yuqori bosqichga ko‘tarish.
Beshinchi yo‘nalish: Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini aholi 
ehtiyojlarini o‘rganish asosida tashkil etish va bu orqali mamlakatimizda xususiy mak-
tablar tizimini yangi bosqichga olib chiqishga erishish.
Oltinchi yo‘nalish: Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar ya-
ratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga 
olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish hamda, har bir tashabbus bo‘yicha das-
turlar ishlab chiqish mexanizmalarini takomillashtirish orqali yuqori natijalarni ko‘rsatish.
Biz buyuk mutafakkir, jadid maktabining asoschilaridan biri ma’rifatparvar olim 
Abdulla Avloniy  ta’biri  bilan  aytganda:  “Tarbiya  bizlar  uchun  yo  hayot  –  yo  mamot, 
yo  najot  –  yo  halokat,  yo  saodat  –  yo  falokat  masalasidir”,  degan  hikmatli  iborasi-
ga amal qilib, ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni tizimda qo‘llash mexanizmlarini 
yangi cha tarzda ishlab chiqishimiz lozim. Bu borada birgina misol keltirmoqchimiz. 
So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishga 
xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra, ta’lim 
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarni har tomonlama intellek-
tual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalar-
ning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini 
 oshirish ko‘zda tutilgan. 
Har bir yosh yaxshi sharoitda ta’lim olgisi keladi. Shu ma’noda, bugun ta’lim muas-
sasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilyapti. Ta’lim-tar-
biya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018-yil 5-sentabrda davlatimiz 
rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Farmoni, shuningdek, zamonaviy bilimga tashna yosh-
larga tahsil berayotgan o‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz 
tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.
Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, 11 yillik majburiy ta’limga o‘tish na-
tijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, ta’limi tizimi bugungi kun 
talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. 
Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning 
tajribasi asosida ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, malakali va 
mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshi-
rish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga 
olish va bandligini oshirish orqali erishishimiz bu yo‘lda tinmay izlanish va natija sari 
intilish talab etiladi. 
Buning natijasida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alo-
hida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bi-
lim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, 
ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod 
qalbida Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini 
yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hayotga ziyrak ko‘z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga 
ega, iqtidorli yoshlarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 
So‘nggi yillarda jamiyatni axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiya-
larini hayot faoliyatining barcha sohasiga keng ko‘lamda tatbiq etish, jumladan, ta’lim 


47
sifatini ta’minlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan hamda xorijiy 
tajribaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga ham katta e’tibor qa-
ratilmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari taqdim etayotgan qulayliklar 
ta’lim islohotlarini olib borishda aholi turli qatlami vakillarining ishtiroki ham ta’minlan-
moqda. Bu esa, ta’lim tizimi iste’molchilarining talab va takliflarini to‘laqonli inobatga 
olishga, ko‘zlangan maqsad uchun to‘g‘ri yo‘l tanlashga va strategik qarorlar qabul 
qilishga ko‘maklashyapti.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi milliy ta’lim tizimi olib borilayotgan islo-
hotlari, jumladan, ta’lim sifatini ta’minlash ustuvor yo‘nalish deb belgilanayotgan davr-
da ta’lim tizimining samarali me’yoriy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirilayotga-
niga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712 farmoni 
asosida ta’lim sohasida olib borilishi nazarda tutilgan ishlarni o‘zida qamragan konsep-
siyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali Prezidentimizning beshta muhim 
tashabbuslari keng ko‘lamda bajarilib, yaqin kelajakda mamlakatimizni intellektual sa-
lohiyati yuqori, ta’lim sifati jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan, ta’lim darajasi 
yuksak bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqishiga ishonchimiz komil.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish