33
barcha metodikalarning xususiyatlarini, ya’ni avvalgi mashg‘ulotlarda olingan bilimlardan
foydalanish va ishning maqbul bajarilish usulini tanlash va maqsadning muvaffaqiyati
tahlili uchun real vazifani shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
3
Shunday qilib, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish vositalarini tanlash har xil,
ammo ularning barchasi maqsadga
erishish uchun xizmat qiladi, ya’ni o‘quvchilar kichik
guruhlarda ishlashadi, bu ularning kommunikativ sifatlarini shakllantirish va tashabbus-
larini qo‘llab-quvatlash uchun qulay muhit yaratishga imkon beradi, chunki guruhdagi
ko‘plab o‘quvchilar o‘qituvchi bilan yakka holdagiga nisbatan o‘zaro fikr almashishlari
osonroq. Ushbu metodikalarning har biri o‘z-o‘zini tashkil qilish, mustaqil faoliyat, o‘quv-
chilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, metodikalarning har biri
topshiriqning qo‘yilishini haqiqiy ishlab chiqarish holatiga maksimal darajada boricha
yaqinlashtirishni ko‘zda tutadi, bu esa o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularga
o‘quv maqsadlarini tushunishga yordam beradi. Xususan, metodikalarning har biri ishni
bajarishdan tashqari natijalarini tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan “to‘liq ish haraka-
ti” ni bajarishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat kompetentli mu-
taxassis bo‘lishga, balki turli xil xayotiy vaziyatlarga moslashuvchan inson bo‘lib yetishi-
shiga yordam beradigan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz endi tayanch kompetensiyalar orasida eng muhimi kommunikativ kompetensiya-
larni shakllantirish masalasini qaraymiz. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qi-
tish jarayonida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi ko‘p
jihatdan
to‘g‘ri tanlangan o‘qitish metodlari, ya’ni belgilangan o‘qitish maqsadiga erishish uchun
o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish usuliga bog‘liq. Ta’lim jarayonida kommunikativ
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun foydali maqsadga muvofiq hisoblangan o‘qitish metod-
lari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: an’anaviy metodlar, faol o‘qitish metodlari, treninglar,
masofaviy o‘qitish metodlari. An’naviy o‘qitish metodlari inson psixologiyasi muloqotda
foydalanadigan metodlar va ular haqidagi axborotlarni uzatishda foydali hisoblanadi va
unga ma’ruzalar, seminarlar, o‘quv filmlarini tomosha qilish, o‘quv matnlari bilan mustaqil
ishlash, yozma topshiriqlar kiradi. Bu metodlar o‘qitishga sarflanadigan o‘quv xarajatlari-
ni
qisqartirishga, monolog va dialoglar ko‘rinishidagi nutqlarning namunalarini namoyish
qilishga, og‘zaki va yozma nutqni hamda tinglovchilarni til madaniyatini rivojlantirishga
imkon beradi. Shu bilan birga, an’anaviy metodlarning kommunikativ kompetensiyalarni
shakllantirish uchun samarasi nisbatan juda past hisoblanadi.
Faol o‘qitish metodlari esa informatika va axborot texnologiyalari darslarida o‘quv-
chilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lib,
unga seminar, diskussiya, debatlar, davra suhbatlari, ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar kiradi.
Bu metodlar real kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish, aniq kommunikativ mu-
ammo yechimini topish va qabul qilingan qarorlarning natijalarini anglash imkonini beradi.
Faol o‘qitish metodlar
juda samarali hisoblanadi, chunki ular o‘quvchilar tipik vaziyatlar,
shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qayta ishlashga, qaytar aloqa ta’minotiga, fikr-mulo-
hazalarini tahrirlay bilish va kommunikativ muammolarni hal qilishning muqobil usullarini
topishlariga imkon beradi.
Bugungi kunda ta’lim olish keng ko‘lamda joriy etilgan masofaviy ta’limda o‘rgani-
layotgan materiallar tizimi moslashtirilganligining yuqori darajasi va uni o‘zlashtirishning
bosqichma-bosqich baholanishi bilan farqlandi.
Masofaviy ta’limda axborot uzatish vositalariga bog‘liq holda quyidagilarni ajratish
mumkin:
−
o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz sinxron rejimda Internet orqali (veb-kurslar)
o‘qitish;
3
U.X. Mingboyev.
Mashqlar tizimi informatika darslarida o‘quvchilarda kommunikativ kompe-
tensiyalarni shakllantirish vositasi sifatida // Kasb-hunar ta’limi. – T., 2018 y. – №2. - 12-14b.